Bozorov Ikrom Iskandarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ammiakli selitra suyuqlanmasi, tabbiy gips va fosfogips asosida NS-o‘g‘itlar olish texnologiyasi», 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 11.00.05 - Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4587.
Ilmiy rahbarlar: Namazov Shafoat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Mamataliev Abdurasul Abdumalikovich, texnika fanlari doktori,katta ilmiy hodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Shukurov Jamshid Sultonovich, texnika fanlari doktori; Xolmuradov Maxmatkarim Pattaevich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ammiakli selitra suyuqlanmasiga tabiiy gips va mahalliy ekologik muammo darajasida to‘planib qolgan texnogen chiqindi fosfogips qo‘shimchalarini qo‘shish asosida tovar xossalari yaxshilangan NS- o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston ayrim tabiiy gipslari va “Ammofos-Maksam” AJ texnogen chiqindisi fosfogipsning tarkibi, xossalari va atrof-muhitga ta’sirini aniqlash asosida ularni ularni hech qanday mexanik va kimyoviy boyitmasdan yoki eruvchan ko‘rinishga o‘tkazmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri selitraga modifikator sifatida qo‘llashga yaroqliligi isbotlangan;
Ekologik havfsiz asetonli ekstraksiyalash usuli yordamida gips-nitratli va fosfogips-nitratli suyuqlanmada ammoniy nitrati-NH4NO3 ning konversiyalanish darajasi aniqlangan;
elektron mikroskopik usulda tabiiy gips yoki fosfogipsning zarrachalari ammiakli selitrasining donalaridagi g‘ovaklari, mikro va makro yoriqlariga mustahkam o‘rnashib kristallanish markazlarini hosil qilgan holda NS-o‘g‘it donalari mustahkamligini 6-7 barobargacha oshirishi, yopishqoqligi va g‘ovakligini esa 2-3 barobargacha kamaytirishi asoslangan;
tabiiy gips va texnogen chiqindi fosfogips qo‘shimchalari ammiakli selitraning kristall panjaralarini zichlashtirishi hisobiga yangi turdagi NS-o‘g‘itlar namunalarining dastlabki parchalanish haroratini 258,3C gacha oshirishi aniqlangan;
ammiakli selitra suyuqlanmasiga tabiiy gips va to‘plangan hajmi bo‘yicha ekologik muammoga aylangan texnogen chiqindi fosfogipsni qo‘shish orqali NS- o‘g‘itlar olish texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ammiakli selitra suyuqlanmasi, tabiiy gips va texnogen chiqindi fosfogips qo‘shimchalari asosida yopishqoqligi bo‘lmagan hamda termik barqarorlashgan NS-o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ammiakli selitra, tabiiy gips va texnogen chiqindi fosfogips asosida azotoltingugurtli o‘g‘itlar olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK-Ajning «2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2024 yil 27 martdagi 40-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy resurs bo‘lgan tabiiy gips va ekologik muammoga aylangan texnogen chiqindi fosfogipsni suvda eruvchan oltingugurtli va kalsiyli o‘g‘itga aylantirish imkonini beradi;
ammiakli selitra suyuqlanmasi, tabiiy gips va ammoniy sulfati asosida NS- o‘g‘itlar olishning chiqindisiz texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK Ajning «2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2024 yil 27 martdagi 40- son ma’lumotnomasi). Natijada, yaxshi tovar xossalarga ega bo‘lgan donador NS- o‘g‘it namunalarini olish imkonini beradi.