Kulieva Dilshoda Alijon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kodeks kumanikus” topishmoqlari tarjimalarining qiyosiy tahlili va poetikasi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil1631.
Ilmiy rahbar: Jafarov Botir Sattarovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.76.05.
Rasmiy opponentlar: Xallieva Gulnoz Iskandarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Dosbaeva Nargiza Turg‘unpo‘latovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Kodeks kumanikus” tarkibiga kiritilgan turkiy topishmoqlarning inglizcha va ruscha tarjimalarini qiyosiy baholash hamda ularning qardosh xalqlar folklorida saqlanib qolgan shakllarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Kodeks kumanikus” qo‘lyozmasidagi topishmoqlar tarjimalari tarixi asosida turkiy xalqlar adabiyotida topishmoq janrining paydo bo‘lish omillari asoslanib, muammoli quman topishmoqlarining javoblari qo‘lyozmada berilmaganligi bois, ularni turli xalqlar topishmoqlari bilan qiyosiy baholab topish mumkinligi asoslangan;
qo‘lyozma topishmoqlari ilk marta poetik jihatdan baholanib, alliteratsiya va assonans kabi fonetik usullar, metafora, mubolag‘a, jonlantirish, apostrofa kabi troplar topishmoqlarning ohangdorligi va tasirchanligini oshirishga xizmat qilgani dalillangan;
quman topishmoqlarini zamonaviy turkiy xalqlar folklorida saqlangan shakllari asosida ularda konservativ holda saqlangan; shaklan saqlangan, ammo funksional tabiati o‘zgargan; mazmunan saqlangan, ammo shakliy jihatdan o‘zgargan kabi uchta turkum mavjudligi va ularning ichida konservativ holda uchraydigan turkiy tildagi topishmoqlar asosiy o‘rinni egallagani isbotlangan;
qo‘lyozmadagi topishmoqlarning ruscha va inglizcha tarjimalarini asliyat matn bilan muqoyasa qilish orqali tarjima jarayonida metaforik o‘xshatish obektlari o‘zgarib ketganligi, quman topishmoqlarining ma’nolarini yaxshi tushunilmagani, yoki qo‘lyozmadagi so‘zlarning yaxshi o‘qib bo‘lmasligi sababli milliy xos so‘zlar tarjimalarida farqlar borligi, shuningdek, asliyatdagi she’riy parchalar tarjimasida shakl saqlanmagani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qo‘lyozmadagi topishmoqlarning ruscha va inglizcha tarjimalarini asliyat matn bilan muqoyasa qilish asosida:
“Kodeks kumanikus” qo‘lyozmasidagi topishmoqlarning asliyat matni hamda tarjimalarini o‘rganilish tarixi asosida turkiy xalqlar adabiyotida topishmoq janrining paydo bo‘lish omillari asosda chiqarilgan xulosalardan Namangan davlat universitetida FZ-201912099 raqamli “O‘zbek folklorining o‘zbek va ingliz tillaridagi veb-sayti va multimedia mahsulotlarini yaratish” mavzusidagi amaliy ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Namangan davlat universitetining 2024-yil 27-yanvardagi 77-04-son ma’lumotnomasi). Natijada “O‘zbek topishmoqlari tarixi va tematikasini nashrga tayyorlash va uni tekstologik o‘rganish taraqqiyotini asoslash va davriylashtirish masalasini yoritish to‘g‘risidagi xulosalarni hamda topishmoqlar genezisini asoslash dissertatsion tadqiqot jarayonidan olingan ilmiy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
qo‘lyozmadagi topishmoqlarning ruscha va inglizcha tarjimalarini asliyat matn bilan muqoyasa qilish orqali tarjima jarayonida metaforik o‘xshatish obektlari o‘zgarib ketganligi, quman topishmoqlarining ma’nolarini yaxshi tushunilmagani, yoki qo‘lyozmadagi so‘zlarning yaxshi o‘qib bo‘lmasligi sababli milliy xos so‘zlar tarjimalarida farqlar borligi, shuningdek, asliyatdagi she’riy parchalar tarjimasida shakl saqlanmagani haqidagi ilmiy natijalardan Namangan davlat universitetida bajarilgan FZ-20190815110 raqamli “Kodeks kumanikus” qo‘lyozmasining elektron ilmiy izohli matni va izohli lug‘atini yaratish” mavzusidagi innovatsion ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Namangan davlat universitetining 2024-yil 27-yanvardagi 78-04-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyadagi materiallar “Kodeks kumanikus” qo‘lyozmasining elektron ilmiy izohli matni va izohli lug‘ati yangi materiallar bilan boyitilgan;
quman topishmoqlarini zamonaviy turkiy xalqlar folklorida saqlangan shakllari asosda ularda konservativ holda uchraydigan turkiy tildagi topishmoqlar asosiy o‘rinni egallagani isbotlash asosidagi olingan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DM tomonidan tayyorlangan “Bolalar uchun”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli radioeshittirishlarning 2023-yil fevral va avgust oylaridagi sonlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DM ning 2023-yil 3-oktyabrdagi 02-36-1483-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘lyozmalarning nodir va noyob adabiy manbalari asosidagi va ularning qadimgi adabiyot taraqqiyotidagi ahamiyati to‘g‘risida foydali ma’lumotlar ushbu radioeshittirishlarning mazmuni ilmiy va amaliy jihatdan boyitgan.