Saidova Muhayyo Oktamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jurnalistika transformatsiyasiga innovatsion texnologiyalarning ta’siri va kontent yaratishning zamonaviy shakllari”, 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3221.
Ilmiy rahbar: Qosimova Nargis Sunnat qizi, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/27.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatova Yakuta Muxammedjanovna, filologiya fanlari doktori, professor; Ibraeva Galiya Junusovna, siyosatshunoslik fanlari doktori, professor (Al-Farobi nomidagi Qozog‘iston davlat universiteti).
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi jurnalistika transformatsiyasiga innovatsion axborot texnologiyalarining ta’siri, ularning milliy jurnalistikada tadbiq etilishi istiqbollari, shuningdek muammolari va auditoriya ongiga ta’siri orqali jamoatchilik fikrini shakllantirishdagi rolini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi  :
jurnalistik materiallar janr ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan immersiv media nomi ostidagi virtual reallik texnologiyalari, ya’ni real voqelikni aks ettiruvchi konvergent texnologik platforma hamda texnik vositalarning uyg‘unligida hosil bo‘luvchi kontentlarda immersiya effektlari mavjudligi aniqlangan;
kompyuter texnologiyalari yordamida inson uchun virtuallik muhitiini yaratuvchi immersiv texnologiyalar kross-medial narrativ sifatidagi virtuallik tushunchasi hodisalar guruhiga kiritilib, umumiy hususiyatlarga birlashtirildi va “virtual reallik” deb atalaish bilan birga mazkur texnologiyalarning dasturiy ta’minoti turlariga ko‘ra virtual reallik (VR – Virtual Reality), to‘ldirilgan reallik (AR – Augmented Reality), aralash realliklarga (MR – Mixed Reality) klassifikatsiyalangan;
VR texnologiyalar jurnalistika transformatsiyasi sifatida namoyon bo‘layotgan immersiv jurnalistika yo‘nalishi bo‘lib, subektning voqelikni qabul qilishdagi illyuzor emotsiyalari aql va ongning psixofizik kognitiv modeli, xayoliy va hayotiy farqlarning metafizikasi ko‘rinishidagi verbal kommunikatsiyalarning audiovizual imkoniyatlarida o‘z aksini topgan alohida kommunikativ holat sifatidagi grafikli va real (360 darajali videoformat) tasvirli multimediyaviy formatlari asoslangan;
VR-kontent dizaynerlari loyihalar ishlashda foydalanuvchining immersiv effektlarni qabul qilishdagi iste’molchilik tajribasi va xulqini inobatga olgan holda o‘zaro ta’sirchanlik xususiyatiga ega bo‘lmagan virtual reallik xabar kontenti (VR-I); o‘zaro ta’sirchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan virtual reallik xabar kontenti (VR+I), ya’ni immersiv axborot vaqt va makon muhiti doirasida mohiyatli voqelikni yaratishida muhim hisoblangan amaliy metodologiya ishlanmasi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Milliy jurnalistika taraqqiyoti siyosatini amalga oshirishda immersiv jurnalistikaning jurnalistikadagi o‘rni va jurnalistikaning alohida yo‘nalishi sifatida professional jurnalistikaga ta’sirini ochib berishni tadqiq qilish asosida:
jurnalistik materiallarning janr ta’sirchanligini oshirishda immersiya effektlaridan unumli foydalanish amaliyoti qo‘llanilgan hamda turli OAV tajribasi misolida tahlil qilingan bo‘lib, immersiya effektlari auditoriya ongida ranglar, voqeliklar, tafsilotlar tasviri asosida axborot xolis tarzda qabul etilishi va kontent sifatining oshishiga doir amaliyot misolida VR texnologiyalarning umumiy klassifikatsiyasiga oid xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanalida “Oydin hayot live”, “Munozara maydoni” kabi ko‘rsatuvlari va “Kun mavzusi” eshittirishini tayyorlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2022-yil 21-dekabridagi 02-13-2110-son ma’lumotnomasi). Natijada, immersiya effektlari auditoriya ongida ranglar, voqeliklar, tavsilotlar tasviri asosida axborot xolis tarzda qabul etilishi va kontent sifatini oshishiga xizmat qilgan;
immersiv effektlarning inson ongiga ta’siri borasidagi masalalar echimi boshqa soha vakillari tomonidan ham chuqur o‘rganilishi zarurligi va ushbu mavzuni tadqiq etish ko‘lami, yo‘nalishlar kengaytirilishiga doir qarashlarni shakllantirishda milliy jurnalistika konsepsiyasining texnologik siyosati konsepsiyasi bilan hamohangligidagi immersiv jurnalistika yo‘nalishi materiallari kontekstiga oid xulosalardan Sirdaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Ob-havo ma’lumotlari” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining Sirdaryo viloyati bo‘limi tomonidan 2022-yilning 1-dekabrida taqdim etilgan 441-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur texnologiya auditoriyaga ta’sirchanlik xususiyatlarini o‘rganish loyihasi doirasida immersiv effektlarning inson ongiga ta’siri borasidagi masalalar echimi boshqa soha vakillari tomonidan ham chuqur o‘rganilishi zarurligi va ushbu mavzuni tadqiq etishda ko‘lam, yo‘nalishlar kengaytirilishiga doir qarashlarni shakllantirishga xizmat qilgan;
VR texnologiyalari qo‘llanilgan teleko‘rsatuvlar reyting natijalarini o‘rganish orqali immersiya effektlarining auditoriyaga, jamiyat turmushi hamda ongiga ta’siri va teleefir kontentlarini mazmun-mohiyatini boyitishda immersiya effektlaridan foydalanishda yuzaga keladigan axborot xavfsizligi muammolari mavzusiga yo‘naltirilgan ilmiy-ommabop materiallar tahliliga oid xulosalardan “Mahalla” teleradiokanalida “Yondashuv”, “Reyd vaqti”, “Borib ko‘ramiz”, “Hamma uyda” kabi ko‘rsatuv va eshittirishlarida sinovdan o‘tgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanalining 2022-yil 21-dekabridagi 02-12-1053-son ma’lumotnomasi). Natijada, teleefir ko‘rsatuvlarini immersiya effektlari orqali mazmunan va mohiyat jihatidan boyitishga erishilgan;
audiovizual kontentlarni yaratishda immersiya effektlaridan unumli foydalanish O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalarni hayotga tadbiq etish siyosatining ajralmas qismi bo‘lgan barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda immersiv axborotning jamiyat ongi va madaniyatini shakllantirishi, xalqaro hamda milliy mediada axborot uzatishning zamonaviy texnologik usullaridan keng foydalanish zarurati konseptual yondashuvi bo‘yicha amaliy tavsiyalardan “Sport” teleradiokanalida yangiliklar tayyorlash va ularni efirga uzatishda immersiya effektlaridan unumli foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasi “Sport” teleradiokanalining 2022-yil 21-dekabridagi 02-02-1044-son ma’lumotnomasi). Natijada, raqamli texnologiyalardan teleefir vaqtida unumli foydalanish orqali axborotning ta’sirchanligini oshishiga, iste’molchining axborotga bo‘lgan talablarini qondirishi muhim ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish