Qurbanova Shaxloxon Bahodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Etuklik yoshdagi bemorlar psixoemotsional sohasining o‘ziga xosligi (sil kasalliklar misolida)», 19.00.06 –Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/P751.
Ilmiy rahbar: Urazboeva Dilbar Abdullaevna, psixologiya fanlar doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Normetova Yulduz Karimovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sil kasalligi bilan xastalangan bemorlarning emotsional holatlarini baholash orqali ularning reabilitatsiya jarayoniga yordam beruvchi tibbiy-psixologik xizmat sifatini oshirishga qaratilgan taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sil kasalligi bilan xastalangan bemorlarda kasallik bilan bog‘liq xavotirlanish va stress darajasi jamiyatdagi faol harakat, ijtimoiy mavqe, o‘z o‘rniga ega bo‘lish kabi ijtimoiy-psixologik omillar sababli yosh xususiyatlariga ko‘ra farqlar bo‘lishi isbotlangan;
sil kasalligida davolanish muddatining uzoqligi bemorlarda xavotirlanish va subdepressiya darajasining oshishiga, kasallikka munosabatning “xavotirli”, “nevrasteniya”, “anozognozik”, “obsessiv-fobiyali”, “ipoxondrik” tiplarning hulqda rivojlanishi sababli, bemorlar tomonidan kasallikning ijtimoiy ahamiyatini baholashda yosh xususiyatlarga ko‘ra farqlar mavjudligi asoslangan;
etuklik yoshidagi sil xastaligi bilan davolanayotgan bemorlarda namoyon bo‘ladigan psixologik o‘zgarishlar, stress buzilishlarining psixologik xususiyatlari diagnostika qilinishiga ko‘ra, kasallikning rivojlanishi, kechishi va davolanishga ta’sir qiluvchi bemor ruhiy holati va psixologik omillar differensial identiv ekanligi dalillangan;
etuklik yoshidagi bemorlarda kasallik kechisi bilan bog‘liq emotsional, kognitiv va hulq-atvordagi o‘zgarishlarga ko‘ra psixoemotsional sohaga integrativ ta’sir natijasida yoshga bog‘liq holda kasallikka nisbatan “garmoniya”, “anozognozik” , “ergopatik” tiplarining integrativ rivojlanishi dalilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Etuklik yoshdagi bemorlar psixoemotsional sohasining o‘ziga xosligi (sil kasalliklar misolida) bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
sil kasalligi bilan xastalangan bemorlarda kasallik bilan bog‘liq xavotirlanish va stress darajasi jamiyatdagi faol harakat, ijtimoiy mavqe, o‘z o‘rniga ega bo‘lish kabi ijtimoiy psixologik omillar sababli yosh xususiyatlariga ko‘ra farqlar bo‘lishi isbotlangan, aniqlangan xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 22-dekabrdagi PM-107-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 28-dekabrdagi PM-107a- son ma’lumotnomasi). Natijada etuklik yoshdagi bemorlarda xavotirlik va depressiya rivojlanishiga ko‘ra yosh va gender xususiyatlarga xos tafovutlar yuzasidan ilmiy asoslashga erishilgan;
sil kasalligida davolanish muddatining uzoqligi bemorlarda xavotirlanish va subdepressiya darajasining oshishiga, kasallikka munosabatning “xavotirli”, “nevraasteniya”, “anozognozik”, “obsessiv-fobiyali” tiplarning hulqda rivojlanishi sababli, bemorlar tomonidan kasallikning ijtimoiy ahamiyatini baholashda yosh xususiyatlarga ko‘ra farqlar mavjudligi asoslangan yangilik Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-iliy markazining 2023-yil 22-dekabrdagi PM-107-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 28-dekabrdagi PM-107a- son ma’lumotnomasi). Natijada, etuklik yosh davridagi bemorlar yosh, individual va gender xususiyatiga ko‘ra ta’sir o‘tkazish mexanizmi psixologik jihatdan empirik o‘rganish ko‘lami kengaytirilgan;
etuklik yoshidagi sil kasalligi bilan davolanayotgan bemorlarda namoyon bo‘ladigan psixologik o‘zgarishlar, stress buzilishlarining psixologik xususiyatlari diagnostika qilinishiga ko‘ra, kasallikning rivojlanishi, kechishi va davolanishga ta’sir qiluvchi bemor ruxiy holati va psixologik omillar differensial identiv ekanligi dalillangan Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-iliy 2023-yil 22-dekabrdagi PM-107-son buyrug‘i bilan «Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 28-dekabrdagi PM-107a- son ma’lumotnomasi). Natijada sil kasalligi bilan xastalangan bemorlaridagi emotsional holat o‘zgarishlarining differensial farqlari mavjudligi asoslashga imkon yaratilgan;
etuklik yoshidagi bemorlarda kasallik kechishi bilan bog‘liq emotsional, kognitiv va hulq-atvordagi o‘zgarishlarga ko‘ra psixoemotsional sohaga integrativ ta’sir natijasida yoshga bog‘liq holda kasallikka nisbatan “garmoniya”, “anozognozik”, “ergopatik” tiplarining integrativ rivojlanishi dalillangan, Toshkent davlat pedagogika universiteti 2023-yil 22-dekabrdagi PM-107-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 28-dekabrdagi PM-107a- son ma’lumotnomasi). Natijada bemorlar psixoemotsional sohasiga ijobiy ta’sir qiladigan psixokorreksion dasturni qo‘llash samaradorligini oshirishga erishilgan.