Muminov Rustam Amanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Himoyalangan erdagi asosiy gul ekinlarini so‘ruvchi zararkunandalardan himoya kilishning samarali usullarini ishlab chikish”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Qx1130.
Ilmiy rahbar: Xasanov Saidinabi Saidivalievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaev Shamil Tursunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Misirova Surayyo Abdumutalovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyati himoyalangan erlar (issixxona) sharoitidagi gulli o‘simliklarning zararkunandalarini o‘rganish va tur tarkibini aniqlash, eng ko‘p zarar keltiradigan zararkunandalarning turlariga qarshi bezarar, mikrobiologik preparatlarni qo‘llash samaradorligini aniqlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyatining himoyalangan (issixxona) erlaridagi gulchilik xo‘jaliklarida etishtiriladigan manzarali gullarning zararli entomofaunasining tur tarkibi (14 tur) aniqlangan;
manzarali gullarning so‘ruvchi zararkunandalarining dominant turlari aniqlangan, Toshkent viloyatining himoyalangan erlarida 80-85% atirgul etishtirilib, o‘simliklarga asosan oddiy o‘rgamchakkana, shiralar va tripslar zarar etkazishi aniqlangan;
manzarali gullarni (atirgulni) zararkunandalardan to‘liq himoya qilish uchun bir qator nisbatan xavfsiz insektisidlar va mikrobiopreparatlar muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan, biologik samaradorlik 98-99% ni bo‘lgan;
kam zaharli insektisidlar va mikrobiopreparatlarni qo‘llash va sinash asosida so‘ruvchi zararkunandalarga qarshi kurash tizimi yaratilgan, rentabellik 340% bo‘lgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent viloyatidagi himoyalangan erlar (issixxona) sharoitida manzarali gullarning zararkunandalarini o‘rganish va tur tarkibini aniqlash, eng ko‘p zarar keltiradigan zararkunandalarning turlariga qarshi bezarar, kamzaharli va mikrobiologik preparatlarni samaradorligini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
«Metodi bezopasnix priyomov bor`bi protiv osnovnix sosushhix vrediteley svetochnix kul`tur v usloviyax zashhishhyonnogo grunta» mavzu buycha tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 24 apreldagi 05/01-05/02-05/04-04-167-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma issiqxona sharoitida manzarali gullarni etishtirayotgan fermerlar va klasterlar uchun asosiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qilmoqda;
so‘ruvchi zararkunandalariga qarshi kurash tizimi Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi «Faravon meva-sabzavotchilik» issiqxona xo‘jaligida 1,6 ga, Kibray tumanidagi «AGROLIGHT Bisines» – 6 ga, «Nurimov Muso Ota» – 2 ga, jami 9,6 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jalik vazirligining 2024 yil 24 apreldagi 05/01-05/02-05/04-04-167-son ma’lumotnomasi). Natijada sifatli, tovarbop va raqobatbardosh mahsulotning chiqishi oshdi, tannarhi kamaydi, olinadigan yalpi maxsulot narhi 3,5 barobarga ko‘tarildi, sarflangan bir so‘mning oqlanishi 2,3 dan 3,4 barobargacha tashkil etgan;
o‘rgimchakkanaga qarshi o‘simlikning vegetativ o‘suv a’zolarining shakllanishi davrida qullash Aktara s.d.g. (250 g/kg) preparati 0,08 % va Vertimek 1,8% em.k. preparati 0,05 % Kibray tumanidagi «Nurimov Muso Ota» xo‘jaligida – 2 ga, maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jalik vazirligining 2024 yil 24 apreldagi 05/01-05/02-05/04-04-167-son ma’lumotnomasi). Natijada biologik samaradorlik o‘rtacha 82,7-89,5 foiz tashkil etgan;
shiralarga qarshi Konfidor 200 g/l s.e.k. 0,04 % da va Vertimek 1,8% em.k. 0,05 % Zangiota tumanidagi «Faravon meva-sabzavotchilik» issiqxona xo‘jaligida 1,6 ga maydonda, tripslarga qarshi Vertimek 1,8% em.k. 0,05 %, Kibray tumanidagi «AGROLIGHT Bisines» xo‘jaligida, jami 6 gada joriy etilgan (Qishloq xo‘jalik vazirligining 2024 yil 24 apreldagi 05/01-05/02-05/04-04-167-son ma’lumotnomasi). Natijada biologik samaradorlik o‘rtacha 78,2-86,5 foiz tashkil etgan;
o‘rgimchakkanaga, shiralarga qarshi o‘simlikning generativ o‘suv a’zolarining shakllanishi boshida Fitoverm 5% em.k. preparati 0,015 % da, iste’mol darajasida tripslarga qarshi esa Fitoverm 5% em.k. 0,02 % da ishlovlar jami 9,6 ga joriy etilgan (Qishloq xo‘jalik vazirligining 2024 yil 24 apreldagi 05/01-05/02-05/04-04-167-son ma’lumotnomasi). Natijada, so‘ruvchi zararkunandalarga qarshi kurashda o‘simlik kurtaklarini shakllantirish jarayonida eng yaxshi samaradorlikka mikrobiologik preparat Bitoksibatsillin P 0,3% + Fitoverm 5% em.k. ni 0,015% birgalikda ko‘llash bilan o‘rgimchakkanaga, shiraga qarshi xamda, tripslarga qarshi Bitoksibatsillin P 0,3% + Fitoverm 5% em.k. ni 0,02% qo‘llash natijada biologik samaradorlik o‘rtacha 98,8-99,5 foiz tashkil etgan.