Kidirbaeva Arzigul` Yuldashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Janubiy Orolbo‘yi sharoitidagi bo‘rilar (Canis Lupus Linnaeus) ekologiyasi», 03.00.10–Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/B89.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.V.38.01.
Rasmiy opponentlar: Kuchkarova Lyubov` Salijanovna, biologiya fanlari doktori, professor; Xolboev Faxriddin Raxmonkulovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Orolbo‘yi sharoitida bo‘rilar ekologiyasini asoslash va populyasiyasini tartibga solishning samarali usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Janubiy Orolbo‘yining barcha tabiiy zonalarida bo‘rilarning ekologik strukturasi va tarqalish areali, hududiy guruhlarning ekologik va etiologik o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan;
bo‘rilarning boshqa sut emizuvchilar bilan bo‘lgan biotsenotik aloqalari va oziqlanish spektri ochib berilgan;
ilk bor Janubiy Orolbo‘yi sharoitida bo‘rilar populyasiyasining yosh va jinsiy strukturasi kompleksli turda baholangan va tashqi omillarning ta’sirida son dinamikasi asoslangan;
turlar orasidagi ekologik mexanizmni muhim tartibga soluvchi bo‘lib hisoblanadigan bo‘rilarning ekologik va xo‘jalikdagi ahamiyati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Janubiy Orolbo‘yi sharoitida bo‘rilar populyasiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘rilar populyasiyasi yashash joyining ekologik xaritasi O‘zbekiston ovchilar va baliqchilar jamiyati Qoraqalpog‘iston bo‘limida amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Ovchilar va baliqchilar jamiyati Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2017 yil 28 dekabrdagi 187-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘rilarni ovlash tizimini tartibga solish va lokal populyasiyalari sonini boshqarish imkonini bergan;
bo‘rilar tarqalgan hududlar va ularning sonini hisoblash uslublari Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Qo‘ng‘irot» va «Qozoqdaryo» o‘rmon-ovchilik xo‘jaliklari amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon xo‘jaligiga qarashli Davlat qo‘riqxonalar, Milliy bog‘lar va ovchilik xo‘jaliklar boshqarmasining 2018 yil 8 yanvardagi 01/06-12-son va Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasining 2018 yil
22 yanvardagi 18-son ma’lumotnomalari). Natijada Janubiy Orolbo‘yi hududida bo‘rilar sonini inventarizatsiyalash va davlat kadastrini yuritish imkonini bergan;
Janubiy Orolbo‘yi hududida bo‘rilarning muhofazaga muhtoj lokal populyasiyalarining ekologik holati O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2018 yil 26 yanvardagi 7-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘ri populyasiyalarini saqlab qolish va son dinamikasini prognoz qilish qilish imkonini bergan.