Maxramxujaev Sultonxuja Akramxuja o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Yangi o‘zlashtirilgan eroziyalangan och tusli bo‘z tuproqlar va dorivor o‘simliklarda siklik elementlar biogeokimyosi», 03.00.13 – Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/V1140.
Ilmiy rahbar: Yuldashev G‘ulom, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.05.03.
Rasmiy opponentlar: Jabbarov Zafarjon Abdukarimovich, biologiya fanlari doktori, professor; Sobitov O‘lmasboy Tojaxmedovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yangi o‘zlashtirilgan tosh-shag‘alli, eroziyalangan och tusli bo‘z tuproqlarining shakllanish qonuniyatlari, evolyusion holati, morfologik belgilari, agrokimyoviy va biogeokimyoviy xossalarini eroziya jarayonida o‘zgarishi hamda dorivor o‘simliklarning biogeokimyoviy xususiyatlarini aniqlash, samarali foydalanishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangi o‘zlashtirilgan tosh-shag‘alli bo‘z tuproqlarida eroziyalanganligiga bog‘liq ravishda ularning hozirgi holati, morfologik belgilari, umumiy-fizik, agrokimyoviy xossalari aniqlangan;
ilk bor eroziyalanganligiga bog‘liq holda och tusli bo‘z tuproqlarning geokimyoviy barerlarida siklik kimyoviy elementlar, jumladan Fe, Al, Si, Mn, Ca, Mg, K, Na, Sr, Mo, Sb, Ba, As, Hf va boshqalarning konsentratsiya klarklari, geokimyoviy, fizik-kimyoviy xususiyatlari, biogen migratsiyasi, akkumulyasiyasining o‘zgarishi ochib berilgan hamda ushbu tuproqlarda o‘sgan lavanda, shuvoq kabi dorivor o‘simliklarning biogeokimyoviy xususiyatlari aniqlangan;
siklik kimyoviy elementlar konsentratsiyasining ortishi bilan ularning migratsiya impulsini kamayishi, aksincha elementlarning konsentratsiyasi kamayishi bilan ularning migratsiya inmpulsini ortishi aniqlangan, bu holatlar Sr va Ba larning migratsiya impulsini ortishi va Na, K, Mg, Ca larni migratsiya impulslarini pasayishi orqali isbotlangan;
sho‘rlanmagan, sho‘rtoblanmagan och tusli bo‘z tuproqlarda siklik kimyoviy elementlarning konsentratsiyalari, konsentratsiya klarki, radial migratsiyasi ushbu tuproqlarning onalik jinslaridagi darajalarida ekanligi, bundan tashqari degradatsiyaga uchragan ushbu tuproqlarni unumdorligini oshirish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yangi o‘zlashtirilgan eroziyalangan och tusli bo‘z tuproqlar va dorivor o‘simliklarda siklik elementlar biogeokimyosi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yangi o‘zlashtirilgan turli darajada eroziyalangan och tusli bo‘z tuproqlarning 1:5000 masshtabli mukammal raqamli agrokimyoviy xaritanomasi Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani «Mehrigiyo» korxonasining Pop tumanidagi 10 gektar maydonida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi, qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 29-martdagi 05/01-05/02-05/04-04-113-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, avtomorf sharoitda shakllangan adir mintaqasi och tusli bo‘z tuproqlari unumdorligini saqlash va oshirish, dorivor o‘simliklardan yuqori hosil olish uchun majmuaviy agrotexnik, agrokimyoviy va meliorativ tadbirlar tizimini amalga oshirishda ilmiy asos sifatida xizmat qilgan;
yangidan sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari, ona jinslari va dorivor o‘simliklarida Fe, Al, Mn, Zn, Ca, Mg, K, Na, Sr, Sb, Se, Ba Si, Cu, Cr, Ni, As, Mo, Hf va boshqa elementlarning miqdori, biogeokimyoviy xususiyatlari «Mehrigiyo» korxonasi 10 gektar maydonida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi, qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 29-martdagi 05/01-05/02-05/04-04-113-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hudud tuproqlari va dorivor o‘simliklarini tavsiflash, tuproq-ekologik monitoringini olib borish, organik o‘g‘itlash, dorivor o‘simliklarni to‘g‘ri joylashtirish, ekologik toza o‘simlik xom-ashyolari etishtirish hamda tayyorlashga asos sifatida xizmat qilgan, bundan tashqari «yuvilma» variantlarda lavanda o‘simligining mahsuldorligi ortishi va elementar geokimyoviy maydonlardan 42 s/ga miqdorda hosil olish uchun xizmat qilgan, shuningdek, USDA «Organik» qoidalariga muvofiqligi xalqaro sertifikatini olishga imkon bergan;
yangi o‘zlashtirilgan tosh-shag‘alli degradatsiyaga uchragan och tusli bo‘z tuproqlarning agrokimyoviy va biogeokimyoviy hamda unda o‘sadigan dorivor o‘simliklarning biogeokimyoviy xususiyatlari «Tuproq biogeokimyosi» nomli o‘quv qo‘llanmaga kiritilgan va 60530700-Tuproqshunoslik yo‘nalishi talabalarining o‘quv jarayoniga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining №55141 raqamli 2024-yil 4-martdagi 55-sonli buyrug‘i guvohnomasi). Natijada, respublikamiz turli tuproq-iqlim mintaqalarida tarqalgan dorivor o‘simliklarning kimyoviy tarkibi, biologiyasi, ekologiyasi, etishtirish agrotexnologiyasini amalga oshirish va dorivorlik xususiyatlaridan foydalanishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan.