Gaziev Shukurjon Shuxrat o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori malakali sambochilarning ko‘p yillik  tayyorgarlik tizimining ilmiy-nazariy asoslari”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Ped460.
Ilmiy maslahatchi: Korobeynikov Georgiy Valerievich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Muxammadiev Komil Burxonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Abdullaev Mexriddin Junaydulloevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sambochilarning ko‘p yillik tayyorgarlik tizimini tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy sport mahorati bosqichidagi sambochilar tomonidan qo‘llaniladigan asosiy usullarini qo‘llash xarakteri va turini inobatga olib, aniq rivojlantiruvchi mashqlar kesimida ajratgan holda tuzib chiqilgan “Oliy sport mahorati bosqichidagi sambochilar tomonidan keng qo‘llaniladigan usullarni takomillashtirish uchun mashqlar majmuasi” yordamida toj usullarini bajarish samaradorligi oshirilgan;
yuqori malakali sambochilar tomonidan musobaqa jarayonidagi bellashuvlarda qo‘llaniladigan toj usullariga yordamchi kombinatsion taktik harakatlar samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan model yordamida toj usulini bajarish vaqtidagi hujum harakatlar raqib tomonidan to‘xtatilgan holda qo‘shimcha texnik usulni uzlyuksiz bajarish imkoniyatlari kengaytirilgan;
musobaqaning final bellashuvi yakuniga qadar zahira imkoniyatlarini to‘g‘ri taqsimlash maqsadida ishlab chiqilgan “Yuqori malakali sambochilarning bellashuvlar natijadorligini oshirishga qaratilgan mashg‘ulot dasturi” yordamida hujumchi, himoyachi va parterchi sifatida bellashadigan sambochilarning musobaqa jarayonining bellashuvlari yakuniga qadar taktik haraklatni bajarish samaradorligi oshirilgan;
oliy sport mahorati bosqichidagi sambochilarning maxsus tayyorgarligini oshirish hamda musobaqa vaqtida yuzaga keladigan texnik-taktik vaziyatlarda toj usulini samarali qo‘llash, og‘ritish usulini tik kurashda bajarilgan texnik harakatdan so‘ng qisqa vaqt ichida bajarish maqsadida ishlab chiqilgan “Yuqori malakali sambochilarning maxsus tayyorgarligi va chidamliligini takomillashtirish tizimi” orqali musobaqalarda bajariladigan hujum harakatlarining natijadorligi takomillashgan;
sambochilarning ko‘p yillik tayyorgarligini ilmiy-uslubiy ta’minlash imkoniyatini beruvchi “Sambochilarning ko‘p yillik tayyorgarlik tizimini ilmiy-uslubiy ta’minlash” nomli sxema yordamida ko‘p yillik tayyorgarlik jarayonidagi amaliy faoliyatni tashkil etish samaradorligi oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malakali sambochilarning mashg‘ulotlar jarayonlarida maxsus jismoniy tayyorgarligi va chidamliligini takomillashtirish bo‘yicha tajriba va tadqiqot natijalari asosida:
sambochilarning ko‘p yillik tayyorgarligini ilmiy-uslubiy ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan “Sambochilarning ko‘p yillik tayyorgarlik tizimini ilmiy-uslubiy ta’minlash” nomli sxema O‘zbekiston Sambo Assotsiatsiyasi ro‘yhatiga kiruvchi yuqori malakali sambochilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 6-apreldagi 03-16/3483-son ma’lumotnomasi). Natijada “30 soniya ichida tizzaga o‘tirib beldan oshirib tashlash”lar soni 8,85% ga, “30 soniya ichida elkadan oshirib” tashlash 14,16 % ga, “30 soniya ichida oldidan chalib tashlash” usulini bajarish samaradorligi 10,11% ga oshgan;
oliy sport mahorati bosqichidagi sambochilar tomonidan qo‘llaniladigan asosiy usullarini qo‘llash xarakteri va turini inobatga olib, aniq mashqlar kesimida ajratgan holda tuzib chiqilgan “Oliy sport mahorati bosqichidagi sambochilar tomonidan keng qo‘llaniladigan usullarni takomillashtirish uchun mashqlar majmuasi” Samarqand viloyati Sambo Assotsatsiyasi ro‘yhatiga kiruvchi yuqori malakali sambochilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 6-apreldagi 03-16/3483-son ma’lumotnomasi). Natijada musobaqa xarakteridagi bellashuvlardagi usullarni bajarish natijadorligi 6,84% ga o‘sgan;
yuqori malakali sambochilar tomonidan musobaqa jarayonidagi bellashuvlarda qo‘llaniladigan toj usullariga yordamchi kombinatsion taktik harakatlar samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan model Ichki Ishlar Vazirligi huzuridagi “JAR” Sport-sog‘lomlashtirish kompleksida shug‘ullanuvchi yuqori malakali sambochilarning mashg‘ulot jarayonlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 6-apreldagi 03-16/3483-son ma’lumotnomasi). Natijada musobaqa xarakteridagi bellashuvlardagi muvaffaqiyatli bajarilgan toj usullari 12,96% ga, bellashuvlar davomida amalga oshirilgan qarshi hujumlarni qo‘llash 9,62% ga oshgan;
musobaqaning final bellashuvi yakuniga qadar zahira imkoniyatlarini to‘g‘ri taqsimlash maqsadida ishlab chiqilgan “Yuqori malakali sambochilarning bellashuvlar natijadorligini oshirishga qaratilgan mashg‘ulot dasturi” ishlab chiqilgan hamda Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani 2-son sport maktabida shug‘ullanuvchi yuqori malakali sambochilarning mashg‘ulot jarayonlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 6-apreldagi 03-16/3483-son ma’lumotnomasi). Natijada musobaqa xarakteridagi bellashuvlardagi muvaffaqiyatli ushlash holatlari 40,61% ga o‘sgan;
oliy sport mahorati bosqichidagi sambochilarning maxsus tayyorgarligini oshirish hamda musobaqa vaqtida yuzaga keladigan texnik-taktik vaziyatlarda toj usulini samarali qo‘llash, og‘ritish usulini tik kurashda bajarilgan texnik harakatdan so‘ng qisqa vaqt ichida bajarish maqsadida ishlab chiqilgan “Yuqori malakali sambochilarning maxsus tayyorgarligi va chidamliligini takomillashtirish tizimi” O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining sambo ixtisosligida tahsil oluvchi talabalarning amaliy mashg‘ulot jarayonlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 6-apreldagi 03-16/3483-son ma’lumotnomasi). Natijada musobaqa xarakteridagi bellashuvlardagi bajarilgan parter holatidagi usullar 20,33% ga hamda og‘ritish usullarini muvaffaqiyatli bajarish samaradorligi 36,4% ga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish