Raxmonov Rauf Rasulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘rta masofaga yuguruvchilarni yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlarida yugurish texnikasini takomillashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3250.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Mexriddin Junaydullaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Muxsinbek Sotivoldievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Xaydarov Baxtiyor Tajievich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘rta masofalarga yuguruvchilarning yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlarni rejalashtirishda sportchilarning individual tayyorgarligini inobatga olib yugurish texnikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘rta masofalarga yuguruvchilarning yillik mashg‘ulotlarini rejalashtirishda texnik tayyorgarlik yuklamalari shiddati, hajmi va me’yorlari nisbatlarini davrlar (tayyorgarlik, musobaqa va o‘tish) bo‘yicha optimal taqsimlash hisobiga texnik tayyorgarlik darajasi tanani yugurish vaqtida tebranishi, gavdani vertikal holatdagi og‘ishi, yugurishda tizzalarni bukilishi, oyoq kaftini erga qo‘yish burchagi kabi harakat ko‘nikmalari takomillashtirilgan;
o‘rta masofaga yuguruvchilarni jismoniy rivojlanganligini belgilovchi tana tuzilishining total va porsial ko‘rsatkichlarini (tana qismining oyoq, tizza, tos-son, qorin, bel, elka, qo‘l mushaklari rivojlantirish) rivojlantirish uchun maxsus ixtisoslashtirilgan har xil turdagi maxsus yugurish mashqlari (o‘rtacha va katta amplitudada sonni ko‘tarib hamda qadam mashqlari) kompleksini takomillashtirib qo‘llash hisobiga yugurish texnikasini egallash samaradorligi oshirilgan;
13-17 yoshli o‘rta masofalarga yuguruvchilarning mashg‘ulot jarayonlarida jismoniy tayyorgarligi va funksional holatini inobatga olib yugurish texnikasini takomillashtirish uchun texnik mahorat modeli tarkibiga texnik tayyorgarlikning zaruratini maqsadli singdirish hisobiga musobaqa jarayonida yuqori natijalarga erishish imkoniyatlari kengaytirilgan;
o‘rta masofa yuguruvchilarni yugurish jarayonida oyoq va qo‘l harakatini o‘zaro mutanosiblikda to‘g‘ri harakatlanish texnikasiga o‘rgatish samaradorligi bilan o‘rta masofalarga yugurishda harakat elementlarini oson o‘zlashtirish imkoniyatlari “Texnik yugurish kompleks mashqlari metodikasi”ni ishlab chiqish hisobiga kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi O‘rta masofaga yugurishga ixtisoslashgan sportchilarning o‘quv jarayoni va musobaqa faoliyatida qo‘llanilgan innovasion usullarni asoslash bo‘yicha tadqiqotlar davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘rta masofalarga yuguruvchilarning yillik mashg‘ulotlarini rejalashtirishda texnik tayyorgarlik yuklamalari shiddati, hajmi va me’yorlari nisbatlarini davrlar (tayyorgarlik, musobaqa va o‘tish) bo‘yicha optimal taqsimlash bo‘yicha takliflar Buxoro olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi engil atletika mashg‘ulotida shug‘ullanuvchi 8-9-10-11-sinf (o‘g‘il bolalar) o‘quvchilarining mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 16-maydagi 04-01/04/20/4737-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smir engil atletikachilarning tezkor-kuch sifatlari 9,8 % ga, tezlik sifati 6,5 % ga, chidamlilik 11,7 % ga o‘sgan;
o‘rta masofaga yuguruvchilarni jismoniy rivojlanganligini belgilovchi tana tuzilishining tatol va porsial ko‘rsatkichlarini (tana qismining oyoq, tizza, tos-son, qorin, bel, elka, qo‘l mushaklari rivojlantirish) rivojlantirish uchun maxsus ixtisoslashtirilgan har xil turdagi maxsus yugurish mashqlari (o‘rtacha va katta amplitudada sonni ko‘tarib hamda qadam mashqlari) kompleksini takomillashtirib qo‘llash bo‘yicha takliflar Buxoro shahar olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati engil atletika mashg‘ulotida shug‘ullanuvchi 8-9-sinf (o‘g‘il bolalar) o‘quvchilarining mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 16-maydagi 04-01/04/20/4737-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smir engil atletikachilarning mashg‘ulot jarayonlarida aerob yuklamalari hajmi 78,3%, aralash yuklamalar 17,9% va anaerob yuklamalar 3,8% ni tashkil etdi va musobaqa faoliyati natijalari 8,6%ga o‘sgan;
13-17 yoshli o‘rta masofalarga yuguruvchilarning mashg‘ulot jarayonlarida jismoniy tayyorgarligi va funksional holatini inobatga olib yugurish texnikasini takomillashtish uchun texnik mahorat modeli tarkibiga nima uchun texnika kerakligini singdirish va texnikani to‘g‘rilash (yugurish vaqtida) bo‘limini qo‘shish bo‘yicha takliflar Buxoro shahar olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati engil atletika mashg‘ulotida shug‘ullanuvchi 10-11-sinf (o‘g‘il bolalar) o‘quvchilarining mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil
16-maydagi 04-01/04/20/4737-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smir engil atletikachilarning mashg‘ulot va musobaqalarda yugurish texnikasi elementlari 2,8%ga oshgan;
“Texnik yugurish kompleks” mashqlari metodikasini qo‘llash hisobiga o‘rta masofa yuguruvchilarni yugurish jarayonida oyoq va qo‘l harakatini o‘zaro mutanosiblikda to‘g‘ri harakatlanish texnikasiga o‘rgatish samaradorligi oshirilgan hamda o‘rta masofalarga yugurishda harakat elementlarini oson o‘zlashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Jismoniy tarbiya va sport” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘iga asosan 68-607-raqamli guvohnoma). Natijada sportchilarning sport natijalari 7,2% ga yaxshilangan.