Kabulova Mexriban Tolibaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qoraqalpoq tili va adabiyotini o‘qitishda o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish metodikasi (V-X sinflar misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (qoraqalpoq tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2854.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi ya unvoni: Yusupov Qonisbay Abilovich, pedagogika fanlari doktori, professsor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Najimov Perdebay Aymanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xodjaniyzova Aygul Aytmuratovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablari V-IX sinflarida o‘quvchilarning og‘zaki ya yozma nutqini rivojlantirish usullarini, uning metodik asoslarini ilmiy tizim shaklida ishlab chiqish va ulardan pedagogik amaliyotda foydalanish yo‘llarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining V-IX sinflarida qoraqalpoq tili va adabiyotini o‘qitishda o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishning produktiv, evristik texnologiyasi lingvometodik jarayonlarni parametrlarga muvofiq rivojlantirganligi sababli kalligrafik, leksikografik, konstruktiv mashqlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
V-IX sinflarda qoraqalpoq tili va qoraqalpoq adabiyoti darslarida o‘quvchilarning nutq madaniyati, til qoidalarini o‘zlashtirish, yozma fikrlarni tuzish, muloqotni monologik va dialogik shakllarda ifodalash hamda suhbatdoshiga moslashib olishning individualligi, stilistik ko‘nikmalarni shakllantirish omillari moslashish va individuallashtirish jarayonlarini paradigmatik va sintagmatik resurslarini faollashtirishga ko‘ra optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
V-IX sinf o‘quvchilarining nutqini integrativ yo‘ndashuv asosida rivojlantirish metodikasini loyihalashtirish bilan bog‘liq kompetension aloqa mezonlari funksional-stilistik va ehtimollik jihatlarini tizimli va kompleks shakllantirishiga ko‘ra semantik, sintagmatik va paradigmatik uyg'unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
V-IX sinflarda qoraqalpoq tili va qoraqalpoq adabiyoti darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish bilan bog‘liq didaktik materiallar tizimini ishlab chiqishda, g‘oyalarni ijtimoiy-madaniy va ijtimoiy-lingvistik kompetensiyalarni kognitiv va shaxsiy-semantik shakllantirishga, fanlararo aloqalar va badiiy xususiyatlarni til birliklarining semantikasi va shakllarini kognitiv tartibga solish orqali ochib berishga imkon beradigan lirik asarlarni izchillik va kontekstli matnlarning grammatik tuzilishini yaxlit konsepsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi umumiy o‘rta ta’lim makiablari V-IX sinflarida qoraqalpoq tili va adabiyotini o‘qitishda o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivollantirish metodikasi oid tadqiqot natijalari asosida:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining V-IX sinflarida qoraqalpoq tili va adabiyotini o‘qitishda o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishning produktiv, evristik texnologiyasi lingvometodik jarayonlarni parametrlarga muvofiq rivojlantirganligi sababli kalligrafik, leksikografik, konstruktiv mashqlarga ustuvorlik berishga oid fikrlardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida FA-F-l-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzisidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 16-iyundagi 259/1-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablari V-IX sinflarida qoraqalpoq tili va adabiyotini o‘qitishda o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqi, o‘qituvchi va o‘quvchilar hamkorligiga yo‘naltirilgan o‘qitish shakilari, V-IX sinflarida qoraqalpoq tili va adabiyoti bo‘yicha o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini tekhirib ko‘rish samaradorligi ortgan;
V-IX sinflarda qoraqalpoq tili va qoraqalpoq adabiyoti darslarida o‘quvchilarning nutq madaniyati, til qoidalarini o'zlashtirish, yozma fikrlarni tuzish, muloqotni monologik va dialogik shakllarda ifodalash hamda suhbatdoshiga moslashib olishning individualligi, stilistik ko'nikmalarni shakllantirish omillari moslashish va individuallashtirish jarayonlarini paradigmatik va sintagmatik resurslarini faollashtirishga doir takliflardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan FZ-2016-0908165532 raqamli «Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi» mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yii 14-iyindagi 280-son ma’lumotnomasi). Natijada V-IX sinflarda qoraqalpoq tili va qoraqalpoq adabiyoti darslarida o‘quvchilarning motivatsiyasi iu kommunikativ kompetensiyasini oshirishning metodik yig‘indisi bo‘yicha tegishli taklif va ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan;
V-IX sinf o‘quvchilarining nutqini integrativ yo‘ndashuv asosida rivojlantirish metodikasini loyihalashtirish bilan bog‘liq kompetension aloqa mezonlari funksional-stilistik va ehtimollik jihatlarini tizimli va kompleks shakllantirishiga ko‘ra semantik, sintagmatik va paradigmatik uyg'unlashtirish, ijtimoiy-madaniy va ijtimoiy-lingvistik kompetensiyalarni kognitiv va shaxsiy-semantik shakllantirishga, fanlararo aloqalar va badiiy xususiyatlarni til birliklarining semantikasi va shakllarini kognitiv tartibga solish orqali ochib berishga imkon beradigan lirik asarlarni izchillik va kontekstli matnlarning grammatik tuzilishini yaxlit konsepsiyalashga oid takliflardan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining “Xabarlar” axborot dasturlarida, “Fan va ta’lim” radioeshittirishini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2023-yil 23-iyundagi 05-22/323-son ma’lumotnomasi). Natijada dasturlar mazmuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi umumta’lim maktablarining V-IX sinf o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishni o‘rgatish muammosi bo‘yisha yangi ekspert xulosalari bilan boyitilgan.