Shamuratov Marat Xalmuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «K.Karimovning “Og‘abiy” romanida tarixiy haqiqat va badiiy fantaziya», 10.00.12 – Qoraqalpoq adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4301.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Orazimbetov Kuanishbay Kelimbetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nurjanov Perdebay Erjanovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Kamalova Dilfuza Enuarovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi K.Karimovning «Og‘abiy» romanida tarixiy va badiiy haqiqatni uyg‘inlashtirish uchun yozuvchi qo‘llagan usullarni aniqlash, romanning kompozisiyasi, syujeti, tarixiy qahramonlar va boshqa personajlar obrazlarining yaratilishidagi o‘ziga xosligi, voqea-hodisalarning xarakterini anglashda peyzaj, ot va bo‘ri obrazini yaratish poetikasini aniqlash va asosiy tushunchalarni, badiiy-estetik talqin qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
K.Karimovning «Og‘abiy» romani misolida tarixiy haqiqat, tarixiy obraz va yozuvchi to‘qimalari mujassamlanishining asarda ilgari surilgan dolzarb g‘oya va personajlar tizimining ruhiy-shuriy holatini ifodalashning mohiyati ochib berilib, romanning qoraqalpoq adabiyotida muhim o‘ringa egaligi asoslangan;
tarixiy shaxslar Qulshibiy va Erejepbiy obrazlarining romanda yaratilishining badiiy-estetitik tamoillari darajasi va unda yozuvchining mahorati bilan romaniy tafakkuri uyg‘unlanishi, muallif konsepsiyasi aniqlanib, makon va zamon obrazlari, ularning tarixiy haqiqatga muvofiqligi matn va tarixiy manbalarni qiyoslash asosida ochiqlangan;
“Og‘abiy” romanida g‘oyaviy butinlikni va yaxlitlikni ta’minlashda kompozisiya, syujet, konfliktning personaj obrazini konkretlashtirish, qahramonning mavqeini ko‘rsatib berishdagi o‘rni aniqlanib, peyzaj obrazlarni yaratishda yozuvchining voqea va hodiysalarni his qila olish mahorati aniqlangan;
romanda ot obrazi, bo‘ri obrazining yaratilishi, bu obrazlarning boshqa jahon adabiyotidagi shunday obrazlar bilan tipologik o‘xshashligi va o‘ziga xosligi asoslanib, ularning roman mazmunini ta’minlashda va tasvirlanayotgan voqeya, hodiysalarga tasiri, unda ularning ramziy vazifani bajarish xususiyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq tarixiy romanchiligi rivojlanishining asosiy yoʻnalishlarini, syujet-kompozision farqlarini va tarixiy qahramon obrazining o‘ziga xosliklarini tadqiq etishning ilmiy xulosalari quyidagicha tadbiq etilgan:
K.Karimovning «Og‘abiy» romani misolida tarixiy haqiqat, tarixiy obraz va yozuvchi to‘qimalari mujassamlanishining asarda ilgari surilgan dolzarb g‘oya va personajlar tizimining ruhiy-shuriy holatini ifodalashning mohiyati, romanning qoraqalpoq adabiyotida alohida o‘rini haqidagi lmiy natijalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan yosh iqtidorlar seminarlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 26-martdagi 30-son ma’lumotnomasi). Natijada yozuvchilar uyushmasining adabiy jarayonni ilmiy-nazariy va ilmiy-metodik baholashga taalluqli faoliyatining yanada takomillashuviga erishilgan;
“Og‘abiy” romanida g‘oyaviy butinlikni va yaxlitlikni ta’minlashda kompozisiya, syujet, konfliktning personaj obrazini konkretlashtirish, qahramonning mavqeini ko‘rsatib berishdagi o‘rni, peyzaj obrazlarni yaratishda yozuvchining voqea va hodiysalarni his qila olish mahorati haqidagi xulosalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan bajarilgan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq qilish” (2017-2020) mavzusidagi fundamental loyiha ishini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 26-martdagi 99/1-son ma’lumotnomasi). Natijada olingan ilmiy xulosalarning tadbiq etilishi orqali ma’ruza matnlarining va o‘quv qo‘llanmalarining nazariy darajasining yaxshilanishga erishilgan;
tarixiy shaxslar Qulshibiy va Erejepbiy obrazlarining romanda yaratilishining badiiy-estetitik tamoillari darajasi va unda yozuvchining maxorati bilan romaniy tafakkuri uyg‘unlanishi, muallif konsepsiyasi, makon va zamon obrazlari, ularning tarixiy haqiqatga muvofiqligi matn va tarixiy manbalarni qiyoslash bilan olingan ilmiy xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining “Ruxiyliq bostani” nomli eshittirish orqali aholiga, keng jamoatchilik vakillariga targ‘ib qilinshda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2023-yil 13-martdagi 05-22/126-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlar yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy o‘zlikni namoyish etishda tarixiy romonlarning ahamiyati haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishgan.