Tursunov Ahmad Amirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nemis tilida frazeologiyalashgan gaplar va ularning o‘zbek tilidagi muqobillarining chog‘ishtirma lingvistik tadqiqi (lug‘atlar asosida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil2785.
Ilmiy rahbar: Yaxshiev Ashur Abdievich filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.2019.Fil.83.01.
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshid Zaynievich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Ro‘ziev Yarash Bozorovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi zamon nemis va o‘zbek tillarida gap shaklidagi frazeologik birliklarning semantik xususiyatlari, tuzilish tarkibi hamda milliy-madaniy o‘ziga xos jihatlarini oshib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hozirgi zamon nemis tilida gap strukturali maqol, matal shaklidagi hamda so‘roq so‘zli frazeologik birliklarni o‘zaro ma’no ko‘lamining yaqinligi, ularning rang-barangligi, modalligi, ta’sirchanligi, vazifaviy voqelanishi bo‘yicha mos kelishini shakllantiruvchi korpus yaratilgan;
gap strukturali frazeologik birliklarning yaxshilik va yomonlik, donolik va nodonlik, foyda va zarar kabi ma’no turlari ochib berilib, ularning shakllanishida leksik, stilistik, metaforik ma’no ko‘chish ishtiroki muhimligi isbotlangan;
gap strukturali frazeologik birliklarning lingvokulturologik xususiyatlarini baholashda sinxron-qiyosiy, diaxron-qiyosiy, parallel va distributiv tasvirlash sababli qiyoslanayotgan tillarning leksikografik manbalarida kodifikatsiyalanishi dalillangan;
gap strukturali frazeologik birliklarning paradigmatik, sintagmatik jihatdan faollashuvida polisemantik munosabatlarni amalga oshirishning belgisi sifatida ularning doimiy, tayyor tarkibda, nutqda qayta ishlab chiqilishi va takrorlanish imkoniyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nemis va o‘zbek tillarida gap shaklidagi frazeologik birliklarining semantik-struktur xususiyatlarini qiyosiy jihatdan tahlil qilish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
gap strukturali frazeologik birliklarning paradigmatik, sintagmatik jihatdan faollashuvida polisemantik munosabatlarni amalga oshirishning belgisi sifatida ularning doimiy, tayyor tarkibda, nutqda qayta ishlab chiqilishi va takrorlanish imkoniyatlari borasidagi natijalari Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan 2014-2015-yillarda amalga oshirilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 27-maydagi 1100/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, gap shaklidagi frazeologik birliklarning nemis va o‘zbek tillarida qo‘llanish holatini lingvistik tahlil qilish metodikasi mazkur loyiha materiallariga kiritilgan;
gap strukturali frazeologik birliklarning yaxshilik va yomonlik, donolik va nodonlik, foyda va zarar kabi ma’no turlari ochib berilib, ularning shakllanishida leksik, stilistik, metaforik ma’no ko‘chish ishtiroki borasidagi natijalaridan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus+ dasturining 2017-2020-yillarga mo‘ljallangan 585845 EPP-1-2017-ES-EPPKA2-CBHE-JP “CLASS: Development of the interdisciplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian universities (CLASS: “Markaziy Osiyo Universitetlarida kompyuter lingvistikasi bo‘yicha magistratura dasturini ishlab chiqish”) nomli innovatsion loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 29-maydagi 1121/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, gap shaklidagi frazeologik birliklarning nemis va o‘zbek tillarida qo‘llanish holatini lingvistik tahlil qilish metodikasi xususiyatlari aniqlangan;
gap strukturali frazeologik birliklarning lingvokulturologik xususiyatlarini baholashda sinxron-qiyosiy, diaxron-qiyosiy, parallel va distributiv tasvirlash sababli qiyoslanayotgan tillarning leksikografik manbalarida kodifikatsiyalanishini o‘rganish natijalaridan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus+ dasturi 585845 EPP-1-2017-1ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational Linguistics at Central Asian universities” grant loyihasi doirasida foydalanildi (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 1-iyuldagi 1342/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, nemis va o‘zbek tillari frazeologiyasida gap shaklidagi frazeologik birliklarning sintaktik va struktur modellarga asoslangan tasnifidan loyiha doirasida foydalanilgan;
hozirgi zamon nemis tilida gap strukturali maqol, matal shaklidagi hamda so‘roq so‘zli frazeologik birliklarni o‘zaro ma’no ko‘lamining yaqinligi, ularning rang-barangligi, modalligi, ta’sirchanligi, vazifaviy voqelanishi bo‘yicha mos kelishini shakllantiruvchi korpus yaratilishi bo‘yicha xulosalaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2024-yilning 26-aprel kuni efirga uzatilgan “Assalom, Samarqand!” ko‘rsatuvini navbatdagi sonining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 1-iyuldagi 01-07/172-son ma’lumotnomasi). Natijada, telekuzatuvchilarning xorijiy tillarni o‘rganish borasidagi nazariy va amaliy bilimlari oshirilishiga erishilgan.