Safarova Maxdumaxon Jaxongirxon qizi
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Presedent tuzilmalar siyosiy diskursda faollashuvining pragmatik va lingvomadaniy xususiyatlari”; 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil2294.
Ilmiy rahbar: Kiselyov Dmitriy Anatolevich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil.83.01.
Rasmiy opponentlar: Bushuy Tatyana Anatolevna, filologiya fanlari doktori, professor; Xoliyarov Lutfulla Tashkuvatovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nemis va o‘zbek siyosiy diskursida faollashadigan presedent tuzilmalarning kommunikativ-pragmatik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diskurs tilshunosligi doirasida muhim ahamiyatga molik va lisoniy-tafakkur mahsuli sifatida voqelanadigan hodisalarni tavsiflash imkoniyatiga ega bo‘lgan diskurs turlari, kommunikativ strategiya, nutqiy ta’sir, manipulyasiya kabi tushunchalarning nutqiy muloqot tizimi doirasida namoyon bo‘ladigan lingvistik mohiyati ochib berilgan;
“presedentlik” tushunchasi ontologik–gnoseologik mazmunining tavsifi orqali presedent birliklarning alohida tillarga xos pragmatik va kommunikativ maqomi belgilanib, ularning siyosiy diskurs muhitida eksplisit va implisit ko‘rinishlarda shakllanish mexanizmlari aniqlangan;
nemis va o‘zbek tillaridagi siyosiy muloqot jarayonida presedent birliklardan foydalanishda lingvomadaniy ma’lumotlarning ahamiyati lisoniy tanlovning sotsiopragmatik xususiyati sababli madaniyatlararo kommunikatsiya sharoitida alohida ekanligi isbotlangan;
presedent tuzilmalarning siyosiy diskursda bajaradigan vazifalarini kommunikativ strategiya nuqtai nazaridan farqlash va pragmatik guruhlarga tasniflash usuli funksional – semantik hamda lingvostilistik jihatdan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Presedent tuzilmalarning nemis va o‘zbek tillaridagi siyosiy matnlarda faollashuvining nazariy hamda amaliy jihatdan o‘rganish yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
diskurs tilshunosligi doirasida muhim ahamiyatga molik va lisoniy-tafakkur mahsuli sifatida voqelanadigan hodisalarni tavsiflash imkoniyatiga ega bo‘lgan diskurs turlari, strategiya, nutqiy ta’sir, manipulyasiya kabi tushunchalar mohiyati funksional janr ko‘rinishida shakllanishiga doir xulosalardan Evropa Ittifoqining Erasmus + 561624+EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 25-martdagi 631/02-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘qituvchi va talabalarning tilshunoslik, muloqot madaniyati hamda pragmatik kompetensiya sohalaridagi bilim zahirasi boyigan, bu esa, o‘z navbatida, ta’lim tizimini xalqarolashtirishga xizmat qilgan;
“presedentlik” tushunchasi ontologik–gnoseologik mazmunining tavsifi orqali presedent birliklarning milliy tillarga xos pragmatik va kommunikativ mohiyatini belgilash hamda ularning siyosiy diskurs muhitida eksplisit va implisit tarzda shakllanish mexanizmlarini o‘rganish jarayonida olingan natija va xulosalardan Xitoy xalq Respublikasining Shimoliy-Sharqiy universitetida (Northwest University, China) bajarilgan “Research on expanding the international influence of Silk Road Culture and promoting the sustainable development of heritage tourism”, programme I-programme of national research development system DL2022040003L “The belt and Road innovative exchange programme for foreign expers” loyihasi doirasida foydalanilgan (Xitoy xalq Respublikasi Northwest universitetining 2024-yil 28-fevraldagi 710127-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy meros namunalarini identifikatsiyalash va tizimli ravishda tavsiflash imkoniyatlari takomillashtirilgan hamda manbalar zahirasi to‘ldirilgan;
presedent tuzilmalarning siyosiy diskursda bajaradigan vazifalarini kommunikativ strategiya nuqtai nazaridan farqlash va pragmatik guruhlarga tasniflashda faollashadigan dalillash, ishontirish, uqtirish, harakatga undash bilan bog‘liq kommunikativ-pragmatik vazifalarini aniqlashga yo‘naltirilgan usuldan Project N598340-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP University Cooperation Framework for Knowledge-Transfer in Central Asia and China (UNICAC) loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy universitetining 2024-yil 4-apreldagi 04/11-2603-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘llanilgan metod “Matn tahlili”, “Diskursologiya”, “Pragmalingvistika” kabi fanlar nazariy asoslarini mukammallashtirish va kengaytirishga xizmat qilgan;
nemis va o‘zbek tillaridagi siyosiy muloqot jarayonida presedent birliklar faollashuvida lingvomadaniy axborotning muhimligi madaniyatlararo kommunikatsiya sharoitida alohida ekanligi hamda lisoniy tanlovning sotsiopragmatik xususiyatlarini inobatga olish zarurati bilan bog‘liq xulosalardan “Sharh va tahlil” axboriy-analitik teledasturi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 29-martdagi 01-07/59-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materialllar mazmunan takomillashtirilib, ilmiy ma’lumotnomalar bilan boyitilishiga erishilgan va ko‘rsatuvning ilmiy-ommaboplik xususiyati oshgan. Shuningdek, siyosiy diskursning pragmatik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar ijodiy jamoaning mavzu doirasida chuqurroq mulohaza yuritishi uchun zamin yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish