Raxmonova Amira Ulfatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Badiiy personajlar hissiyotlarini ifodalashda stilistik vositalar (ingliz va o‘zbek badiiy nasri materialida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil1159.
Ilmiy rahbar: Ruzikulov Fazliddin Shukurovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil.83.01.
Rasmiy opponentlar: Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Elova Umida Ro‘zimurodovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy ingliz va o‘zbek badiiy asarlarida personajlarning hissiyotlarini ifodalovchi yuz va tana harakatlariga oid bo‘lgan leksik birliklar va stilistik vositalarning struktur-semantik, funksional va lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek badiiy asarlarida personajlar hissiyotlarini ifodalovchi “yuz”, “tabassum”, “ko‘z” va “qosh” hamda turli imo-ishoralar, tana harakatlariga oid lisoniy birliklarining idiomalar va stilistik vositalar kabi semantik, so‘z birikmalari kabi derivatsion, frazeologik, paremiologik va badiiy matn sifatlari kabi lingvomadaniy xususiyatlari ochib berilgan;
badiiy personajlar hissiyotlarini ifodalashda qo‘llanilgan undov so‘zlar, metafora, mubolag‘a kabi stilistik vositalarning ikki til badiiy matnidagi o‘ziga xos lisoniy rivoji, ularning leksik-semantik takomillashuvi va struktural xususiyatlarining pragmatik va lingvomadaniy ifodalanishi  kabi farqli jihatlari aniqlangan;
ingliz va o‘zbek badiiy asarlarida personajlar hissiyotlarini ifodalovchi “yuz”, “tabassum”, “ko‘z” va “qosh” hamda turli imo-ishoralar, tana harakatlariga oid lisoniy birliklarining frazeologik, leksik-stilistik qatlamlarda ifodalanishi, hissiyot nomlarining guruhlanishi va ularga oid sinonimlarning qo‘llanilishi dalillangan;
ingliz va o‘zbek badiiy asarlarida personajlar hissiyotlarini ifodalashda stilistik vositalarning ikki til badiiy materialida chog‘ishtirma bahonalishiga ko‘ra leksik-semantik, pragmatik, lingvomadaniy, kognitiv-derivatsion va etik mohiyatga egaligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek badiiy asarlarida personajlar hissiyotlarini ifodalashda stilistik vositalarning qiyosiy-chog‘ishhtirma tadqiq va tahlil qilish yuzasidan  olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek badiiy asarlarida personajlar hissiyotlarini ifodalovchi “yuz”, “tabassum”, “ko‘z” va “qosh” hamda turli imo-ishoralar, tana harakatlariga oid lisoniy birliklarining semantik, derivatsion, lingvomadaniy xususiyatlari qiyosiy-chog‘ishtirma tahlili natijalaridan Samarqand davlat chet tillar instituti Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: O‘zbekistonda Oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizasiyalash va xalqarolashtirish” nomli loyiha doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023 yil 31 martdagi 854/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda tahlilga tortilgan “yuz”, “tabassum”, “ko‘z” va “qosh” va turli imo-ishoralar, tana harakatlariga oid leksemalar, so‘z birikmalari, idiomalar va stilistik vositalarning funksional-semantik, stilistik, pragmatik va lingvomadaniy tadqiqi, ilmiy-nazariy aspektlari ingliz va o‘zbek tilshunosligining leksikologiya, lug‘atshunoslik, matnshunoslik sohalarining takomillashishi, lug‘atlar yaratish, ingliz va o‘zbek tillari stilistikasi bo‘yicha qo‘llanmalar yozish, ilmiy maqolalar, tezislar yozishda yangi yondashuvlar sifatida muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi hissiyotga oid leksemalarning frazeologik, paremiologik va badiiy matn sathlarda inson hissiyotlari ifodasi hamda ularni shakllantiruvchi undov so‘zlar, metafora, mubolag‘a kabi stilistik vositalar tahlilllar natijalaridan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining TEMPUS dasturi 2014-2016-yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161- TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” nomli loyihani bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023 yil 31 martdagi 853/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va o‘zbek tillaridagi inson hissiyotlarini ifodalovchi stilistik vositalarning ingliz va o‘zbek tillarida leksikologiya va stilistikaga oid izohli, sohaviy lug‘atlarni tuzishda manba bo‘lishi hamda badiiy personajlar hissiyotlarini ifodalashda qo‘llanilgan stilistik vositalarning ikki til badiiy matnidagi o‘ziga xos lisoniy rivoji va farqli jihatlarining qiyosiy-chog‘ishtirma, leksik-semantik, pragmatik va struktural aspektidagi tadqiqi xuloslalardan “Qiyosiy tilshunoslik”, “Madaniyatlararo muloqotni shakllantirish”, “Stilistika”, “Lingvomadaniyatshunoslik” sohalari uchun o‘quv qo‘llanmalar, elektron kitoblar, shuningdek ilmiy maqolalar va tezislar yozishda chiqarilgan xulosa va ishlab chiqilgan tavsiyalaridan foydalanish mumkinligi qayd qilingan;
ingliz va o‘zbek badiiy asarlarida personajlar hissiyotlarini ifodalovchi “yuz”, “tabassum”, “ko‘z” va “qosh” hamda turli imo-ishoralar, tana harakatlariga oid lisoniy birliklarining frazeologik, leksik-stilistik qatlamlarda ifodalanishi, hissiyot nomlarining guruhlanishi va ularning sinonimlari tasnifi xulosalaridan Samarqand davlat chet tillar institutida I-204-4-5 “ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikasion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023 yil 31 martdagi 855/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida inson hissiyotlarini namoyon qilishning lisoniy, pragmatik, psixologik jihatlari qardosh bo‘lmagan ingliz va o‘zbek tillarining o‘zaro aloqador qarama-qarshi jihatlarini aniqlashga erishilgan;
badiiy personajlar hissiyotlarini ifodalashning stilistik xususiyatlari tadqiqiga turli yondashuvlar, ularning funksional semantik va lingvokulturologik tuzilmalarini aks ettirish mexanizmiga doir xulosalar asosida “Stylistics” nomli darslik yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 01-martdagi 110-son buyrug‘i, ro‘yxatga olingan raqami 110-246). Natijada 5111400 – Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi talabalari yangi darslik sifatida ta’lim jarayonida qo‘llanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish