Egamnazarova Zulhumor Qodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XIX asr ikkinchi yarmi rus satirik nasri janrlarining o‘ziga xosligi ”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fil973.
Ilmiy maslahatchi: Lixodzievskiy Anatoliy Stepanovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar Sodiqov Zohid Yakubjonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Kamilova Saodat Ergashevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi XIX asr ikkinchi yarmidagi rus satirasining eng xarakterli janrlarining rivojlanish tamoyillarini, tadrijiy takomilini aniqlash hamda ilmiy-nazariy jihatdan ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asrning ikkinchi yarmida rus satirasida (A.F. Pisemskiy, O.M. Somov, V.P. Mesherskiy satirik nasri misolida) voqelikni haqqoniy ifodalovchi, mazmun-mohiyati bilan umumlashtiruvchi, yo‘naltiruvchi, jamiyat hodisalarini baholovchi satira va ironiya kabi badiiylik moduslari mavjud bo‘lganligi aniqlangan;
mazmun va shakl dialektikasiga asoslanib, XIX-asrning ikkinchi yarmi rus satirik nasrida ongli ravishda bo‘rttirish, grotesk, yorqin fantastik tasvirlar, ularning majburiy kulgili tabiati kabi badiiy tasvir texnikasi va usullari mavjudligi isbotlangan;
ilk bora A.F. Pisemskiy va V. P. Meshcherskiy satirasi misolida XIX-asrning ikkinchi yarmida rus satirasida jamiyat hayotida muhim deb hisoblangan falsafiy va ijtimoiy g‘oyalarni ifodalanish tamoyillari va keyingi avlod satirik yozuvchilar ijodiga xos bo‘lgan ezgulik, bag‘rikenglik, insonparvarlik kabi muhim ma’naviy-ma’rifiy g‘oyalar majmuasi mavjudligi aniqlangan;
rus satirasi tili va uslubi, adabiy an’analarning  adolat, odamlarga muhabbat, insonparvarlik kabi umuminsoniy xususiyatlari dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX asr ikkinchi yarmidagi rus satirik nasri janrlarining o‘ziga xosligi va satira poetikasining tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
XIX asrning ikkinchi yarmida rus satirasida (A.F. Pisemskiy, O.M. Somov, V.P. Mesherskiy satirik nasri misolida) voqelikni haqqoniy ifodalovchi, mazmun-mohiyati bilan umumlashtiruvchi, yo‘naltiruvchi, jamiyat hodisalarini baholovchi satira va ironiya kabi badiiylik moduslari mavjud bo‘lganligi hamda rus satirasi XIX asrning ikkinchi yarmida rus jamiyatining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan shakllanish va rivojlanish qonuniyatlariga ega adabiy-estetik hodisa sifatida dalillanganiga oid xulosalardan “Erasmus+ dasturining ICM, KA-107- № 2020-1-ES01-KA107-080444 Valladolid universiteti o‘rtasida kredit safarbarligi” loyihasida samarali foydalanilgan (Valladolid universitetining 2023-yil 25-iyundagi IRD/22-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy hamda badiy materiallar misolida adabiy faoliyat va ijtimoiy hayot o‘rtasidagi aloqani aks ettiruvchi satirik prozaning janr xilma xilligi hamda uni vositalarining konseptual-mazmuniy belgilari mazkur dastur mazmunini boyitgan;
XIX asrning ikkinchi yarmidagi rus satirasining o‘ziga xos poetik tabiati,  kompozision tarkibi, obrazlar tizimi, til xususiyati, ifoda usullari, mavzu va g‘oyasi  badiiyat qonuniyatlari asosida izohlanganishiga doir xulosa va natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-yanvardagi “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmonining 2-ilovasi “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining “Yoshlar bilan ishlashning samarali boshqaruv tizimini joriy etish” nomli 70-maqsad 256-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi markaziy kengashining 2023-yil 10-fevraldagi 04.13/21-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar dunyoqarashini shakllantirishda zamonaviy ilmiy-nazariy ma’lumotlardan foydalanish yoshlarni umuminsoniy qadriyatlarga ta’sir etuvchi ommaviy madaniyat ko‘rinishidagi mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish imkonini bergan;
XIX asrning ikkinchi yarmida jamiyat hayotida muhim hisoblangan falsafiy, ijtimoiy g‘oyalarning rus satirasida ifodalanish tamoyillari va keyingi avlod satirik yozuvchilari ijodiga xos bo‘lgan eng muhim ma’naviy-ma’rifiy g‘oyalar majmuasi tahlil qilinib,  rus satirik yozuvchilaridan A.F. Pisemskiy va V.P. Mesherskiy ijodidagi ijtimoiy hayot va adabiy ijod jarayonlarining uzviy bog‘liqligi hamda ajralmas aloqasi ilmiy-nazariy bilimlar asosida isbotlanganiga oid xulosalardan Andijon davlat universitetida 2017–2021-yillarda bajarilgan OT-F1-18 raqamli “Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish" nomli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2023-yil 17-yanvardagi 32-32/160-son ma’lumotnomasi). Natijada rus satirasi tili va uslubi, adabiy an’analarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning o‘sha davr sharoitidagi transformatsiyasiga doir ilmiy-nazariy qarashlar loyiha mazmun-mohiyatini boyitgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish