Elmurodov Bobur Utkirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
““Jasorat” fenomenini shakllantirishda o‘zbek epik dostonlari: strukturaviy-funksional yondashuv”, 10.00.08 – Folklorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3220.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi.
Ilmiy rahbar: Rahmonov Nasimxon, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyot va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.02.
Rasmiy opponentlar: Jumanazarov Umurzoq, filologiya fanlari doktori, professor; Sayitqulov Ilhom, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dostonlardagi jang lavhalari, qahramonlik, vatanparvarlik motivlari asoslarini tarixiy voqealarga bog‘liq holda ochib berish, xususan, “Yusuf bilan Ahmad”, “Alibek bilan Bolibek” jangnoma dostonlaridagi shaxs ma’naviyati, jangovarlik salohiyati, jasorat va jang motivi ildizlarini dalillashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Alibek bilan Bolibek”, “Yusuf va Ahmad” kabi o‘zbek xalq eposlari misolida o‘zbek xalqining qatʼiy ruhiyati, irodasi, yuksak ma’naviyati, tafakkuri, ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurash, erk, birodarlik, dushmanga nafrat g‘oyalarini chuqur singdirish orqali zamonaviy armiyamizning ma’naviy qiyofasini to‘laqonli yuzaga chiqarish imkoniyati dalillangan;
o‘zbek xalq eposlari qadimgi turkiy yodgorliklardagi qahramonlarning jasorati ularning xulq-atvori bilan bog‘liq ekanligi, alplikning shakllanish bosqichlari, qahramonlik va dovyuraklik, strategiya va jang motivi kabi omillar bu xususiyatlarning shakllanishida asos bo‘lganligi isbotlangan;
folklor asarlaridagi harbiy taktika, jang sanʼati, dushmanga qarshi kurash usullari jangovar kuch, qurollardan foydalanish mahorati bilan bog‘liq lavhalar va detallar qahramonlik dostonlarida jasorat fenomenini yuzaga keltirishi asoslangan;
vatanparvarlik, mardlik, jangovar birodarlik qoidalariga rioya qilish anʼanasi dostonlarning bosh qahramonlari, sarkardalar obrazida mujassamlashgani jangovarlik faoliyatini yuzaga keltiruvchi asosiy omillar ekani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Jasorat” fenomenini shakllantirishda o‘zbek epik dostonlari: strukturaviy-funksional yondashuv mavzusida olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
“Alibek bilan Bolibek”, “Yusuf va Ahmad” kabi o‘zbek xalq eposlari misolida o‘zbek xalqining qatʼiy ruhiyati, irodasi, yuksak ma’naviyati, tafakkuri, ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurash, erk, birodarlik, dushmanga nafrat g‘oyalarini chuqur singdirish orqali zamonaviy armiyamizning ma’naviy qiyofasini to‘laqonli yuzaga chiqarish imkoniyati dalillanganligiga bag‘ishlangan natijalar 2018–2020-yillarda bajarilgan PZ-20170927147 raqamli “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 30-apreldagi 04/1-1117-ma’lumotnomasi). Natijada turkiy manbalarda qahramonlik timsollari va jang motivi bilan epik dostonlardagi qahramonlik unsurlari va urush sahnalari o‘zaro uyg‘unligini aniqlash imkoniyati yaratilgan;  
o‘zbek xalq eposlari qadimgi turkiy yodgorliklardagi qahramonlarning jasorati ularning xulq-atvori bilan bog‘liq ekanligi, alplikning shakllanish bosqichlari, qahramonlik va dovyuraklik, strategiya va jang motivi kabi omillar bu xususiyatlarning shakllanishida asos bo‘lganligi isbotlanganligi hamda folklor asarlaridagi harbiy taktika, jang sanʼati, dushmanga qarshi kurash usullari jangovar kuch, qurollardan foydalanish mahorati bilan bog‘liq lavhalar va detallar qahramonlik dostonlarida jasorat fenomenini yuzaga keltirishi asoslangan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtining o‘quv jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023-yil 26-sentyabrdagi 10/1922-son ma’lumotnomasi). Natijada “Yusuf va Ahmad”, “Alibek bilan Bolibek” dostonlaridagi qahramonlarning ulg‘ayish dinamikasi, jasorat ko‘rsatish tadriji kursantlar faoliyatiga tatbiq etilganda ijobiy yutuqlarga erishilgan;
vatanparvarlik, mardlik, jangovar birodarlik qoidalariga rioya qilish anʼanasi dostonlarning bosh qahramonlari, sarkardalar obrazida mujassamlashgani jangovarlik faoliyatini yuzaga keltiruvchi asosiy omillar ekani dalillanganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Mavzu”, “Ochiq dars” ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 20-sentyabrdagi 01-14/257-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida vatan himoyasiga mas’uliyat, mardlik va jasorat tuyg‘ularining ahamiyati keng tomoshabinlar ommasiga etkazilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish