Shirinova Inobat Anvarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Antigipoksantlar yordamida organizmning chidamliligi ortishini struktura-metabolik mexanizmlari», 03.00.08–Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/B42.
Ilmiy maslahatchi: Almatov Karim Tojibaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.V.38.01.
Rasmiy opponentlar: Rejemuradov Zaynitdin Turabovich, biologiya fanlari doktori, professor; Zaynobiddinov Anvar Erkinovich,biologiya fanlari doktori; Abdullaev Gaffurjon Raximjonovich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: har xil organlar hujayralari mitoxondriyalarini me’yor va gipoksiya hamda organizmni ilon zaharlari bilan intoksikatsiyasini antigipoksantlar yordamida chidamliligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor antioksidantlar oksidlanishi fosforlanishga ta’sir qilmasdan yurak, jigar, miya mitoxondriyalarida nafas olish funksiyasi va organizmning energiya sarfini kamaytirishi kuzatilgan bo‘lsa, serotonin mitoxondriyada nafas olish va kislorod-gaz almashinuvini susaytirishi hamda qo‘zg‘alish ko‘rsatkichlari ham pasayishi isbotlangan;
ilk bor antigipoksantlar va serotonin adenin nukleotidlarini uyg‘un ravishda hosil bo‘lishi va sarflanishi jarayonini susaytirishi, benzonalning hayvonlarda turli organlar mitoxondriyalarida FX va FI miqdorini oshirilishi va LFX, KL, FSning pasayishi, fosfolipidlarning boshqa fraksiyalari turli xilda o‘zgarishi aniqlangan;
ilk bor antigipoksantlar lipidlarning peroksid jarayoni va superoksiddismutaza, katalaza faolligini sinxron ravishda susaytirishi va antigipoksantlar antioksidant sifatida membranani barqarorlashtirishi asoslangan ;
antigipoksantlar mitoxondriyalar membranalarini fosfolipazalar A2 va D, lizofosfolipaza A1 nigidrolitik faolligini ingibirlashi va membranalarning “qo‘shqavat” (bisloy) qismini himoyalanishi isbotlangan;
ilk bor turli xil tipdagi antigipoksantlarning tolerantogenlik darajasini aniqlash yo‘nalishidagi yondashuvlardan foydalanilishi aniqlangan;
ilk bor gipoksiya paytida glikolitik almashinuvi jarayoni jadalligining kuchayishi ko‘rsatilib, benzonal va katatsinlar laktatning qondagi miqdorini oshishini faqat past va mo‘’tadil gipoksiya paytidagina oldini olishi isbotlangan;
hayvonlarda gipoksiya vaqtida hujayraning energetik funksiyasini buzilishi nafas olish zanjirining NAD-tutuvchi elektrontransport funksiyasini cheklanishidan boshlanishi hamda gipoksiya ta’sirning kuchayganda elektrontransport funksiyasini buzilishi ikkinchi bosqich darajasigacha tarqaladi, bu esa to‘qimalarda ATF sintezini keskin pasayishiga olib kelishi aniqlangan;
ilk bor gipoksiya ATF miqdorini ancha kamayishiga hamda ADF va AMFlarning miqdorini oshishiga olib kelishi ko‘rsatilgan, atkinson energetik zaryadi kamaydi, lekin adenin-nukleotid yig‘indisiga nisbati deyarli o‘zgarishsiz qolishi benzonal va katatsin ta’sirida gipoksiyadahayvonlar organlarining to‘qimalaridaadenin nukleotidlarini miqdoriy ko‘rsatkichini me’yoriy chegarada saqlanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Benzonal, kavergal, katatsin va gutiminlarning gipoksiya sharoitida organizmning hayotchanligini oshirish xususiyatini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
antigipoksantlar hujayra membranasida «qo‘shqavat» sohalari miqdorini oshirganligi FA-A-12-T-104 raqamli «Razrabotka i podgotovka k vnedreniyu v medisinskuyu praktiku preparatov Konsubin i Katatsin» mavzusidagi fundamental loyihasida antigipoksantlardan katatsinning faolligini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 10 apreldagi 411255-889-son ma’lumotnomasi). Natijada fosfolipaza va proteazalarning membrana fosfolipidlari hamda oqsillariga etib borishini qiyinlashtirib, membranaga bog‘liq fermentlar faolligi saqlab qolish imkonini bergan;
antigipoksantlar va serotinni adenin nukleotidlarning hosil bo‘lishi FA-A-12-T-104 raqamli «Razrabotka i podgotovka k vnedreniyu v medisinskuyu praktiku preparatov Konsubin i Katatsin» mavzusidagi fundamental loyihasida antigipoksantlar kislorod sarflanish jarayonlarini susaytirilishini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 10 apreldagi 411255-889-son ma’lumotnomasi). Natijada antigipoksantlar bir tomondan hujayra darajasida kislorodga bo‘lgan ehtiyojini idora qiluvchi qo‘shimcha mexanizmlarni ta’minlash imkonini bergan;
ayrim biologik faol moddalar ta’sirida gipoksiya holatida har xil a’zolardagi hujayra mitoxondriyalarida FA-A-7-T-187 raqamli «Respublikamizda yaratilgan orginal «Dang-shen`» va «Katatsin» preparatlarini tibbiyot amaliyotida tadbiq etish» mavzusidagi fundamental loyihasida LPO jarayonlarining o‘zgarishini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 10 apreldagi 411255-890-son ma’lumotnomasi). Natijada tajriba guruhidagi kalamushlar organizmiga katatsinni kiritib, mitoxondriyada LPO jarayonlarini me’yor ko‘rsatkichlariga yaqinlashtirish imkonini bergan;
gipometaboliklar organizmga kiritilishida jigar va yurak organlarida fiziologik jarayonlarini FA-A-7-T-187 raqamli «Respublikamizda yaratilgan orginal «Dang-shen`» va «Katatsin» preparatlarini tibbiyot amaliyotida tatbiq etish» mavzusidagi fundamental loyihasida normaga yaqinlashishini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 10 apreldagi 411255-890-son ma’lumotnomasi). Natijada katatsinni gipoksiya sharoitida hujayra tuzilmalarini erkin radikalli oksidlanishidan himoya qilish imkonini bergan.