Sultanov Ruslan Rustamovichning ning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sun’iy intellekt yordamida oliy ta’lim muassasalaridagi jarayonlarni raqamlashtirish samaradorligini oshirish”, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” bo‘yicha ixtisoslik.
Dissertatsiya mavzusi dastlab ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2366
Ilmiy rahbar: Qo‘chqorov Tohir Safarovich, Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, DSc.19/04.07.2023.1.88.01.
Rasmiy opponentlar: Teshaboev To‘lqin Zakirovich, Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor; Umarov Omonulla Saidamovich, Iqtisodiyot fanlari nomzodi (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent shahridagi Inha universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalaridagi biznes jarayonlarni sun’iy intellekt yordamida raqamlashtirish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy mehnat bozori talablari va ta’lim jarayonidagi biznes jarayonlarni bir-biri bilan uyg‘unlashtiruvchi oliy ta’lim muassasining raqamli trasformatsiya modeli taklif etilgan;
ta’lim jarayoniga sun’iy intellektni bosqichma bosqich tizimli joriy etish va biznes jarayonlarni turli pog‘onalarda uyg‘unlantirish imkoniyatini yaratuvchi uch o‘lchovli (sun`iy intellekt texnologiyalari, biznes jarayonlar va inson resurslari) konfiguratsiya modeli taklif etilgan;
ta’lim muassasalarida raqamlashtirishning optimal darajasiga erishish uchun ko‘rsatma sifatida xizmat qiladigan va raqamli transformatsiyaning sifati va miqdoriy rivojlanishini o‘lchashni ta’minlaydigan porog ko‘rsatkichlar taklif etilgan;
ta’lim jarayonlarini mehnat bozori ehtiyojlariga moslashtirish, shuningdek, sun’iy intellekt va zamonaviy raqamli texnologiyalarni integratsiyasini hisobga olgan holda 2030 yilgacha oliy ta’lim raqamlashtirishining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sun’iy intellekt yordamida oliy ta’lim muassasalaridagi biznes jarayonlarni raqamlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
zamonaviy mehnat bozori talablari va ta’lim jarayonidagi biznes jarayonlarni bir-biri bilan uyg‘unlashtiruvchi oliy ta’lim muassasining raqamli trasformatsiya modeli taklifi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining ma’lumotnomasi- hujjat raqami check.ijro.uz orqali: EV59327490). Ushbu ilmiy yangilikni amaliyotda tadbiq etish natijasida bugungi kundagi sun`iy intellekt bilan bog‘liq mehnat bozori talablari va oliy ta’lim muassasalaridagi akademik jarayonlarni uyg‘unlashtirish va malakali mutaxassislarni sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkoni yaratilgan;
ta’lim jarayoniga sun’iy intellektni bosqichma bosqich tizimli joriy etish va biznes jarayonlarni turli pog‘onalarda uyg‘unlantirish imkoniyatini yaratuvchi uch o‘lchovli (sun`iy intellekt texnologiyalari, biznes jarayonlar va inson resurslari) konfiguratsiya modeli Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integratori “Uzinfokom” tomonidan oliy ta’limning yagona ta’limni boshqarish platformasida qo‘llanilgan. (“Uzinfokom” Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integratorining 20 oktyabr 2023 yildagi №25-3/1436-sonli xati). Ilmiy yangilik tadbiq etish natijasida oliy ta’lim muassasalarini turli pog‘onalarida, ya’ni inson resurslari, dasturiy apparat komplekslari va biznes jarayonlarni raqamlashtirish bo‘yicha tavsiyalar olish imkoni yaratilgan;
ta’lim muassasalarida raqamlashtirishning optimal darajasiga erishish uchun ko‘rsatma sifatida xizmat qiladigan va raqamli transformatsiyaning sifati va miqdoriy rivojlanishini o‘lchashni ta’minlaydigan porog ko‘rsatkichlari hamda ta’lim jarayonlarini mehnat bozori ehtiyojlariga moslashtirish, shuningdek, sun’iy intellekt va zamonaviy raqamli texnologiyalarni integratsiyasini hisobga olgan holda 2030 yilgacha oliy ta’lim raqamlashtirishining prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziriligi huzuridagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasida tomonidan ishlab chiqilgan Respublikada sun`iy inttellekt texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish” bo‘yicha yo‘l haritasining “Ta’lim sohasini sun`iy intellekt yordamida raqamli trasformatsiya qilish” chora tadbirlari bo‘limida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqot markazi”ning 24 oktyabr 2023 yildagi №501-sonli xati). Natijada mazkur prognoz va porog ko‘rsatkichlar yordamida 2030 yilga qadar oliy ta’lim muassasalrini raqamlashtirish holati, ularning raqamlashtirish darajasi aniqlash, oliy ta’lim muassasalarini raqamlashtirish bo‘yicha tayyorlik indeksini aniqlash imkonini yaratadi.