Tolametova Zilola Abdijaparovnaning
fan (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): « Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida mehnat salohiyatining rivojlanishi va undan samarali foydalanish yo‘nalishlari», 08.00.01 - “Iqtisodiyot nazariyasi” va 08.00.10 –“Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Iqt388
Ilmiy rahbar: Abduraxmanov Qalandar Xadjaevich, akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: Umurzoqov Baxodir Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nabiev Elshod Ganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rasulova Dilfuza Valievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: raqamli iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida mehnat salohiyatidan samarali foydalanishning strategik yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy mehnat munosabatlari konsepsiyasi talablari nuqtai-nazaridan yondashish asosida, respublikada aholining mehnat salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirishga kichik biznes sub’ektlari, jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan yollanma ishchilarga ijtimoiy soliqdan imtiyozlar berish orqali erishishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonidagi iqtisodiy munosabatlar va bandlik o‘rtasidagi bog‘liqlikdan kelib chiqqan holda yondashish asosida respublikada aholining mehnat salohiyatini oshirishga ishchi kuchi bozorida raqobatlasha olmaydigan uy xo‘jaligi sub’ektlarini kasbga o‘qitish va u bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini davlatning maxsus jamg‘armalari tomonidan qoplab berish orqali erishish taklifi asoslangan;
aholining mehnat salohiyatini ro‘yobga chiqarishning iqtisodiy mexanizmini zamonaviy yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini tugatgan shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun zarur bo‘lgan asosiy kapitalni sotib olish harajatlarining bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarigacha bo‘lgan qismini garovsiz va imtiyozli kredit ajratish asosida moliyalashtirish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
respublikada xotin-qizlarning mehnat salohiyatidan foydalanish darajasini oshirishga ularning bandligini ta’minlagan tadbirkorlik sub’ektlariga davlatning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiya ajratish orqali erishish taklifi asoslangan;
mamlakatning mavjud mehnat salohiyatidan foydalanish mexanizmini ishsiz yoshlar korxonada xodimlar umumiy sonining 50 foizdan ortig‘ini tashkil qilgan ish beruvchilar uchun davlat mulkini ijaraga berishda o‘rta muddatli davrlarda ijara to‘lovidan ozod etish orqali takomillashtirilgan;
O‘zbekiston iqtisodiyotida aholi mehnat salohiyatiga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik modelini ishlab chiqish asosida respublikada mehnat resurslarini rivojlantirishning 2030 yilga mo‘jallangan muqobil ssenariyli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
respublikada aholining mehnat salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirishga kichik biznes sub’ektlari, jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan yollanma ishchilarga ijtimoiy soliqdan imtiyozlar berish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti¬ning 2022 yil 30 avgustdagi PQ-366-sonli “Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 3-ilovasining 6-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 6 sentyabrdagi 01/00-02/10-8421-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mamlakatda zamonaviy yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini tashkil etishni rag‘batlantirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ularning asbob-uskunalar harid qilish imkoniyatini oshirish va shu orqali aholi mehnat salohiyatini oshirish imkoniyati yaratiladi;
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonidagi iqtisodiy munosabatlar va bandlik o‘rtasidagi bog‘liqlikdan kelib chiqqan holda yondashish asosida aholining mehnat salohiyatini oshirishga ishchi kuchi bozorida raqobatlasha olmaydigan uy xo‘jaligi sub’ektlarini kasbga o‘qitish va u bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini davlatning maxsus jamg‘armalari tomonidan qoplab berish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 iyundagi PQ-300-son “Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish hamda xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish ishlarini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining 9-bandini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 6 sentyabrdagi 01/00-02/10-8421-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida aholining mehnat salohiyatini oshirishda byudjet xarajatlarining samarali sarflanishi va uning natijajorligini oshirishga erishiladi;
aholining mehnat salohiyatini ro‘yobga chiqarishning iqtisodiy mexanizmini zamonaviy yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini tugatgan shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun zarur bo‘lgan asosiy kapitalni sotib olish harajatlarining bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarigacha bo‘lgan qismini garovsiz va imtiyozli kredit ajratish asosida moliyalashtirish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 19 apreldagi 161-son «Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratishni takomillashtirish hamda aholining doimiy daromad manbalarini ko‘paytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorining 13-bandini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 23 maydagi №01/00-04/08-4078-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mamlakatda zamonaviy yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini tashkil etishni rag‘batlantirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ularning asbob-uskunalar harid qilish imkoniyatini oshirish va shu orqali aholi mehnat salohiyatini oshirish imkoniyati yaratiladi;
respublikada xotin-qizlarning mehnat salohiyatidan foydalanish darajasini oshirishga ularning bandligini ta’minlagan tadbirkorlik sub’ektlariga davlatning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiya ajratish orqali erishish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 8 sentyabrdagi 650-son “Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining b-bandi 3-punktini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 6 sentyabrdagi 01/00-02/10-8421-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatda ijtimoiy uy sharoitida kasanachilik asosida xotin-qizlarni ish bilan band qilishning samarali mexanizmini ishlab chiqishga erishiladi;
mamlakatda mavjud mehnat salohiyatidan foydalanish mexanizmini ishsiz yoshlar korxonada xodimlar umumiy sonining 50 foizdan ortig‘ini tashkil qilgan ish beruvchilar uchun davlat mulkini ijaraga berishda o‘rta muddatli davrlarda ijara to‘lovidan ozod etish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 apreldagi PF-6208-son “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni 1-ilovasining 2-bandini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 23 maydagi №01/00-04/08-4078-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi respublikada ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning kambag‘allikka tushib qolishining oldini olish va mavjud mehnat salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi;
O‘zbekiston iqtisodiyotida aholi mehnat salohiyatiga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik modelini ishlab chiqish asosida respublikada mehnat resurslarini rivojlantirishning 2030 yilga mo‘jallangan muqobil ssenariyli prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining respublikada bandlikni ta’minlashning 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlarida tashkiliy va moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, mehnat resurslari va ishsizlik hisobini yuritish, bandlikka ko‘maklashish va tadbirkorlikni mahallabay rivojlantirish tizimini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 6 sentyabrdagi 01/00-02/10-8421-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi mamlakatda noan’anaviy, jumladan, innovatsion tarmoqlarda yangi ish o‘rinlarini yaratish, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha individual dasturlar tuzish, mahallalarda mikromarkazlar tashkil etib, ishsiz aholining hunarmandchilik va tadbirkorlik bilan shug‘ullanishiga sharoit yaratish va shu orqali 2030 yil yakuniga qadar kambag‘allikni sezilarli darajada qisqartirishga xizmat qiladi.