Xolliev Asamiddin Turaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Don-dukkakli ekinlarning asosiy zararkunandalarini bioekologik xususiyatlari va ularga qarshi uyg‘unlashgan himoya qilish tizimining ilmiy asoslari”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4. DSc/Qx297.
Ilmiy maslahatchi: Yusupov Abdusalim Xolboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Toreniyazov Elmurat Sheriniyazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Haytmuratov Arslonbek Fayzullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Iminov Abduvali Abdumannobovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Janubiy dexqonchlik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi don-dukkakli ekinlardan no‘xat, mosh va loviya biotsenozida uchraydigan zararkunandalarning tur tarkibi, bioekologik rivojlanish xususiyatlari va zarar keltirish darajasini tadqiq etgan holda ularga qarshi uyg‘unlashgan himoya tizimini ilmiy-amaliy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, no‘xat, mosh, loviya ekinlari agrobisenozida mavjud Asariphormes, Orthoptera, Soleoptera, Homoptera, Heteroptera, Diptera, Lepidoptera va Thysanoptera turkumlariga mansub zararkunandalarning 40 turi aniqlanib, ulardan asosiylari tuganak uzunburunlar, donxo‘rlar, g‘ovak hosil qiluvchi no‘xat pashshasi, tunlamlarning tarqalishi, zarari hamda bioekologik rivojlanish hususiyatlari aniqlangan;
don-dukkakli ekinlar agrobiotsenozida uchraydigan tuganak uzunburunlar, beda qandalasi, no‘xat shirasi va o‘rgimchakkanalarga qarshi kurash choralarini ilmiy asoslangan muddatlari belgilangan;
agrotexnik tadbirlarni (ekish muddati, ekishdan oldin erga ishlov berish) tuganak uzunburunlar, beda qandalasi, no‘xat shirasi, o‘rgimchakkana va boshqa zararkunandalarning rivojlanishiga ta’siri aniqlangan;
don-dukkakli ekinlarni ekishdan oldin fosforli-kaliyli o‘g‘itlar qo‘llanilganda, o‘simlik shiralarining populyasiyasi 28,2-35,1%, beda qandalasi 17,6-38,9% va o‘rgimchakkana 18,9-34,7% kamayganligi, qator oralari 35 sm oraliqda ekilgan joylarda namsevar mezofil zararkunandalar zichligi yuqori va ko‘p zararlashi, 60 sm ko‘chat oralig‘i 8-10 sm qilib ekilgan maydonlarda esa kserofil` zararkunandalarning miqdori ko‘p bo‘lib, ular keltiradigan zarar ham yuqori bo‘lishi aniqlangan;
no‘xat, mosh, loviya ekinlari agrobisenozida foydali entomofag hasharotlarning 9 oilaga mansub 15 turlari uchrashi aniqlangan, shuningdek, g‘o‘za tunlamiga qarshi 100 tup o‘simlikda 1-2 dona mayda yoshdagi qurtlar uchraganida 1:15, 1:20 nisbatlarda, 3-4 dona qurt uchraganida 1:5, 1:10 nibatlarda brakon entomofagi tarqatilganda 54,2-83,6% biologik samaradorlik aniqlangan;
loviya va mosh ekinlarida uchraydigan o‘rgimchakkana, shira, tripsga qarshi kurashda Abamectin, Propargite va Acetamiprid ta’sir etuvchi moddasiga ega preparatlarning toksik qoldiq miqdori aniqlangan;
don-dukkakli (no‘xat, mosh, loviya) ekinlarning zararkunandalariga qarshi uyg‘unlashgan kurash tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Don-dukkakli ekinlarning asosiy zararkunandalarini tur tarkibi, bioekologik rivojlanish xususiyatlari, zararini o‘rganib, ularga qarshi uyg‘unlashgan himoya qilish tizimini ilmiy asoslash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
don dukkakli ekinlar etishtiradigan fermer xo‘jaliklari uchun «Dukkakli don ekinlarining asosiy zararkunandalariga qarshi kurash choralari bo‘yicha tavsiyanoma» tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 14 dekabrdagi 07/22-06/1480-son ma’lumotnoma). Ushbu tavsiyanoma loviya, mosh va no‘xat kabi ekinlar etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
mosh va loviya ekinining o‘suv davrida o‘rgimchakkana, shira va tripslarga qarshi biologik usulda kurashda Oltinko‘z enomofagini qo‘llash Toshkent viloyati, Qibray tumani, O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti tajriba xo‘jaligida 3,0 ga, Toshkent tumani, «Sardor yashil dalalari» f/xda 2,0 ga, O‘rtachirchiq tumani Sholichilik ilmiy tadqiqot instituti tajriba xo‘jaligida 2,0 ga hamda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani «Baxtishod» f/x 5,0 ga, jami 12,0 ga maydonida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining2023 yil 14 dekabrdagi 07/22-06/1480-son ma’lumotnoma). Natijada, o‘rgimchakkana, shira va trips kabi so‘ruvchi zararkunandalarga qarshi55,2-90,1% biologik samaradorlikka erishilgan;
no‘xat, mosh, loviyani asosiy kemiruvchi zararkunandalaridan, ildiz kemiruvchi tunlamlar, tuganak uzunburunlar, qarsildoq qo‘ng‘izlar, qora qo‘ng‘izlarga qarshi urug‘larini ekishdan oldin Dalucho 70% n.kuk. (5 kg/t), Agro gaucho 70% n.kuk. (5 kg/t) va Kruizer Ekstra 362 sus.k. (3 l/t), Kreyser Ekstra Gold 362 (3 l/t) bilan dorilab ekish Toshkent viloyati, Qibray tumani, O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti tajriba xo‘jaligida 7,0 ga va O‘rtachirchiq tumani, Sholichilik ilmiy tadqiqot instituti tajriba xo‘jaligida 6,5 ga va Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani «Xusan bobo» f/x 8,0 ga, «Baxtishod» f/x 7,5 ga, «Adxam polvon invest» f/x 6,0 ga, jami 35,0 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 14 dekabrdagi 07/22-06/1480-son ma’lumotnoma). Natijada, nihollar unib chiqqandan so‘ng 30-35 kungacha ildiz va nihol zararkunandalariga qarshi 83,5-87,0% biologik samaradorlikka erishilgan va 4,2-4,8 s/ga hosil ortgan, rentabellik830,0-870,0 ni tashkil etgan.
mosh va loviya ekinida o‘rgimchakkanaga qarshi Vertimek, 1,8% em.k.(0,3 l/ga), Nissoran, 5% em.k. (0,2 l/ga), Agroplan neo 20% s.e.k., (0,2-0,3 l/ga), Akara bio 72% em.k. (0,3-0,5 l/ga), Ximgold, 72 % em.k. (0,3 l/ga), kemiruvchi zararkunandalardan kuzgi tunlam, qarsildoq qo‘ng‘izlar va qora qo‘ng‘izlarga qarshi Desis 10% em.k. (0,1 l/ga), Endjeo 24,7% sus.k. (0,3 l/ga), g‘o‘za tunlamiga qarshi Entovant pro 30% s.e.g. (0,25-0,3 g/ga), Indoksakarb Original 30% s.d.g. (0,25-0,3 g/ga), Al`fa emamektin 5% s.d.g. (0,3-0,4 g/ga) 15% k.sus., no‘xat ekinida g‘ovak hosil qiluvchi no‘xat pashshasiga qarshi Vertimek 1,8% e.k. (0,2-03 l/ga), Abamektin PLYuS 3,6% em.k., (0,1-0,2 l/ga) Espero 32% sus.k. (0,2-0,3 l/ga) preparatlarini qo‘llash Toshkent viloyati, Qibray tumani, O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti tajriba xo‘jaligida 12,0 ga, Toshkent tumani, Navoiy Mirishkor hududi “Sardor yashil dalalari” f/x 13,5 ga va O‘rtachirchiq tumani, Sholichilik ilmiy tadqiqot instituti tajriba xo‘jaligida 15,0 ga hamda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani Xusan bobo f/x 18,0 ga, Baxtishod f/x 21,5 ga, Adxam polvon invest f/x 17,5 ga va Namangan viloyati, Pop tumani Rais Sang f/x 16,0 ga, jami 113,5 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 14 dekabrdagi 07/22-06/1480-son ma’lumotnoma). Natijada, zararkunandalarga qarshi
86,2-97,0% biologik samaradorlik erishilgan va gektaridan 25,0-30,0% hosil ko‘proq olingan, 1470,0-3080,0 so‘m samaraga erishilgan.