Tohirova Go‘zaloy Davronbek qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbekistonda xotin-qizlarning professional karerasini rejalashtirishning ijtimoiy-psixologik determinantlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P606.
Ilmiy rahbar: Hayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Shoimova Shohista Sanaqulovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda xotin-qizlar professional karerasini rejalashtirishning ijtimoiy-psixologik determinantlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xotin-qizlar professional karerasini rejalashtirish ulardagi «liderlikka moyillik», «ijtimoiy-psixologik ustanovkalar», «muvaffaqiyatga nisbatan motivatsiyaning kuchi»ga va konkret shart-sharoitlar bilan identiv namoyon bo‘lishi tufayli, ijtimoiy xulq va muloqot jarayonida shakllanadigan shaxsiy-kasbiy sifatlarning ustuvor omil ekanligi tasdiqlangan;
xotin-qizlardagi professional karerani rejalashtirish va shaxsiy yuksalishdagi «self – development»ning differensial namoyon bo‘lishi «qadriyatlarga yo‘nalganlik», «shaxsiy maqsadlarga yo‘nalganlik», «o‘zini-o‘zi boshqarish qobiliyatiga egalik», «qarorlar qabul qilish va ularni echishda tug‘iladigan muammolarni bartaraf eta olish malakasiga egalik» kabi interpersonal shaxs xususiyatlari rivoji bilan to‘g‘ri proporsionalligi asoslangan;
xotin-qizlar ijtimoiy-psixologik tabiatiga xos professional karera tuzilmasidagi «maqsadli» va «jarayonli» komponentlar ular tasavvuridagi ichki motivlarga asoslangan «o‘rganish istagi», «tashabbuskorlik» xususiyatlariga nisbatan kognitiv dissonansligi tufayli martabaga erishishning «samarali» komponenti «xizmat pillapoyalaridan ko‘tarilish»ga bo‘lgan motivatsiya darajasiga teskari proporsional ekanligi aniqlangan;
kareraga erishgan xotin-qizlar kognitiv sohasidagi «kreatsiya», «antisipatsiya», «refleksiya» bilan bog‘liq xususiyat ustuvorligiga ko‘ra, eksternal tipdagilarda siyosiy, boshqaruv, yordamchi guruh ko‘rinishidagi davlat fuqarolik xizmati lavozimlariga xos «shaxsiy», internal tipdagilarda faxriy (ilmiy) unvon sohibasiga doir «kasbiy» xususiyatlarni ifodalovchi motivatsion tizim dominantligi tufayli «lokus nazorat» professional karerani rejalashtirilishning asosiy mexanizmi sifatida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda xotin-qizlar professional karerasini rejalashtirishning ijtimoiy-psixologik determinantlarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari:
xotin-qizlar professional karerasini rejalashtirish ulardagi «liderlikka moyillik», «ijtimoiy-psixologik ustanovkalar», «muvaffaqiyatga nisbatan motivatsiyaning kuchi»ga va konkret shart-sharoitlar bilan identiv namoyon bo‘lishi tufayli, ijtimoiy xulq va muloqot jarayonida shakllanadigan shaxsiy-kasbiy sifatlarning ustuvor omil ekanligi tasdiqlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 5-maydagi LM-131-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 22-maydagi LM-131-a-son ma’lumotnomasi). Natijada liderlikka moyillik va shart-sharoitlar, ijtimoiy xulq va muloqot o‘zbekistondagi xotin-qizlar professional karerasini rejalashtirishdagi ustuvor omil ekanligini tasdiqlashga imkon yaratilgan;
xotin-qizlardagi professional karerani rejalashtirish va shaxsiy yuksalishdagi «self – development»ning differensial namoyon bo‘lishi «qadriyatlarga yo‘nalganlik», «shaxsiy maqsadlarga yo‘nalganlik», «o‘zini-o‘zi boshqarish qobiliyatiga egalik», «qarorlar qabul qilish va ularni echishda tug‘iladigan muammolarni bartaraf eta olish malakasiga egalik» kabi interpersonal shaxs xususiyatlari rivoji bilan to‘g‘ri proporsionalligi asoslangan xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 5-maydagi LM-131-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 22-maydagi LM-131-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbekistondagi xotin-qizlar professional karerasini rejalashtirish va shaxsiy yuksalishtirish jarayonidagi «self – development»ni differensial namoyon bo‘lishi, ulardagi shaxslilik xususiyatlari rivoji bilan bog‘liq ekanligini aniqlash ko‘lami kengaytirilgan;
xotin-qizlar ijtimoiy-psixologik tabiatiga xos professional karera tuzilmasidagi «maqsadli» va «jarayonli» komponentlar ular tasavvuridagi ichki motivlarga asoslangan «o‘rganish istagi», «tashabbuskorlik» xususiyatlariga nisbatan kognitiv dissonansligi tufayli martabaga erishishning «samarali» komponenti «xizmat pillapoyalaridan ko‘tarilish»ga bo‘lgan motivatsiya darajasiga teskari proporsional ekanligi aniqlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021-yil 5-maydagi LM-131-son buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 22-maydagi LM-131-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbekistondagi xotin-qizlar ijtimoiy-psixologik tabiatiga xos professional karera tuzilmasi komponentlari, ulardagi ichki motivlar namoyon bo‘lish xususiyatlari bilan muvofiqlashtirgan holda darajalashga muvaffaq bo‘lingan;
kareraga erishgan xotin-qizlar kognitiv sohasidagi «kreatsiya», «antisipatsiya», «refleksiya» bilan bog‘liq xususiyat ustuvorligiga ko‘ra, eksternal tipdagilarda siyosiy, boshqaruv, yordamchi guruh ko‘rinishidagi davlat fuqarolik xizmati lavozimlariga xos «shaxsiy», internal tipdagilarda faxriy (ilmiy) unvon sohibasiga doir «kasbiy» xususiyatlarni ifodalovchi motivatsion tizim dominantligi tufayli «lokus nazorat» professional karerani rejalashtirilishning asosiy mexanizmi sifatida dalillanganxulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 5-maydagi LM-131-son buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 22-maydagi LM-131-a-son ma’lumotnomasi). Natijada kognitiv sohadagi xususiyat ustuvorligiga ko‘ra shaxs tiplariga xos «lokus nazorat» xotin-qizlar professional karerasini rejalashtirishning mexanizmi sifatida dalillangan hamda professional shaxsni shakllanishiga ko‘maklashuvchi amaliy tavsiyalar takomillashtirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish