Ruziboev Xaydarali Sobirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “RNK interferensiya texnologiyasi asosida yangi biotexnologik g‘o‘za navlari yaratish” 03.00.14–Genomika, proteomika va bioinformatika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/V228.
Ilmiy rahbar: Buriev Zabardast Tojiboevich, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genomika va bioinformatika markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.V.53.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedov Rustam Sultanovich, biologiya fanlari doktori, professor, Rizaeva Safiya Mamedovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: RNAi texnologiyasi yordamida Koker-312 liniyasining PHYA1 RNAi genotipli shakllarini olish va mahalliy g‘o‘za navi bilan duragaylash orqali yangi, tola sifati yaxshilangan biotexnologik nav yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qizil, uzoq-qizil nur ta’sirini fotoreseptorlar orqali o‘zlashtirilishini nazorat qilishga aloqador PHYA1 geni uchun pHellsgate-8_PHYA1 RNAi vektor konstruksiyalari tuzilgan;
ilk bor pHellsgate-8_PHYA1 RNAi vektor konstruksiyasini transformatsiya qilish orqali regenerant embroid g‘o‘za o‘simliklari olingan;
Koker-312 (G. hirsutum L.) liniyasining PHYA1 RNAigenotipli shakllari yaratilgan;
Koker-312 liniyasiga pHellsgate-8_PHYA1 RNAi vektori kiritilgan tranformantlar T3-1_7 da PHYA1 transkriptlari 70 % gacha, T3-31_10 o‘simliklarida esa ~ 25 % gacha kamayganligi ochib berilgan;
o‘rta tolali mahalliy g‘o‘za navi asosida PHYA1 RNAigenotipli tola sifati yaxshilangan, ertapishar va serhosil yangi g‘o‘za navini yaratish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
RNK interferensiya texnologiyasi asosida yangi biotexnologik g‘o‘za navlari yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘rta tolali (G. hirsutum L.) mahalliy g‘o‘za navi asosida PHYA1 RNAigenotipli tola sifati yaxshilangan, ertapishar, hosildor hamda agronomik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan yangi «Porloq-1» biotexnologik g‘o‘za navi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining patenti olingan (№NAP 00146, 2017 y.). Natijada vektor konstruksiyalar transformatsiyasi orqali yangi liniyalar olish va yangi biotexnologik g‘o‘za navlari yaratish imkonini bergan;
«Porloq-1» g‘o‘za navi Surxondaryo, Jizzax, Sirdaryo va Namangan viloyatlari fermer xo‘jaliklarining 105 ming gektardan ortiq paxta maydonlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 20 apreldagi 01/20-27-son ma’lumotnomasi). Natijada «Porloq-1» g‘o‘za navidan sifatli tola ko‘rsatkichlariga ega yuqori hosil olish imkonini bergan;
o‘rta tolali (G.hirsutum L.) g‘o‘za navlari seleksiyasiga zamonaviy RNAi texnologiyasi
I5-FQ-0-89870 raqamli «Porloq gen-nokaut g‘o‘za navlarini super elita urug‘larini ishlab chiqarish va doimiy ko‘paytirish» mavzusidagi innovatsiya loyihasida g‘o‘za navlarining dastlabki urug‘chiligini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 14 martdagi 4/1255-655-son ma’lumotnomasi). Natijada RNAi texnologiyasini qo‘llash orqali yaratilgan liniyalar orasidan yangi biotexnologik navlar yaratish va ularning sifatli elita avlodli urug‘liklarini tayyorlash imkonini bergan.