Ho Lim Songning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
“Hozirgi o‘zbek va uyg‘ur tillarining qiyosiy-tipologik tahlili (fonetik va grafik tizim asosida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2295.
Ilmiy rahbar: Mahmadiev Shavkatjon Suyunqulovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03 (Bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Qosimjon Pozilovich, filologiya fanlari doktori, professor; Abdushukurov Baxtiyor Bo‘ronovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi hozirgi o‘zbek va uyg‘ur tillari fonetik va grafik tizimining shakllanishi hamda tarixiy taraqqiyoti, qiyosiy-tipologik va etnolingvistik xususiyatlari, singarmonizm hodisasi va undagi tovush o‘zgarishlarini tasnif qilish usullarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va uyg‘ur tillarida yaratilgan matnlardagi fonetik va grafik xususiyatlar, imlo qoidalarida kuzatilgan har xilliklar dalillanib, arab imlosiga xos bo‘lgan hamza va ayn kabi maxsus harflarning chig‘atoy imlosida keng ishlatilgani hamda ularning hozirgi o‘zbek va uyg‘ur tillarida an’ana bo‘lib qolgan orfografik xususiyati aniqlangan;
hozirgi o‘zbek va uyg‘ur imlosining o‘zgarish jarayoni milliy uyg‘onish davridagi “Tatar imlosi”, “O‘zbekcha til qoidalari”, “Uyg‘urcha yozuv yo‘llari” kabi manbalar orqali ochib berilib, ikki til unli tovushlarining talaffuzi va ularning yozuvda aks etish jihatlari asoslangan;
arab yozuvli chig‘atoy tili matnlarida ishlatilgan alif hamza [ﺇ], alif madda [آ], fatha [ﹷ], kasra [ﹻ], zamma [ﹹ] kabi harakat belgilarining yozuvda pozision qo‘llanishi, ularning fonetik vazifalari hamda milliy uyg‘onish davridagi turkiy arab yozuvlarining abjad tizimidan alifbo tizimiga o‘zgarish jarayoni dalillangan;
hozirgi o‘zbek tili imlosi bilan isloh qilingan uyg‘ur imlosi o‘rtasidagi orfografik o‘xshashlik va farqlarga aniqlik kiritilib, uyg‘ur tilidagi tovush almashinuvi, tushib qolishi yoki orttirilishi singari fonetik hodisalarning hozirgi o‘zbek adabiy tili substrat qatlamida saqlanib qolgan transformatsiyasi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hozirgi o‘zbek va uyg‘ur tillarining qiyosiy-tipologik tahlili (fonetik va grafik tizim asosida) muammosini tadqiq etishda olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek va uyg‘ur tillarida yaratilgan matnlardagi fonetik va grafik xususiyatlar, imlo qoidalarida kuzatilgan har xilliklar dalillanib, arab imlosiga xos bo‘lgan hamza va ayn kabi maxsus harflarning chig‘atoy imlosida keng ishlatilgani hamda ularning hozirgi o‘zbek va uyg‘ur tillarida an’ana bo‘lib qolgan orfografik xususiyati asosida olingan xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2017-2020-yillarga mo‘ljallangan PZ-20170927147-sonli “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 26-dekabrdagi 01/4-2789-son ma’lumotnomasi). Natijada turkiy tilshunoslikka doir ma’lumotlar bazasi o‘zbek va uyg‘ur tillarining yozuvi tarixiga doir fikrlar bilan boyitilgan;
hozirgi o‘zbek va uyg‘ur imlosining o‘zgarish jarayoni milliy uyg‘onish davridagi “Tatar imlosi”, “O‘zbekcha til qoidalari”, “Uyg‘urcha yozuv yo‘llari” kabi manbalar orqali ochib berilib, ikki til unli tovushlarining talaffuzi va ularning yozuvda aks etish jihatlari asoslangan tavsiflaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2023-yillarda amalga oshirilgan IL-21091506-sonli “O‘zbek ismlarining izohli imlo lug‘ati va mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihasining bajarilishida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 13-yanvardagi 04/1-97-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tiliga o‘zlashtirilgan arab va fors nomlarini yanada aniqroq ifodalash va yozish imkoniyati paydo bo‘ldi. Masalan, “x” va “h” harfini chalkashtirib yuborish yoki “q” va “k” harfini almashtirish kabi keng tarqalgan xatolarga yo‘l qo‘ymaydigan ismlarning lug‘ati yaratilishiga xizmat qilgan;
arab yozuvli chig‘atoy tili matnlarida ishlatilgan alif hamza [ﺇ], alif madda [آ], fatha [ﹷ], kasra [ﹻ], zamma [ﹹ] kabi harakat belgilarining yozuvda pozision qo‘llanishi, ularning fonetik vazifalari hamda milliy uyg‘onish davridagi turkiy arab yozuvlarining abjad tizimidan alifbo tizimiga o‘zgarish jarayoni to‘g‘risidagi xulosalardan Janubiy Koreya Respublikasining Hankuk chet tillar universitetidagi Markaziy Osiyo fanlari ilmiy-tadqiqot institutida 2022-2023-yillarda bajarilgan 2022-2193001-raqamli “National support project for special foreign linguaGES – Development and publication of Kazakh textbooks (A1, A2, B1, B2) (Maxsus xorijiy tillarini milliy qo‘llab-quvvatlash loyihasi – qozoq tili darsliklarini ishlab chiqish va nashr etish (A1, A2, B1, B2))” mavzusidagi fundamental loyihasining bajarilishida foydalanilgan (Hankuk chet tillar universitetidagi Markaziy Osiyo fanlari ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 8-yanvardagi 20240108-07-12-son ma’lumotnomasi). Natijada, turkiy xalqlar o‘rtasidagi lisoniy madaniyat farqlarining aniq ko‘rinishini taqdim etish hamda zamonaviy o‘zbek, uyg‘ur va qozoq tillari o‘rtasidagi fonetik va grafik farqlar haqidagi ma’lumotlar bilan darsliklarning mukammallashtirishga erishilgan;
hozirgi o‘zbek tili imlosi bilan isloh qilingan uyg‘ur imlosi o‘rtasidagi orfografik o‘xshashlik va farqlarga aniqlik kiritilib, uyg‘ur tilidagi tovush almashinuvi, tushib qolishi yoki orttirilishi singari fonetik hodisalarning hozirgi o‘zbek adabiy tili substrat qatlamida saqlanib qolgan transformatsion xususiyatlari to‘g‘risidagi xulosalardan R.B.Suleymenov nomidagi Qozog‘iston Sharqshunoslik institutining 2020–2022-yillarga mo‘ljallangan AP-08856359-son “Turkiy Uyg‘onish davri Markaziy Osiyo intellektual tarixi kontekstida (X-XVI asrlar)” mavzusidagi loyihasida foydalanilgan (R.B.Suleymenov nomidagi Qozog‘iston Sharqshunoslik institutining 2024-yil 7-fevraldagi 46-son ma’lumotnomasi). Natijada turkiy linvomadaniyatda alohida o‘rin egallaydigan qozoq etnolingvistikasi o‘zbek va uyg‘ur kabi turkiy xalqlarning lisoniy madaniyatiga oid yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish