Kamola Boymatova Abduraxmon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ustki kiyimlarni tikish jarayonida chok mustahkamligini oshirish tadqiqi” 05.06.04-“Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T640
Ilmiy rahbar: Maqsudov Nabijon Baxodirovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PHD.03/04.10.2023.T.174.01 Rasmiy opponentlar: Nabidjanova Nargiza Nasimjanov, texnika fanlari doktori, professor; Chorieva Muxabbat Muxammatovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Zamonaviy loyihalash dasturlaridan foydalanib erkaklar ustki kiyimini tikish jarayonida chok mustahkamligiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularni bartaraf etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ustki kiyimlarni ishlab chiqarish jarayonida mavjud chok turlarini tahlili asosida, chok mustahkamligini oshirish, buyumlarni sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida chok turlarining yangi klassifikatsiyasi ishlab chiqilgan;
ilk bor tikuvchilik ishlab chiqarish korxonalaridagi mavjud tikuv mashinasining igna haroratni nazorat qilish va uni tikuv ipi xossasiga ta’siri asosida tikish jarayonida igna haroratini o‘lchash va qayd qilish qurilmasi yaratilgan;
tikish jarayonida chok qadami, tikish vaqti, to‘qimaning xossa ko‘rsatkichlari, igna va ipning diametriga mos chok mustahkamligini hisoblash matematik modeli ishlab chiqilgan hamda statistik tahlil va optimallashtirish echimlari natijasida ustki kiyimlarni chok mustahkamligini optimal qiymati regressiyan tenglamalari orqali aniqlangan;
ustki kiyim ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan ignaning issiq haroratini sovutish uchun hamda tikuv ipini mustahkamligini oshirub beruvchi kichik idishidan iborat bo‘lgan moylash mexanizmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ustki kiyimlarning ekspluatatsion ishonchliligini oshirish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalariga asosida:
erkaklar ustki kiyimni cok mustahkamligini oshirish uchun tavsiya qilingan moylash mexanizmi “Vakkoni” MChJ, “Home textile NT” MChJ, “Namangan Paxta teks” tikuvchilik korxonalarida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024 yil 5 apreldagi №03/25-762 raqamli ma’lumotnomasi) Natijada mahsulotlarning xizmat qilish muddatini 25% ga yaxshilangan, chok mustahkamligi 230 sN ga oshgan va tikuv ipining elastikligi 4% ga oshirishga erishildi.