Hasanov Fozil Farhod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Resurs tejamkor texnologiya asosida elektr dvigatellerning energetik ko‘rsatkichlarini oshirish”, 05.05.02 – Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T3377;
Ilmiy rahbar: Berdiev Usan Turdievich - texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.07 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:  Siddikov Ilhomjon Hakimovich - texnika fanlari doktori, professor. Abidov Qudrat G‘ayratovich - texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Resurs tejamkor texnologiya asosida elektr dvigatellarning energetik ko‘rsatkichlarini oshirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Polivanov usuli, Laplas tenglamasi va Fure qatorini o‘zgaruvchilarga ajratish usullari asosida elektr dvigatelning stator va rotor orasidagi havo bo‘shlig‘i muhiti uchun magnit potensiali va induksiyaning radial tashkil etuvchilarini aniqlash imkonini beruvchi matematik modeli ishlab chiqilgan;
elektr va magnit zanjirlar nazariyalari asosida magnit yumshoq materialarning xususiyatlarini hisobga olgan holda elektr dvigatelda qo‘llash orqali ularning energetik ko‘rsatkichlarini oshirish jarayonlari ilmiy asoslangan;
stator o‘zagi magnit yumshoq materiallar asosida tayyorlangan elektr dvigatelning energiya samaradorligini hisoblash imkonini beruvchi imitatsion model ishlab chiqilgan;
stator o‘zagida hosil bo‘ladigan isroflarni kamaytirish imkonini beruvchi magnit yumshoq materiallarni qo‘llash orqali, yuqori energiya samaradorlikka va resurs tejamkorlikka ega bo‘lgan elektr dvigatellar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Resurs tejamkor texnologiya asosida elektr dvigatellarning energetik ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “O‘zbekiston” lokomotiv deposining “Elektr mashinalar” sexiga statori kompozision materiallardan tayyorlangan elektr dvigatellar elektr harakatlanuvchi tarkibning yordamchi qurilmalaridan havo ventilyatorlari uchun joriy qilingan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning 2023 yil 28 dekabrdagi 01/45-49-23-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu elektr dvigatellar ekspluatastiya jarayonida energiya samaradorligini oshirish hisobiga  351 139 180 (uch yuz ellik bir million bir yuz o‘ttiz to‘qqiz ming bir yuz sakson ming) so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish