Nozimov E’zoz Sadikjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy fosforit chiqindilarini faollashtirilgan fosforli va aralash o‘g‘itlarga qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4097.
Ilmiy rahbar: Sultonov Boxodir Elbekovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Namazov Shafoat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Xamdamova Shohida Sherzodovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: MQ fosforitlarini yuqori haroratda boyitish texnologiyasida hosil bo‘layotgan ikki turdagi fosfat chiqindilari-FK va MM larni nitrat kislota hamda fosfat kislotasi bilan qayta ishlash orqali FFO‘ va ular asosida aralash o‘g‘itlar olishning takomillashgan texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
FK va MM larni nitrat kislotasi hamda EFK bilan ta’sirlashtirilib, P2O5 ning o‘zlashuvchan qiymati yuqori bo‘lgan faollashtirilgan fosforli o‘g‘itlar olish jarayonlarini maqbul texnologik parametrlari aniqlangan;
turli omillar (nitrat kislota va EFKlarning konsentrasiyalari va me’yorlari, kalsiy nitrat konsentrasiyasi va miqdori) ta’sirida tarkibida P2O5 ning umumiy (18,12-33,15%) va nisbiy o‘zlashuvchan shakllari (53,42-58,0%)  yuqori bo‘lgan faollashtirilgan fosforli o‘g‘itlar olish jarayoni asoslangan;
zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullaridan foydalanib,  FK va MM larning mineral tarkiblari, hamda ulardan olingan faollashtirilgan fosforli o‘g‘itlarda CaP2O6 va P2O5 mavjud ekanligi aniqlangan;
faollashtirilgan fosforli o‘g‘it, azotli va kaliyli komponentlar asosida aralash o‘g‘itlarni olishda fosforning nisbiy  o‘zlashuvchan shakllarini mos ravishda 53,42 dan 72,74% gacha ortishi ilmiy asoslangan;
faollashtirilgan fosforli o‘g‘it, azotli va kaliyli komponentlar asosida 11,18-16,94% N, 9,09-17,71% P2O5 va 6,78-16,28% K2O tarkibli aralash o‘g‘itlar olishning maqbul nisbatlari aniqlangan;
mahalliy fosfat chiqindilari - FK va MM lardan faollashtirilgan fosforli o‘g‘it, NP-, PK- va NPK-turidagi aralash o‘g‘itlar olishning material oqimlari hisoblangan, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi asoslangan va takomillashgan texnologik sxemalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy fosforit chiqindilarini nitrat va ekstraksion fosfat kislotalari bilan ta’sirlashtirib faollashtirilgan fosforli o‘g‘it (FFO‘) hamda ushbu FFO‘, azot va kaliyli komponentlar asosida ozuqa komponentlari yuqori bo‘lgan aralash o‘g‘itlar olish texnologiyalarini ishlab chiqishning ilmiy natijalari asosida:
mahalliy fosfat chiqindilari (FCh)- FK va MM larni nitrat kislotali qayta ishlash orqali faollashtirilgan fosforli o‘g‘it olish texnologiyasi “Ifoda Agro Kimyo Himoya” MChJ QKning “2025-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Ifoda Agro Kimyo Himoya” MChJ QKning 2024 yil 5 martdagi 028-son  ma’lumotnomasi). Natijada, nitrat kislota sarfi 10-15% ga va kalsiy gidroksidni 10-12% ga tejalishi, FCh chiqindisi to‘liq o‘g‘it holiga keltirilishi hamda tannarxini 28-33% gacha arzon bo‘lishiga erishish imkonini beradi;
FK va MM lardan olingan FFO‘, ammiakli selitra va kaliy xloriddan NP-, PK- va NPK-turidagi aralash o‘g‘itlar olish texnologiyasi “Ifoda Agro Kimyo Himoya” MChJ QKning “2025-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Ifoda Agro Kimyo Himoya” MChJ QKning 2024 yil 5 martdagi 028-son ma’lumotnomasi). Natijada, ozuqa komponentlari va P2O5 ning o‘zlashuvchanlik qiymatlari bo‘yicha an’anaviy o‘g‘itlardan qolishmaydigan va tannarxi 25,0-50,0% gacha arzon bo‘lgan turli navli aralash o‘g‘itlar olish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish