Babadjanova Malika Ruzimovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Oliy ta’limda inson kapitali tarkibini takomillashtirishning nazariy jihatlari”,  08.00.01-Iqtisodiyot nazariyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan  raqam: B2023.4.PhD/Iqt3398
Ilmiy rahbar: Abduraxmanova Gulnora Qalandarovna , iqtisodiyot fanlari doktori, professor  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03
Rasmiy opponentlar: Mambetjanov Qahramon Qurbondurdievich  iqtisodiyot fanlari doktori, professor;  Shokirova Farag‘at  Baltaevna, (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’limda inson kapitali tarkibini rivojlantirishning nazariy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra, “inson kapitali” tushunchasining iqtisodiy kategoriya sifatidagi konseptual asoslari ijtimoiy-iqtisodiy, ishlab chiqarish, mulkiy, shaxsiy, taqsimlash, institutsional, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jihatidan mazmuni va ijtimoiy shakli o‘rtasidagi muvofiqligi hamda jamg‘arilishi nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan;
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra jahondagi postindustrlashtirish, raqamlashtirish va bilimlar iqtisodiyoti triadasi bilan bog‘liq transformatsion jarayonlarning jahon oliy ta’lim tizimini rivojlanishining global tendensiyalariga hamda uni tashkil qilishning dominant konvergent modellariga ta’siri aniqlangan;
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra, zamonaviy institutsional nazariyalarga muvofiq oliy ta’limning ijtimoiy gumanitarligi tavsifi, barcha uchun teng imkoniyatlarni ta’minlashi, boshqaruvni demokratlashtirish, raqamli innovatsion ta’lim texnologiyalari, tadbirkorlik, ilmiy va ta’lim konsorsiumlari kabi forsayt ta’lim texnologiyalarini joriy etish asosida inson kapitali nazariyasi takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim muassasasi, o‘rta ta’lim va kasb-hunar ta’lim muassasasi hamda oliy ta’lim muassasasiga qilingan byudjet va nobyudjet xarajatlarining inson kapitali tarkibini takomillashtirishga ta’siri hamda oliy ta’lim xizmatlari hajmi o‘sishining 2026-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.  
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:  Oliy ta’limda inson kapitali tarkibini rivojlantirishning nazariy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar asosida:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “inson kapitali” tushunchasining iqtisodiy kategoriya sifatidagi konseptual asoslarini ijtimoiy-iqtisodiy, ishlab chiqarish, mulkiy, shaxsiy, taqsimlash, institutsional, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jihatidan mazmuni va ijtimoiy shakli o‘rtasidagi muvofiqligi hamda jamg‘arilishi nuqtayi nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Ekonomika” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta  maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi 356-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda turli jihatdan mazmuni va ijtimoiy shakli o‘rtasidagi muvofiqligi hamda jamg‘arilishi nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan “inson kapitali” tushunchasining iqtisodiy kategoriya sifatidagi konseptual asoslari bo‘yicha nazariy bilimlarni chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra jahondagi postindustrlashtirish, raqamlashtirish va bilimlar iqtisodiyoti triadasi  bilan bog‘liq transformatsion jarayonlarning jahon oliy ta’lim tizimini rivojlanishining global tendensiyalariga hamda uni tashkil qilishning dominant konvergent modellariga ta’sirini aniqlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan  va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan  va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 12-martdagi 03/43-733-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida jahonda postindustrlashtirish, raqamlashtirish va bilimlar iqtisodiyoti triadasi  bilan bog‘liq transformatsion jarayonlarning jahon oliy ta’lim tizimini rivojlanishining global tendensiyalariga hamda uni tashkil qilishning dominant konvergent modellariga ta’siri sharoitida O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi uchun xos bo‘lgan global xavf va tendensiyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan  va innovatsiyalar vazirligini rivojlantirishning istiqbolli dasturlarini ishlab chiqish imkonini yaratgan;  
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra zamonaviy institutsional nazariyalarga muvofiq oliy ta’limning ijtimoiy gumanitarligi tavsifi, barcha uchun teng imkoniyatlar ta’minlanishi, boshqaruvni demokratlashtirish, raqamli innovatsion ta’lim texnologiyalari, tadbirkorlik, ilmiy va ta’lim konsorsiumlari kabi forsayt ta’lim texnologiyalarini joriy etish asosida inson kapitali nazariyasini takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Ekonomika” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta  maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi 356-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda forsayt ta’lim texnologiyalarini joriy etish asosida takomillashtirilgan inson kapitali nazariyasi bo‘yicha nazariy bilimlarni chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim muassasasi, o‘rta ta’lim va kasb-hunar ta’lim muassasasi hamda oliy ta’lim muassasasiga qilingan byudjet va nobyudjet xarajatlarining inson kapitali tarkibini takomillashtirishga ta’siri hamda oliy ta’lim xizmatlari hajmi o‘sishining 2026-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan  va innovatsiyalar vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan  va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 12-martdagi 03/43-733-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim tizimiga qilingan yalpi xarajatlarning 1 %ga o‘sishi inson kapitalini takomillashtirishga 1,35 % ta’sir etishi hamda oliy ta’limni rivojlanishining prognoz qiymatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan  va innovatsiyalar vazirligini 2022–2030-yillarda OTMlarni moliyalashtirish tizimini takomillashtirishning istiqbolli dasturlarini ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish