Valiev Shamsiddin Eshpulatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’lim muassasalarida xarajatlarni moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt 3474
Ilmiy rahbar: Xudoyqulov Sadirdin Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Toshqulov Abduqodir Hamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sherov Anvar Umarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari xarajatlarini moliyalashtirish amaliyotiga tegishli ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida daromadlar taqchilligini hamda ularning o‘zini-o‘zi moliyalashtirish imkoniyatlarini istiqbollash modeli homiylik va ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirishdan tushgan, maqsadli kapital va boshqa mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladigan endaument jamg‘armalarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish narxlarini to‘g‘ri xarajatlarga nisbatan ta’sirchanligini ta’minlash va ularning ta’lim bozorida to‘laqonli o‘z funksiyasini bajarish borasida narx belgilash xususiy manbalar hisobiga qoplanishi zarur bo‘lgan xarajatlar salmog‘ini belgilash asosida takomillashtirilgan;
ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlanadigan mutaxassislar uchun davlat buyurtmalari asosida mablag‘lar ajratish tartiblariga mos subsidiyalash rejimlari ishlab chiqishda davlat moliyasi intervensiyasining maqsadga muvofiqligini belgilovchi mutaxassisni tayyorlash va uning faoliyatidan kutiladigan ijobiy qaytimlarni hisobga olish taklifi asoslangan;
oliy ta’lim muassasalariga qilinadigan xarajatlarning iqtisodiy, tashkiliy va konseptual jihatlari ochib berilishining ilmiy-uslubiy asosini ishlab chiqish va oliy ta’lim muassasalarini samarali moliyalashtirishga tegishli olib borilishi lozim bo‘lgan ilmiy tadqiqotlar taksonomiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida xarajatlarni moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida daromadlar taqchilligini hamda ularning o‘zini-o‘zi moliyalashtirish imkoniyatlarini istiqbollash modeli homiylik va ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirishdan tushgan, maqsadli kapital va boshqa mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladigan endaument jamg‘armalarini kiritish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 dekabrdagi PQ-61-son «Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori 3-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 9 fevraldagi 03/03-420-son ma’lumotnomasi). Natijada moliyaviy mustaqillik berilgan 40 ta davlat oliy ta’lim muassasalarida ilmiy xulosalar asosida olingan daromadlar taqchilligini istiqbollash modelidan oliy ta’lim muassasalarida daromadlar taqchilligini istiqbollash hamda ularning o‘zini-o‘zi moliyalashtirish imkoniyatlarini prognozlashda foydalanilgan;
to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish narxlarini to‘g‘ri xarajatlarga nisbatan ta’sirchanligini ta’minlash va ularning ta’lim bozorida to‘laqonli o‘z funksiyasini bajarish borasida narx belgilash xususiy manbalar hisobiga qoplanishi zarur bo‘lgan xarajatlar salmog‘ini belgilash asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 dekabrdagi PQ-61-son «Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 9 fevraldagi 03/03-420-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida moliyaviy mustaqillik berilgan 40 ta davlat oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati bir talaba uchun to‘g‘ri keladigan o‘rtacha xarajat miqdoridan kelib chiqib, biroq oliy ta’lim muassasasini o‘zini o‘zi to‘liq moliyaviy ta’minlash, istiqbolda rivojlantirish hamda ta’lim xizmatlari bozoridagi o‘zaro raqobat asosida belgilanishi borasidagi tartiblar, olingan narxlarni to‘g‘ri xarajatlarga nisbatan ta’sirchanligini ta’minlash va ularning ta’lim bozorida to‘laqonli o‘z funksiyasini bajarishi borasida tartiblar joriy qilinishiga erishilgan;
ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlanadigan mutaxassislar uchun davlat buyurtmalari asosida mablag‘lar ajratish tartiblariga mos subsidiyalash rejimlari ishlab chiqishda davlat moliyasi intervensiyasining maqsadga muvofiqligini belgilovchi mutaxassisni tayyorlash va uning faoliyatidan kutiladigan ijobiy qaytimlarni hisobga olish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 15 iyundagi F-31-son «2023/2024 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida»gi farmoyishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 iyundagi PQ-289-son «Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Bosh vazir kotibiyati Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2024 yil 18 apreldagi 16-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2023/2024 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini aniqlashda tadqiqot ishiga ko‘ra ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlanadigan mutaxassislarning kelajakda ushbu sohada ish haqlari va daromadlarining oshishi istiqbollari hamda ushbu mutaxassisliklarning faoliyatidan jamiyatda yuzaga keladigan bilvosita ijobiy ta’sirlarni hamda muayyan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashning iqtisodiy sarflari kabi omillarni hisobga olgan holda davlat buyurtmasi parametrlarini aniqlash imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalariga qilinadigan xarajatlarning iqtisodiy, tashkiliy va konseptual jihatlari ochib berilishining ilmiy-uslubiy asosini ishlab chiqish va oliy ta’lim muassasalarini samarali moliyalashtirishga tegishli olib borilishi lozim bo‘lgan ilmiy tadqiqotlar taksonomiyasidan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 9 fevraldagi 03/03-420-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqilgan va unga ko‘ra oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, yosh olimlar va talabalarning ilmiy-tadqiqot natijalari va innovatsion ishlanmalarini amaliyotga joriy etish tizimini samarali tashkil etish imkoni yaratilgan.