Adashaliev Baxtiyorjon Valisher o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar to‘lovga layoqatliligini banklar faoliyatiga ta’sirini baholash yo‘llari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt 2229.
Ilmiy rahbar: Abdusalomova Nodira Baxodirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Dsc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Qurbonov Xayrulla Abdurasulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar to‘lovga layoqatliligini banklar faoliyatiga ta’sirini baholash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xo‘jalik yurituvchi sub’ekt to‘lov qobiliyatini aniqlashda uzoq muddatli majburiyatlarning joriy majburiyatlarga o‘tuvchi qismi, uzoq mudatli kreditlarning foiz to‘lovi, joriy debitorlik qarziga o‘tkaziluvchi uzoq muddatli debitorlik qarzlari, ya’ni olinadigan foizlarni qo‘shib hisoblashda 6 oylik muddatni qamrab olish lozimligi asoslangan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektning kredit qobiliyatiga baho berishda bank mijozi hisoblangan, barqaror rivojlanish ko‘rsatkichiga ega sub’ektga bank kreditlaridan foydalanmagan bo‘lsa ham, kredit tarixi bo‘yicha belgilangan 4 ballni, besh yildan ko‘proq vaqt ishonchli va barqaror faoliyat yuritgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektga kredit tarixi bo‘yicha beriladigan ballni shakllantirishda 5 ballni, besh yildan kam barqaror faoliyat yuritgan bo‘lsa,3 ballni taqdim etish taklifi asoslangan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ekt joriy aktivlarini pulga aylanish nuqtai nazaridan guruhlashda debitorlik qarzlarining (A2) muddatiga va tovar-moddiy zaxiralarning (A3) pulga aylanish tezligiga ko‘ra debitorlik qarzlarining muddati va tovar-moddiy zaxiralarning sotilish davrini alohida hisobga olish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
pul mablag‘lari va qisqa muddatli investisiyalarning doimiy harakatdagi aktivlar sifatida e’tirof etilishi hamda amaliyotda qisqa muddatli investisiyalar va qimmatli qog‘ozlarning debitorlik qarzlariga nisbatan qiyin va uzoq muddatda pulga aylanishi sababli uch oydan ko‘proq muddatga kiritilgan joriy investisiyalarni A2 tarkibida hisobga olish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korxonalar raqobatbardoshligini ta’minlashda moliyaviy vositalaridan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
xo‘jalik yurituvchi sub’ekt to‘lov qobiliyatini aniqlashda uzoq muddatli majburiyatlarning joriy majburiyatlarga o‘tadigan qismi, uzoq mudatli kreditlarning foiz to‘lovi, joriy debitorlik qarziga o‘tkaziladigan uzoq muddatli debitorlik qarzlari, ya’ni olinadigan foizlarni qo‘shib hisoblashda 6 oylik muddatni qamrab olish taklifi («Mikrokreditbank» ATBning 2022 yil 2 noyabrdagi 03-40/17050-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida to‘lov qobiliyatini aniqlashda ijobiy natijaga erishilgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektning kredit qobiliyatiga baho berishda bank mijozi hisoblangan, barqaror rivojlanish ko‘rsatkichiga ega sub’ektga bank kreditlaridan foydalanmagan bo‘lsa ham, kredit tarixi bo‘yicha belgilangan 4 ballni, besh yildan ko‘proq vaqt ishonchli va barqaror faoliyat yuritgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektga kredit tarixi bo‘yicha beriladigan ballni shakllantirishda 5 ballni, besh yildan kam barqaror faoliyat yuritgan bo‘lsa, 3 ballni taqdim etish taklifi «Mikrokreditbank» ATBning «Tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashda anerrayting xizmatidan foydalanish tartibi to‘g‘risida»gi nizomiga asosan amaliyotga joriy etilgan («Mikrokreditbank» ATBning 2022 yil 2 noyabrdagi 03-40/17050-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ekt kredit qobiliyatiga baho berishda aniqlik va shaffoflikka erishilgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ekt joriy aktivlarini pulga aylanish nuqtai nazaridan guruhlashda debitorlik qarzlarining (A2) muddatiga va tovar-moddiy zaxiralarning (A3) pulga aylanish tezligiga ko‘ra debitorlik qarzlarining muddati va tovar-moddiy zaxiralarning sotilish davrini alohida hisobga olish taklifi «Mikrokreditbank» ATBning «Tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashda anerrayting xizmatidan foydalanish tartibi to‘g‘risida»gi nizomiga asosan amaliyotga joriy etilgan («Mikrokreditbank» ATBning 2022 yil 2 noyabrdagi 03-40/17050-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ekt debitorlik qarzlarining muddati va tovar-moddiy zaxiralarning sotilish davrini pulga aylanishi nuqtai nazaridan axborotning ishonchliligi va shaffofligiga erishilgan;
pul mablag‘lari va qisqa muddatli investisiyalar doimiy harakatdagi aktivlar sifatida e’tirof etilishi hamda amaliyotda qisqa muddatli investisiyalar va qimmatli qog‘ozlarning debitorlik qarzlariga nisbatan qiyin va uzoq muddatda pulga aylanishi sababli uch oydan ko‘proq muddatga kiritilgan joriy investisiyalarni A2 tarkibida hisobga olish taklifi «Mikrokreditbank» ATBning «Tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashda anderrayting xizmatidan foydalanish tartibi to‘g‘risida»gi nizomiga asosan amaliyotga joriy etilgan («Mikrokreditbank» ATBning 2022 yil 2 noyabrdagi 03-40/17050-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kreditlash jarayonining yanada soddalashtirilishi va skoring tizimida real baho berish imkoniyatlari kengaytirilishiga erishildi hamda joriy yil davomida tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar hajmi o‘tgan yilning ushbu davriga nisbatan 16 foizga oshirildi.