Ubaydova Vazira Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishda Naqshbandiya ta’limotini qo‘llash metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika) pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped2645.
Ilmiy rahbar: To‘xtaeva Zebo Sharifovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik – texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti PhD.03/29.10.2021.T.101.03 raqamli ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy Kengash asosidagi bir martalik Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Jo‘raev Akmal Razzoqovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa dokori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishda Naqshbandiya ta’limotini qo‘llash metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyasini takomillashtirishda Bahouddin Naqshband ta’limotidagi “Vuqufi qalbi”, “Vuqufi zamoni” tamoyillari asosida ta’lim jarayonidagi o‘quv fanlarini o‘qitishda “texnik ijodkorlik”, “texnik tafakkur” ko‘nikmalarini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik zarurati aniqlangan;
talabalarda shaxsiy qiziqish, ijodiy yondashuv, iqtidorini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tarbiya konsepsiyasi mexanizmlari Naqshbandiya ta’limotining “halol luqma” va “vaqtni qadrlash” g‘oyasini o‘quv jarayonida funksional qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
engil sanoatdagi muhandis kadrlarning ijodkorlik, tejamkorlik, rejaviylik, axborotlilik kasbiy faoliyatlarini innovatsion ta’lim sharoitlariga ko‘ra rivojlantirish metodikasi didaktik imkoniyatlarni mantiqiy va kommunikativ kompetensiyalarni kollobaratsiyalashga ko‘ra modellashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalari ijtimoiy, texnik va metodik jarayonning vertikal hamda gorizontal integrasiyasi orqali korrelyasion mexanizmini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda eksportbop engil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishda Naqshbandiya ta’limotini qo‘llash metodikasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyasini takomillashtirishda Bahouddin Naqshband ta’limotidagi “Vuqufi qalbi”, “Vuqufi zamoni” tamoyillari asosida ta’lim jarayonidagi o‘quv fanlarini o‘qitishda “texnik ijodkorlik”, “texnik tafakkur” ko‘nikmalarini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik zaruratini aniqlash hamda talabalarda shaxsiy qiziqish, ijodiy yondashuv, iqtidorini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tarbiya konsepsiyasi mexanizmlari Naqshbandiya ta’limotining “halol luqma” va “vaqtni qadrlash” g‘oyasini o‘quv jarayonida zamonaviy pedagogik yondashuvga muvofiq funksional qo‘llash asosida takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflardan Buxoro muhandislik-texnologiya instituti va Erasmus+ dasturining hamkorligida “610170-EPP-1-2019-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP ELBA: Markaziy Osiyoda katta hajmli ma’lumotlarni intellektual tahlili bo‘yicha o‘quv va ilmiy markazlarni tashkil qilish va kurslarni ishlab chiqish” (2020-2022-yy.) nomli loyihasi doirasida foydalanilgan (Buxoro muhandislik-texnologiya institutining 2023 yil 2 noyabrdagi 1-1-04/05-12-1746-son ma’lumotnomasi). Natijada, malakali muhandis kadrlar tomonidan eksportbop mahsulotlar tayyorlash jarayoni takomillashtirilgan;
engil sanoatdagi muhandis kadrlarning ijodkorlik, tejamkorlik, rejaviylik, axborotlilik kasbiy faoliyatlarini innovatsion ta’lim sharoitlariga ko‘ra rivojlantirish metodikasi didaktik imkoniyatlarni mantiqiy va kommunikativ kompetensiyalarni kollobaratsiyalash orqali modellashtirish asosida takomillashtirish hamda bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalari ijtimoiy, texnik va metodik jarayonning vertikal hamda gorizontal integrasiyasi orqali korrelyasion mexanizmini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar “Tikuv buyumlari texnologiyasi fanidan texnik lug‘at” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29 maydagi 232-sonli buyrug‘i asosida tasdiqlangan nashr guvohnomasi). Mazkur ishlab chiqilgan o‘quv qo‘llanma engil sanoat sohasi 60721400 – Engil sanoat texnologiyalari va jihozlari (tikuv buyumlari) ta’lim yo‘nalishi talabalarini ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorlash jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan.