Mamatova Malika Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gestatsion trofoblastik kasallikni tashxislash va prognozlashga yangicha yondashuv» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1929.
Ilmiy rahbar: Zaxirova Nargiza Ne’matovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Mirjalol Dexkonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ataxanova Nigora Ergashevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gestatsion trofoblastik kasallikni erta tashxislash va prognozlash usullarini ishlab chiqish va joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gestatsion trofoblastik kasalligining xavfli shakllarini erta tashxislashda patologik o‘zgargan to‘qimalarda CLIC1 oqsilining giperekspressiyasini aniqlash uchun immunogistokimyoviy tekshirish usulining tashxislashdagi yuqori samaradorligi va ahamiyatli ekanligi isbotlangan;
gestatsion trofoblastik kasalligining xavfli transformatsiyasini bashoratlashda metabolik va gormonal buzilishlar, ona va homila orasidagi immunologik nomutanosiblik va trofoblastning virusli transformatsiyasi xastalikning rivojlanishidagi xavf omillari ekanligi asoslangan;
gestatsion trofoblastik kasalligining bashoratlash shkalasiga ko‘ra, elbo‘g‘oz bemorlarda 6 va undan ortiq referens belgilari xastalikning xavfli shakllarini rivojlanish uchun yuqori xavf belgisi ekanligi isbotlangan;
gestatsion trofoblastik kasalligi tashxislangan bemorlarda differensiatsiyalashgan yondashuv xastalikni xavfli shakllarining rivojlanishi yuqori va past xavf guruhlariga bo‘linish asosida olib borish, nazorat qilish hamda davolash taktikasi takomillashtirishga asos bo‘lganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot institutining ekspert kengashining 2024 yil 10 maydagi №06/21-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: gestatsion trofoblastik kasalligining xavfli shakllarini erta tashxislashda patologik o‘zgargan to‘qimalarda CLIC1 oqsilining giperekspressiyasini aniqlash uchun immunogistokimyoviy tekshirish usulining tashxislashdagi yuqori samaradorligi va ahamiyatli ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Immunogistokimyoviy usulni qo‘llash, xususan, patologik o‘zgargan to‘qimalarda CLIC1 oqsilining giperekspressiyasini aniqlashdan tizimli foydalanish invaziv elbo‘g‘oz va xoriokarsinomani rivojlanish xavfini o‘z vaqtida aniqlashga yordam beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyati filialida 18.01.2023 yildagi №20/1 sonli buyrug‘iga va Namangan viloyati filialida 26.01.2023 yildagi №33/1 sonli buyrug‘iga asosan amaliyotga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gestatsion trofoblastik kasalliginining xavfli shakllarini davolashdan oldingi vaqtni qisqartirish, bemorlar uchun asoratlarni oldini olish va davolash natijalarini yaxshilash imkonini beradi; olingan ma’lumotlar ayollar reproduktiv tizimi o‘smalari, ayniqsa, invaziv elbo‘g‘oz va xoriokarsinoma rivojlanishi xavfini bashoratlash va erta tashxislashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gestatsion trofoblastik kasalliginining xavfli shakllarini erta tashxislashda patologik o‘zgargan to‘qimalarda CLIC1 oqsilining giperekspressiyasini aniqlash uchun immunogistokimyoviy tekshirish usulini qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi 1ta bemor uchun 1 600 000 so‘mni tashkil etadi. Kuzatuvdagi 30 nafar bemor bo‘yicha jami xarajatlar 30%ga kamaytirilib, 14 400 000 so‘m tejab qolingan. Xulosa: gestatsion trofoblastik kasalliginining xavfli shakllarini erta tashxislashda patologik o‘zgargan to‘qimalarda CLIC1 oqsilining giperekspressiyasini aniqlash uchun immunogistokimyoviy tekshirish usulini qo‘llashni joriy etish byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni yiliga 30 ta bemor uchun 14 400 000 so‘mni tejash imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: gestatsion trofoblastik kasalligining xavfli transformatsiyasini bashoratlashda metabolik va gormonal buzilishlar, ona va homila orasidagi immunologik nomutanosiblik va trofoblastning virusli transformatsiyasi xastalikning rivojlanishidagi xavf omillari ekanligi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyati filialida 18.01.2023 yildagi №20/1 sonli buyrug‘iga va Namangan viloyati filialida 26.01.2023 yildagi №33/1 sonli buyrug‘iga asosan amaliyotga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kasallikni erta aniqlash va davolanishni boshlash orqali bemorlarda stress va tashvish darajasini pasaytirish natijasida psixologik farovonligini ta’minlash; kasallikning xavfli shakllarini samarali davolash orqali hayot sifatini yaxshilash. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gestatsion trofoblastik kasallikning xavfli shakllarini prognoz qiluvchi omillarini va ushbu kasallikning rivojlanishida xavf guruhini aniqlash, o‘z navbatida, davolanish va kasalxonaga yotqizish xarajatlarini kamaytirish xisobiga iqtisodiy xarajatlarni kamaytirishga olib keladi va har bir bemor uchun 712 000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beradi. Kuzatuvdagi 30 nafar bemorlarda xarajatlarni kamaytirish hisobiga yiliga 4 272 000 so‘m mablag‘lari tejalgan. Xulosa: natijalarning joriy qilinishi bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash, profilaktika va davolashni o‘z vaqtida o‘tkazish, bu bilan ayollar kasallanishi hamda o‘limini kamaytirish, hayot sifatini yaxshilashga erishiladi. Kasallikning xavfli shakllari rivojlanishining xavf omillarini aniqlash davolanish va kasalxonaga yotqizish xarajatlarining yiliga 4 272 000 so‘mga kamayishiga olib keladi.
uchinchi ilmiy yangilik: gestatsion trofoblastik kasalligining bashoratlash shkalasiga ko‘ra, elbo‘g‘oz bemorlarda 6 va undan ortiq referens belgilari xastalikning xavfli shakllarini rivojlanish uchun yuqori xavf belgisi ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: gestatsion trofoblastik kasalligining xavfli shakllarini rivojlanishini bashoratlash shkalasi ishlab chiqildi va yuqori xavf ko‘rsatqichi aniqlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyati filialida 18.01.2023 yildagi №20/1 sonli buyrug‘iga va Namangan viloyati filialida 26.01.2023 yildagi №33/1 sonli buyrug‘iga asosan amaliyotga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: invaziv elbo‘g‘oz va xoriokarsinoma rivojlanishi xavfini prognoz qiluvchi omillarni kiritish kasallikning erta davrida tashxislash samaradorligini oshiradi; gestatsion trofoblastik kasalligining malignizatsiyasi xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni erta aniqlashda yordam berish, davolashni erta boshlash va muvaffaqiyatli davolanishni oshirish va reproduktiv funksiyani saqlab qolish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tashxislash va davolash jarayonini optimallashtirish. Xoriokarsinoma va invaziv elbo‘g‘oz bilan bemorlarda profilaktika qilingan taqdirda davlat moliyaviy xarajatlarining umumiy qiymati xarajatlarni minimallashtirish 82,3%, ya’ni 21 235 500 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi xavfli transformatsiyani erta va aniqroq aniqlash kasallikning keyingi bosqichlarida qimmatbaxo tibbiy muolajalar yoki jarrohlik aralashuvlarga bo‘lgan ehtiyojni oldini oladi va davlat moliyaviy xarajatlarining umumiy qiymati xarajatlarni minimallashtirish 82,3%, ya’ni 21 235 500 so‘mni tashkil etdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: gestatsion trofoblastik kasalligi tashxislangan bemorlarda differensiatsiyalashgan yondashuv xastalikni xavfli shakllarining rivojlanishi yuqori va past xavf guruhlariga bo‘linish asosida olib borish, nazorat qilish hamda davolash taktikasi takomillashtirishga asos bo‘lganligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: onkoginekologik amaliyotida dolzarb bo‘lgan gestatsion trofoblastik kasallikni xavfli shakllarini erta tashxislash va bashoratlash haqidagi nazariy va klinik tasavvurlar kengaytirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyati filialida 18.01.2023 yildagi №20/1 sonli buyrug‘iga va Namangan viloyati filialida 26.01.2023 yildagi №33/1 sonli buyrug‘iga asosan amaliyotga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan gestatsion trofoblastik kasallikni olib borish algoritmi shifokorlarga har bir bemor uchun optimal davolash rejasini tez va aniq belgilashda yordam beradi; ushbu usul yordam sifatini yaxshilash va bemorlarning maxsus ehtiyojlariga moslashtirilgan va shaxsiylashtirilgan davo olishidan iboratdir. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: sog‘liqni saqlash resurslaridan foydalanishni optimallashtirish, mexnatga layoqatsizlik davrini qisqartirish. Gestatsion trofoblastik kasalligini xavfli shakllarini erta tashxislash va bashorat qilish algoritmidan foydalanish davolash xarajatlarini 1 bemor uchun 1 470 000 so‘mga kamaytirdi. Xulosa: tadqiqotning informativligini oshirish va natijalar interpretatsiyasida xatolarni kamaytirish uchun ishlab chiqilgan algoritm va bashoratlash shkalasiga amal qilish lozim. Umumiy iqtisodiy foyda: 20 142 000 so‘m yiliga tashkil etdi.