Qo‘chqorova Sanobar Qamarovnaning
fanlari doktori (DSc) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoramol qon-parazitar kasalliklarini davolash va profilaktikasini takomillashtirish”, 03.00.06 – Zoologiya (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/V12
Ilmiy maslahatchi: G‘afurov Aktam G‘afurovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Mavlonov Sobirjon Ibodullaevich, veterinariya fanlari doktori, professor; Taylakov Tolip Isakulovich, veterinariya fanlari doktori, dotsent; Jabborov Abdurashid Rayimovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoramollar qon-parazitar kasalliklarini davolash va oldini olish chora-tadbirlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoramollarning teylerioziga qarshi profilaktik vosita ishlab chiqish uchun yaroqli Th.annulata shtammlari Sirdaryo viloyati hududlaridan ajratib olingan va ularning reaktogenlik hamda immunogenlik xususiyatlari aniqlangan;
shizogonal bosqichdagi Th.annulata shtammlarini laboratoriya sharoitida sun`iy ozuqa muhitlarida o‘stirish yo‘li bilan teyleriozga qarshi profilaktik vosita olishga [№ IAP 06030 Toshkent 22.10.2019 y.] erishilgan;
teyleriozga qarshi ajratib olingan kul`tural vositaning reaktogenligi yo‘qligi va immunogenlik xususiyatining yuqori ekanligi ilmiy asoslangan;
qoramollarda babezioz qo‘zg‘atuvchisi (Babesia colchica) ni kriokonservatsiyalash usuli [№FAP 02355 Toshkent 31.10.2023y.] ishlab chiqilgan;
qoramollar qon parazitar kasalliklarini davolashda Butajekt (5 ml/100 kg), Triponil (7,5 ml/100 kg), Piro-stop (2,5 ml/100 kg) preparatlarining qo‘llanilishi yuqori samarador ekanligi aniqlangan;
qoramollar qon-parazitar kasalliklarida Poliamidin-P 5 ml/100 kg teri ostiga, Gabivit-Se preparatidan 20 ml muskul orasiga 35 kunda bir marta birgalikda qo‘llashga asoslangan takomillashgan profilaktika usuli ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoramol qon-parazitar kasalliklarini davolash va profilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
«Qoramol teyleriozini oldini olish uchun vaksina va undan foydalangan holda qoramol teyleriozini oldini olish usuli» ishlanmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 06030 Toshkent 22.10.2019y.) (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 4 yanvardagi №02/23-05-son ma’lumotnomasi). Yaratilgan texnologiya asosida shizogonal bosqichdagi Th.annulata shtammlarini laboratoriya sharoitida sun`iy ozuqa muhitlarida o‘stirish texnologiyasini ishlab chiqishga erishilgan;
qoramollarda babezioz qo‘zg‘atuvchisi (Babesia colchica) ni kriokonservatsiyalash usuli (№FAP 02355 Toshkent 31.10.2023y.) ishlab chiqilgan va protozoologiya laboratoriyasiga joriy etilgan (№IAP 06030 Toshkent 22.10.2019y.) (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 4 yanvardagi №02/23-05-son ma’lumotnomasi). Natijada Babesia colchica shtammlarini uzoq muddatga saqlash va ulardan laboratoriya tajribalarida foydalanish imkoniyati yaratilgan;
qoramollar qon parazitar kasalliklarini oldini olishda Poliamidin-P preparatini teri ostiga 5 ml/100 kg, Gabivit-Se preparatini bir boshga bir marta 20 ml muskul orasiga birgalikda qo‘llash usuli ishlab chiqilgan va veterinariya amaliyotiga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 4 yanvardagi №02/23-05-son ma’lumotnomasi). Natijada gemopoezning kuchayishi, organizm rezistentligining oshishi hisobiga preparatning qoramollar piroplazmozini oldini olishdagi ta’sir muddatini 35 kungacha uzaytirishga erishilgan va iqtisodiy samaradorlik sarflangan har 1 so‘m hisobiga 117,66 so‘mni tashkil etgan;
Butajekt preparatini qoramollar teyleriozida 5 ml/100 kg miqdorida 48 soat interval bilan 2 marotaba qo‘llashga asoslangan davolash usuli Navoiy viloyatining «Rustam-Navoiy» xususiy korxonasi, «Merinos-beryozka» va «Qulaylik» fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 4 yanvardagi №02/23--05-son ma’lumotnomasi). Natijada bizning hududlarimizdagi Th.annulata shtammlari bilan kasallangan qoramollarni davolashda preparatning muqobil dozalarini aniqlashga erishilgan;
qoramollar piroplazmozini davolashda Triponil preparatini 7,5 ml/100 kg miqdorda muskul orasiga qo‘llash usuli Samarqand viloyat Oqdaryo tumani «Kelajak», «Loyish nurli kelajak» chorva fermer xo‘jaligi va Ishtixon tumani «Suyunov Jura bobo», «Qahramon» chorva fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 4 yanvardagi №02/23-05-son ma’lumotnomasi). Natijada Triponil preparatini piroplazmoz bilan spontan kasallangan qoramollarni davolashda qo‘llab, yuqori (100%) samaradorlikka erishilgan;
“Qoramolarning qon-parazitar kasalliklariga qarshi kurashish chora-tadbirlari bo‘yicha tavsiyalar” tasdiqlangan va Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarining qoramolchilik fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 4 yanvardagi №02/23-05-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni veterinariya amaliyotida qo‘llash orqali qoramollar qon-parazitar kasalliklarini davolash va profilaktika qilish bo‘yicha ijobiy natijalarga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish