Temirxanov Abdulla Utebay-ulining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston Respublikasi xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik risklarini baholash tizimini takomillashtirish», 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2913.
Ilmiy rahbar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Zarikeeva Miyasar Maratovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik risklarini baholashni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xizmat ko‘rsatish sohasining o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra risklarni baholash yondashuvi risk zonalaridagi risk darajasini xavfsiz (0), minimal (r=0-0,25), yuqori (r=0,26-0,50), kritik (r=0,51-0,75) va yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan (r=0,76-1) guruhlarga tabaqalashtirish va har bir guruh bo‘yicha yo‘qotishlar ko‘lamini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasida risklarni boshqarishda o‘zgaruvchanlik darajasiga ko‘ra tarmoqning iqtisodiyotga nisbatan faolligi va tarmoq mehnat zichligining bog‘liqligini e’tiborga olishning maqsadga muvofiqligi asoslangan va boshqaruv samaradorligini ta’minlashda psixologik omil samaradorlikning komponentlik zaruratligi nazariy jihatdan ochib berilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasida risk indeksi xizmat ko‘rsatish sohasi xususiyatlariga ko‘ra korxonalar raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi risk omillarining vazn koeffisientlarining Sterdjes mezoni bo‘yicha past (0,094≤r≤0,120), o‘rta (0,065≤ r≤0,093), yuqori (0,035≤r≤0,064) risk darajalariga guruhlash asosida takomillashtirilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasini samarali rivojlanishi va jami xizmatlar hajmini oshirishning 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik risklarini baholash tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xizmat ko‘rsatish sohasining o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra risklarni baholash yondashuvi risk zonalaridagi risk darajasini xavfsiz (0), minimal (r=0-0,25), yuqori (r=0,26-0,50), kritik (r=0,51-0,75) va yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan (r=0,76-1) guruhlarga tabaqalashtirish va har bir guruh bo‘yicha yo‘qotishlar ko‘lamini aniqlash asosida takomillashtirish bo‘yicha taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan «Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2023-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 31 maydagi RS/01-05/2-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif xizmat ko‘rsatish sohasida risk darajasining chegaraviy qiymatini aniqlashga ko‘ra risk zonalari bo‘yicha yo‘qotishlar ko‘lamini aniqlash imkoniyatini kengaytirishga xizmat qilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasida risklarni boshqarishda o‘zgaruvchanlik darajasiga ko‘ra tarmoqning iqtisodiyotga nisbatan faolligi va tarmoq mehnat zichligining bog‘liqligini e’tiborga olishning maqsadga muvofiqligi hamda boshqaruv samaradorligini ta’minlashda psixologik omil samaradorlikning komponentlik zaruratligi taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan «Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2023-2025 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 31 maydagi RS/01-05/2-son ma’lumotnomasi). Taklifdan foydalanish xizmat ko‘rsatish sohasida risklarni boshqarish tizimini takomillashtirishga ko‘ra korxonalarni rivojlantirish strategiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha belgilangan tadbirlar samaradorligini oshirish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasida risk indeksi xizmat ko‘rsatish sohasi xususiyatlariga ko‘ra korxonalar raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi risk omillarining vazn koeffisientlarining Sterdjes mezoni bo‘yicha past (0,094≤r≤0,120), o‘rta (0,065≤ r≤0,093), yuqori (0,035≤r≤0,064) risk darajalariga guruhlash taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan «Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2023-2025 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 31 maydagi RS/01-05/2-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish xizmat ko‘rsatish korxonalari raqobatbardoshligiga mos ravishda ta’sir etuvchi risk omillari indekslarini aniqlash asosida risk darajasini pasaytirishning imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasini samarali rivojlanishi va jami xizmatlar hajmini oshirishning 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan «Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2024-2030 yillarda xizmat ko‘rsatish bozorini rivojlantirish dasturi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 31 maydagi RS/01-05/2-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish prognoz davrida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida respublikada aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan xizmatlar hajmini va kichik biznes sub’ektlari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmini muayyan darajaga oshishi imkonini kengaytirishga xizmat qilgan.