Polvonov Jurabek Abdurahmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xiva xonligida saroy qabul marosimlari (Qo‘ng‘irotlar davri)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2023.2. PhD/Tar1446
Ilmiy rahbar: Mavlanov Uktam Maxmasabirovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Allaeva Nigora Ashirovna, tarix fanlari doktori, professor; Urakov Dilshod Jamoliddinovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xiva xonligida saroy qabul marosimlari (Qo‘ng‘irotlar davri) tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xonlikka oid adabiyotlar tahliliga ko‘ra, XIX asrda evropalik tadqiqotchilar tomonidan yozilgan asarlarning mazmuni asosan mustamlakachilik kayfiyatida ekanligi, ularda xonlikning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, davlat boshqaruvi va mansablarga tayinlash kabi masalalar yoritilganligi, XX – XXI asr boshlarida esa Evropa va AQShning O‘rta Osiyo bilan maxsus shug‘ullanuvchi ilmiy tadqiqot institutlari va jamiyatlari ochilishi natijasida xonlik tarixi, madaniyati, meʼmoriy yodgorliklari, erli xalqlar, yuritilgan davlat hujjatlari, jumladan, xon yorliqlari, qozilik hujjatlari kabi masalalarga bag‘ishlangan yangi nashrlar vujudga kelganligi ochib berilgan;
XIX asrga oid “Safarnomalar”, yaʼni Xiva xonligiga tashrif buyurgan elchilarining safar kundaliklari hamda rasmiy hisobotlarida kelganlarning muloqot tiliga qarab tilmochlar belgilanganligi, elchilik va tashrif guvohnomalari shakllantirilganligi, “elchilik qoidalari” va “qabul marosimi”ga oid tizim mavjud bo‘lganligi isbotlangan;
Xiva xonligida qadimdan o‘rnatilgan o‘zbek davlatchiligi anʼanalariga xos urflardan yana biri – muhim muammolarni mashvarat yo‘li bilan hal etilishiga rioya qilib kelinganligi, qabul marosimlarini tashkil etishda “Davlat arboblarining saralari” va “zamonasining qonunshunoslari”dan iborat xon huzuridagi yuksak yig‘in “Riyoz ud-davla” faoliyat yuritganligi, unda saltanat yurgizish intizomi va mamlakat ishlarini tashkil etish masalalari doimiy muhokama qilib turilganligi orqali sovet davri olimlari tomonidan yaratilgan asarlarda tarixiy haqiqatlar mafkuraga moslashtirilib xonlikni qoloq, savodsiz qilib ko‘rsatishga harakat qilinishi xato ekanligi asoslab berilgan;
Xon qabul marosimida mehtar, devonbegi, qushbegi, mahramlar, oqsoqollar va boshqa amaldorlarning vazifalari aniq belgilanganligi, ular maxsus bayram va elchilarni qabul qilish marosimlarida o‘z o‘rinlariga egaligi, elchilarning maktub va xatlariga javob qaytarishda ham ularning fikri muhim bo‘lganligi, xonlikda qabul marosimlari o‘rnatilgan tartib qoida asosida o‘tkazilganligi tadqiqot asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xiva xonligida saroy qabul marosimlari (Qo‘ng‘irotlar davrida) bo‘yicha bajarilgan tadqiqot yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Xiva xonligi diplomatik aloqalar tarixi hamda mahalliy davlat boshqaruvida elchilar va fuqarolarni qabul qilish tartibi, marosimlari tarixi ilmiy jihatdan tahlil qilingan manbalar, xorijiy va ilmiy adabiyotlar, ilmiy asosga ega bo‘lgan xulosa va takliflar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali davlat unitar korxonasining 2023-yil 20-iyundagi 02-31-994-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarda boshqaruvi tarixi, boshqaruvdagi mansab va unvonlar, diplomatik munosabatlar, bunday munosabatlardagi qabul marosimlari, marosimlarda hukmdorlar, amaldorlar hamda mulozimlarning vazifa xizmat, majburiyatlari to‘g‘risida tushunchalar hosil bo‘lishida yordam bergan;
Xiva xonligi saroy qabul marosimlari tarixi mavzusida tahlil qilingan yozma manbalar, arxiv hujjatlari va ilmiy adabiyotlar ma’lumotlari O‘zbek davlatchiligi tarixida Xiva xonligining tutgan o‘rni masalasini yoritishga, Xorazm viloyati hududida joylashgan tarixiy-madaniy meros yodgorliklarini o‘rganish, saqlash va targ‘ib etish ijrosiga qaratilgan dasturlarni bajarishda Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi tomonidan foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2024-yil 20-yanvardagi 01-01-son ma’lumotnomasi). Natijada Xiva xonligi saroy qabul marosimlari tarixi shakllanishi, rivojlanishi bosqichlari tarixini yaratishda diplomatiya tarixi, etnografiya, manbashunoslik kabi fanlaridan o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar yozish, oliy o‘quv yurtlari va malaka oshirish muassasalarida maxsus kurslar o‘qish, seminarlar tashkil etish hamda sayyohlar uchun bukletlar, filmlar, etnografik ko‘rgazmalar tayyorlashda foydalanilgan.
Xiva xonligi Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingach chet davlat elchilarni qabul qilish marosimlari cheklanganligi, xonlik elchilari uchun maxsus elchixonalar shakllanganligi, xonlikdagi tashqi diplomatik munosabatlar olib borishga mas’ul devonxona xodimlarining o‘rni, hukumatlararo maktublarni tayyorlash va xon saroyida sovg‘a-salom marosimlari mahalliy manba va safar kundaliklariga asosida dalillangani milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali davlat unitar korxonasining 2023-yil 20-iyundagi 02-31-994-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarda xonlikdagi tashqi diplomatik munosabatlar olib borishga mas’ul devonxona xodimlarining o‘rni, hukumatlararo maktublarni tayyorlash va xon saroyida sovg‘a-salom marosimlari to‘g‘risida tushunchalar paydo bo‘lgan;
Xiva “Ichan-Qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi turizmni rivojlantirish dasturlarini bajarishda foydalanilmoqda Xiva xonligida sarou qabul marosimlari qoidalari shaklanishining tarixiy sharoitlari va ijtimoiy-siyosiy omillari, o‘ziga xos jihatlari, qabul jarauopda saroy unvon va mansablarining tutgan o’rni haqidagi ma’lumotlar tadqiqotda tizimlashtirilgan holda yoritilgani, xonlikning xalqaro aloqalari rivojida elchilik munosabatlarining ahamiyati hamda xorijlik elchilarni va fuqarolarni qabul qilish tartiblari aniq bayon etilgan(O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi Ichan-qal’a davlat muzey qo‘riqxonasining 2024-yil 29-iyundagi 01-02/354-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot ilmiy natijalari va tavsiyalardan xorijiy va mahalliy sayyohlarga ekskursiyalar o‘tkazishda keng foydalanilmoqda, muzey ekspozisiyalarini eksponatlar bilan boyitish, yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelayotganligi bildirilgan.