Bekchanov Alisher Ilxamboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ekspertizasini takomillashtirish masalalari”, 12.00.01. – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Yu585.
Ilmiy rahbar: Babadjanov Atabek Davronbekovich, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: Otaxonov Foziljon Xaydarovich, yuridik fanlar doktori, professor; Muhamedov O‘tkirbek Hazratkulovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ekspertizasini takomillashtirishga oid muammolar va ularning echimlari yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat tili va uni rivojlantirishga oid qonunchilik hujjatlarining loyihalari lingvistik ekspertizadan o‘tkazilishi shartligi asoslab berilgan;
normativ-huquqiy hujjat loyihalarida og‘zaki nutq shakllari qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmasligi asoslab berilgan;
lingvistik ekspertiza ishlab chiquvchining tashabbusi bilan yoxud topshiriqqa asosan vazirlik va idoralar bilan kelishishdan oldin o‘tkazilishi lozimligi asoslab berilgan;
hujjat loyihasi normativ tusga ega bo‘lgan taqdirda, mahalliy davlat hokimiyati organining yuridik xizmati loyihani huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun hududiy adliya organlariga belgilangan tartibda tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda majburiy kiritishini belgilash lozimligi asoslab berilgan;
normativ-huquqiy hujjat loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishning majburiyligi prinsipini qonunchilikda belgilash lozimligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat fuqarolik xizmatini kadrlar bilan ta’minlashni takomillashtirishga oid tadqiqotdagi ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanildi:
davlat tili va uni rivojlantirishga oid qonunchilik hujjatlarining loyihalari lingvistik ekspertizadan o‘tkazilishi shartligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktyabrdagi 662-son qarori bilan tasdiqlangan “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 11-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentining 2022-yil 28 dekabrdagi 30/1-03-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi mamlakatimizda davlat tilining huquqiy maqomini mustahkamlashga bevosita xizmat qilgan;
normativ-huquqiy hujjat loyihalarida og‘zaki nutq shakllari qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmasligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktyabrdagi 662-son qarori bilan tasdiqlangan “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 10-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentining 2022-yil 28 dekabrdagi 30/1-03-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi mamlakatimizda davlat tilining huquqiy maqomini mustahkamlashga bevosita xizmat qilgan;
lingvistik ekspertiza ishlab chiquvchining tashabbusi bilan yoxud topshiriqqa asosan vazirlik va idoralar bilan kelishishdan oldin o‘tkazilishi lozimligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktyabrdagi 662-son qarori bilan tasdiqlangan “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 11-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentining 2022-yil 28 dekabrdagi 30/1-03-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi mamlakatimizda qonunchilik hujjatlarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazishning huquqiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
hujjat loyihasi normativ tusga ega bo‘lgan taqdirda, mahalliy davlat hokimiyati organining yuridik xizmati loyihani huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun hududiy adliya organlariga belgilangan tartibda tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda majburiy kiritishini belgilashga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 390-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlarini «E-qaror» elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), ro‘yxatga olish va e’lon qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 13-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 23- maydagi 1/2-318/8-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi mamlakatimizda mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ tusdagi hujjatlari bilan ishlashning huquqiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
normativ-huquqiy hujjat loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishning majburiyligi prinsipini qonunchilikda belgilash lozimligiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2023-yil 12 maydagi 01-14/2331-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi mamlakatimizda normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi huquqiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan.