Dushaeva Umida Yusufovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Ispan tilida komparativ frazeologizmlarning struktur-semantik va funksional xususiyatlari”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
    Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2488.
Ilmiy rahbar: Yakubov Jamoliddin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Siddikova Iroda Abduzuxurovna, filologiya fanlari doktori, professor; Shomaxmudova Aziza Furkatovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ispan tilida komparativ frazeologizmlarning struktur-semantik va funksional xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
komparativ frazeologizmlar morfologik xususiyatlarining komponent modellari asosida (A)NS,  (A)NO,  N+NP,  N+NP+NP,  N+conj.coord.+N,  N+V,  N+P,  Pr.+P semantik strukturalar shakllantirilgan;
ispan tilida hecho komparativ konstruksiyalarining namoyon bo‘lishi va  como komparativ birliklar o‘rtasida o‘xshash va  farq qiluvchi xususiyatlar mavjudligi aniqlangan;
ispan tilining komparativ frazeologizmlari kelib chiqishining  asosiy manbalari aniqlanib, ular hayvonot olami, tabiat hodisalari, er osti boyliklari, mehnat predmetlari, o‘simliklar, Injil, diniy marosimlar, realiyalar, tarixiy voqealar, yunon-rim mifologiyasi, badiiy adabiyot, tarixiy shaxslar ekanligi isbotlangan.
ispan tilida komparativ frazeologizmlarning turli xil vaziyatlar va turli sohalarda qo‘llanishining farq qiluvchi xususiyatlari ochib berilib, ularda injil, diniy va antik tematika bilan bog‘liq ko‘p sonli birliklarning mavjudligi; insonning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini xarakterlovchi birliklarning borligi; komparativ birliklarda jismoniy va axloqiy xususiyatlarning chog‘ishtirilishi; o‘zbek tilidagi baholash o‘xshatishlariga qaraganda obrazli subektlarning ustunligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ispan tilida komparativ frazeologizmlarning struktur-semantik va funksional xususiyatlari tadqiqi jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
komparativ frazeologizmlar morfologik xususiyatlarining komponent modellari asosida sakkizta semantik strukturalar ((A)NS, (A)NO, N+NP, N+NP+NP,  N+conj.coord.+N,  N+V,  N+P,  Pr.+P.) shakllantirilgani hamda struktur-semantik va funksional xususiyatlarini tadqiq etishga qaratilgan amaliy takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq adabiyotshunosligi va folklorshunosligi tarixi tadqiqi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 2-dekabrdagi 424/1-son ma’lumotnomasi). Natijada olingan ilmiy-nazariy xulosalar asosida qoraqalpoq tilida yaratilgan badiiy asarlar poetik diskursi makonida qo‘llanilgan metaforaning o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan;
ispan tilida hecho komparativ konstruksiyalarining namoyon bo‘lishi va  como komparativ birliklar o‘rtasida universal va farq qiluvchi xususiyatlar borligi aniqlangani holda ular uchta semantik guruhga ajratib tahlil qilinishi va lug‘aviy birliklarni hosil qilish, ulardan yangi lug‘aviy birliklar yasalishi hodisasiga oid o‘ziga xos qonuniyatlar asosida chiqarilgan ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2020-2022-yil bajarilgan F1-FA-013229 “Qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada amaliy foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 1-noyabrdagi 423/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha mazmun-mohiyati qoraqalpoq badiiy asarlarida komparativlar sifatida qo‘llaniladigan otlar semantik kategoriyalardan iborat ekanligiga doir yangi nazariy qarashlar  bilan  boyitilgan;
ispan tilida komparativ frazeologizmlar kelib chiqishining asosiy manbalari semantik guruhlar doirasida aniqlangani hamda ispan tilida komparativ frazeologizmlarning turli vaziyatlar va sohalarda qo‘llanishining farq qiluvchi xususiyatlari: 1) Injil, diniy va antik tematika bilan bog‘liq ko‘p sonli birliklarning mavjudligi; 2) insonning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini xarakterlovchi birliklarning borligi; 3) komparativ birliklarda jismoniy axloqiy xususiyatlarning chog‘ishtirilishi; 4) ularda o‘zbek tilidagi baholash o‘xshatishlariga qaraganda obrazli subektlarning ustunligi asoslanganiga doir xulosalardan Meksika Davlat Avtonom universiteti tomonidan tashkil etilgan onlayn kurs mashg‘ulotlarida  foydalanilgan (Meksika Davlat Avtonom universitetining 2022-yil 4-sentyabrdagi 801-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarga komparativ frazeologizmlarning funksional-semantik, sintaktik xarakteristikasini atroflicha tushunishga xizmat qilgan va  ularning nazariy bilimlari mustahkamlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish