Ibragimova Sevara Baxodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqil ta’lim jarayonida talabalarning xorijiy tilni o‘zlashtirish ko‘nikmasini rivojlantirish texnologiyasi (kredit-modul tizimidagi iqtisodiyot yo‘nalishi talabalari misolida)”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3869.
Ilmiy rahbar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Risqulova Kamola Djumaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Tojiboeva Xilolaxon Maxmutovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqil ta’lim jarayonida talabalarning xorijiy tilni o‘zlashtirish ko‘nikmasini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
oliy ta’lim muassasalari talabalarining xorijiy tilni o‘zlashtirish jarayonida nutq qobiliyatini rivojlantirish samaradorligi mantiqiy tugallangan modulli diskret (uzviylik) rejimda va talabalarning shaxsiy intellektual harakatchanligi uyg‘unligini izchil motivatsiyalash asosida oshirilgan;
mustaqil ta’lim jarayonida talabalarda xorijiy tilni o‘zlashtirish ko‘nikmasini rivojlantirish imkoniyatlari kognitiv ehtiyojlarni hal qilish qobiliyatlarini shaxsning faoliyat jarayoniga uyg‘unlashtirish hamda refleksiv fikrlash, irodaviy fazilat, mustaqillik komponentlarini funksional va kommunikativ jarayonlarda talabalarning bir-birini baholashi asosida ochib berilgan;
talabalarining mustaqil ta’lim jarayonida xorijiy tilni rivojlantirish modeli ijtimoiy va kommunikativ kompetensiyani shakllantirishda fikr mulohazalarning va individual farqlanishning oshishi hamda muammoli til birliklarini ifodalovchi so‘zning leksik vargrammatik shakllarini assotsiativ bog‘lab o‘rgatish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish jarayoni differensiyallashgan ta’lim traektoriyasi va modulli ta’limda o‘zini o‘zi nazorat etish va lingvistik o‘quv materiallarini tematik modullarga ritorik aloqasini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqil ta’lim jarayonida talabalarning xorijiy tilni o‘zlashtirish ko‘nikmasini rivojlantirish texnologiyasi tizimiga doir tadqiqot natijalari asosida:
kredit-modul tizimi sharoitida oliy ta’lim muassasalari talabalarining xorijiy tilni o‘zlashtirish jarayonida nutq qobiliyatini rivojlantirish samaradorligi mantiqiy tugallangan modulli diskret (uzviylik) rejimda va talabalarning shaxsiy intellektual harakatchanligi uyg‘unligini izchil motivatsiyalash asosida oshirilgan tavsiyalar 60310100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Economy English in one lesson” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi 356-sonli bo‘yrug‘i, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 26-maydagi 02/01-01-86-son ma’lumotnomasi). Natijada, mustaqil ta’lim jarayonida talabalarning xorijiy tilni o‘zlashtirish ko‘nikmasini rivojlantirish imkoniyati yaratilgan;
mustaqil ta’lim jarayonida talabalarda xorijiy tilni o‘zlashtirish ko‘nikmasini rivojlantirish imkoniyatlari kognitiv ehtiyojlarni hal qilish qobiliyatlarini shaxsning faoliyat jarayoniga o‘yg‘unlashtirish hamda refleksiv fikrlash, irodaviy fazilat, mustaqillik komponentlarini funksiyanal va kommunikativ jarayonlarda talabalarning bir-birini baholashi tizimi asosida ochib berilgan tavsiyalar 60310100- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Independent work time” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023-yil 28-avgustdagi 272-48 raqamli guvohnomasi). Natijada, talabalarning xorijiy tilni o‘zlashtirish ko‘nikmasini imkoniyatlari funksional va kommunikativ jarayonlarda bir-birini baholashi asosida ochib berilgan;
talabalarining mustaqil ta’lim jarayonida xorijiy tilni rivojlantirish modeli ijtimoiy va kommunikativ kompetensiyani shakllantirishda fikr mulohazalarning va individual farqlanishning oshishi hamda muammoli til birliklarini ifodalovchi so‘zning leksik va grammatik shakllarini assotsiativ bog‘lab o‘rganish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar 60310100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Economy English in one lesson” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi 356-sonli bo‘yrug‘i, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 26-maydagi 02/01-01-86-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu yondashuvlar talabalarning mustaqil ta’lim jarayonida mashg‘ulotlardagi faoliyatini, kommunikativ kompetentligini rivojlantirish samaradorligiga erishilgan;
talabalarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish jarayoni differensiyallashgan ta’lim traektoriyasi va modulli ta’limda o‘zini o‘zi nazorat etish va lingvistik o‘quv materiallarini tematik modullarga ritorik aloqasini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar 60310100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Independent work time” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023-yil 28-avgustdagi 272-48 raqamli guvohnomasi). Natijada, kredit-modul tizimi sharoitida oliy ta’lim muassasalari talabalarining mustaqil ta’lim jarayonida xorijiy tilni o‘zlashtirish ko‘nikmasini rivojlantirish usullarini amaliyotga tatbiq etish imkoniyati kengaytirilgan.