Raximov Dadaxon Djalaladinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Diabetik panja sindromida distal yiringli-nekrotik zararlanishlarida kam invaziv amaliyotlar», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3910.
Ilmiy rahbar: Matmurotov Quvondiq Jumaniyazovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Musashayxov Xusanboy Tadjibaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Diabetik panja sindromida distal yiringli-nekrotik zararlanishlarida kam invaziv amaliyotlarni qo‘llash orqali natijalarini yaxshilash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda oyoqning distal qismining yiringli-nekrotik zararlanishlarini davolashning kam invaziv usullarining xususiyatlari patologik jarayonning joylashishiga boglikligi asoslangan;
DPSda oyoqning distal sohasidagi zararlangan angiosomal tuzilmalardagi patologik uchokni jarrohlik davolashning ijobiy va salbiy natijalarining chastotasi aniqlangan;
oyoq distal gangrenasi bo‘lgan bemorlarda og‘ir periferik arteriyalar mediakal`sinozida subintimal balonli angioplastikasi bajarilgandan keyin arterial ichi kateter terapiyasining usuli takomillashtirilgan.
diabetik panja sindromi bilan og‘rigan bemorlarda oyoqning distal qismi zararlangan angiosoma tuzilmalarini amaliyotdan keyingi asoratlarini bartaraf etishda takomillashtirilgan usulning samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali ekspert kengashining 2024-yil 30-yanvar 154-son xulosasiga ko‘ra:
Ilmiy yangilikning mohiyati: qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda oyoqning distal qismining yiringli-nekrotik zararlanishlarini davolashning kam invaziv usullarining xususiyatlari patologik jarayonning joylashishiga boglikligi asoslangan.  Ilmiy yangilikning ahamiyati: qandli diabetda panja ishemiyasini davolashda periferik arteriyalarning mediakalsinoz darajasining axamiyati endovaskulyar revaskulyarizatsiyalovchi amaliyotlarni amalga oshirish, amaliyotdan keyingi asoratlarni keskin kamaytirishga, oyoq panjalarining tayanch faoliyatini saqlab qolinishiga va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.  Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ilmiy-tadqiqot natijalari Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining yiringli  jarrohlik bo‘limi (1.11.2023-yil. № 127-son buyruq) hamda Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi yiringli jarrohlik bo‘limida (02.11.2023-yil. № 372- sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan yondoshuv diabetik panja sindromida distal yiringli - nekrotik zararlanishlarida bemorlarning davo choralari samaradorligini oshirish hamda kasallik asoratlarining oldini olish imkoniyatini beradi. To‘g‘ri tanlangan davolash usuli diabetik panja sindromida distal yiringli-nekrotik zararlanishlari bo‘lgan bemorlar shifoxonada bo‘lish davri 3-5 kunga qisqartirilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: diabetik panja sindromida distal yiringli - nekrotik zararlanishlarida bemorlarda kasallik belgilarini erta aniqlash oyoqdagi boshqa yiringli  kasalliklarining differensial diagnostikasi uchun zarur bo‘lgan laborator markerlar, instrumental tekshiruvlar va tor mutaxassislar ko‘riklari uchun kerak bo‘ladigan ortiqcha sarf-xarajatlar hisobiga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: diabetik panja sindromida distal yiringli - nekrotik zararlanishlarida bemorlarga xos bo‘lgan kasallik belgilari aniqlanib, kasallikni erta tashxislash natijasida 1 nafar bemor hisobiga o‘rtacha 500000 so‘m mablag‘ning iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning kengaytirilgan holda foydalanish: “Diabetik panja sindromida distal yiringli-nekrotik zararlanishlarida kam invaziv amaliyotlar”  mavzusidagi dissertatsiya ishining ilmiy yangiliklarini boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining  2023 - yil 1-noyabrdagi 09-09924-sonli xati yuborilgan.  
Ilmiy yangilikning mohiyati: DPSda oyoqning distal sohasidagi zararlangan angiosomal tuzilmalardagi patologik uchokni jarrohlik davolashning ijobiy va salbiy natijalarining chastotasi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Diabetik panja sindromida distal yiringli-nekrotik zararlanishlarida bemorlarda periferik arteriyalarda endovaskulyar revaskulyarizatsiyalovchi amaliyotlarni amalga oshirish strategiyasini aniqlashda arteriyalar zararlanishining tabiatini hisobga olish kerakligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ilmiy-tadqiqot natijalari Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining yiringli  jarrohlik bo‘limi (1.11.2023-yil. № 127-son buyruq) hamda Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi yiringli jarrohlik bo‘limida (02.11.2023-yil. № 372- sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Diabetik panja sindromida distal yiringli-nekrotik zararlanishlari bo‘lgan bemorlarda kasallik belgilarini erta aniqlash, oyoqdagi boshqa yiringli  kasalliklarning differensial diagnostikasi uchun zarur bo‘lgan laborator markerlar, instrumental tekshiruvlar va tor mutaxassislar ko‘riklari uchun sarflanadigan vaqtni tejash hisobiga ijtimoiy samaradorlikka erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bemorlarda yuqorida ko‘rsatilgan laborator ko‘rsatkichlarni o‘z vaqtida aniqlash boshqa qo‘shimcha markerlar aniqlanishi uchun kerak bo‘ladigan sarf-xarajatlarni cheklaydi hamda bemorlar davolanishi uchun kerak bo‘ladigan shifoxona kunini qisqartiradi. 1 nafar bemor uchun 1 kunga kerak bo‘ladigan kunlik xarajat Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi yiringli xirurgiya bo‘limida o‘rtacha xo‘jalik hisobidan davolanayotgan bemor uchun 250000 so‘m, byudjet hisobidan davolanayotgan bemor uchun esa 200000 so‘mni tashkil etadi. Gospitalizatsiya kunining 7 kundan 5 kunga kamaytirilishi bir bemor uchun xo‘jalik hisobidan 500000  so‘m, byudjet hisobidan esa 400000 so‘mning tejalishiga erishilgan. Xulosa: oyoklar distal soxasi gangrenasi bor bo‘lgan bemorlarda yaqqol rivojlangan mediakalsinoz sharoitida oyoklar periferik arteriyalari revaskulyarizatsiyasi uchun subintimal ballonli angioplastika eng optimal usul bulib xisoblanadi va keyinchalik to‘qimalar arterial perfuziyasini yaxshilash maksadida oyok panjasini zararlangan sohasiga (angiosoma) ko‘ra superselektiv arteriya ichi kateter terapiyasini olib borilishi yuqori samarali hisoblanib, o‘z navbatida 98,3% holatda bemorlarda ijobiy natijalarga olib kelgan. Ilmiy yangilikning kengaytirilgan holda foydalanish: “Diabetik panja sindromida distal yiringli-nekrotik zararlanishlarida kam invaziv amaliyotlar”  mavzusidagi dissertatsiya ishining ilmiy yangiliklarini boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining  2023 - yil 1-noyabrdagi 09-09924-sonli xati yuborilgan.  
Ilmiy yangilikning mohiyati: oyoq distal gangrenasi bo‘lgan bemorlarda og‘ir periferik arteriyalar mediakal`sinozida subintimal balonli angioplastikasi bajarilgandan keyin arterial ichi kateter terapiyasining usuli takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: kombinirlangan endovaskulyar davolash usullari fonida oyoq panjasidagi kichik jarrohlik amaliyotlarni bajarish uchun maqbul sharoitlar yaxshilandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ilmiy-tadqiqot natijalari Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining yiringli  jarrohlik bo‘limi (1.11.2023-yil. № 127-son buyruq) hamda Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi yiringli jarrohlik bo‘limida (02.11.2023-yil. № 372- sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: operatsiyadan keyingi asoratlarni, statsionarda o‘rin-kunlarini kamaytirish va umumiy sarf-xarajatni kamaytirish imkonini beradi.  Diabetik panja sindromida distal yiringli - nekrotik zararlanishlari bo‘lgan bemorlarda turli sabablardan kelib chiquvchi og‘riq sindromini, qon ketishi, portal gipertenziya, bakterial infeksiya, gepatorenal sindrom kabi og‘ir asoratlarning oldini olishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: dori-darmonlar maqsadsiz qo‘llanilishining oldini olish, tor mutaxassis shifokorlar maslahatining tejalishi bemorlarning shifoxonada davolanadigan kunlarining kamayishiga sabab bo‘ladi.  Bemorning shifoxonada davolanish kunining kamaytirilishi ham dori-darmonlarning xarajatini kamaytiradi. 1 nafar bemor uchun 1 kunga kerak bo‘ladigan kunlik xarajat Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘limida o‘rtacha xo‘jalik hisobidan davolanayotgan bemor uchun 250000 so‘m, byudjet hisobidan  davolanayotgan bemor uchun esa 200000 so‘mni tashkil etadi. Gospitalizatsiya kunining 3-5 kunga kamaytirilishi bir bemor uchun xo‘jalik hisobidan  500000 so‘m, byudjet hisobidan  esa 400 ming so‘mning tejalishiga olib keladi. Xulosa: Diabetik panja sindromi bulgan bemorlar oyok panjasini distal soxasi yiringli-nekrotik zararlanishlarida patologik o‘choqni oyoq panjasida joyllashishiga ko‘ra (angiosoma) takomillashtirilgan kombinirlangan endovaskulyar usullarini va jarroxlik algoritmini qo‘llanilishi oyoqlar yuqori amputatsiyasilari chastotasini 7,6% dan 1,7% gacha kamaytirishga va oyoqlar funksional saqlanganlik darajasini 76,5 dan 86,2% gacha oshishiga imkon yaratadi. Ilmiy yangilikning kengaytirilgan holda foydalanish: “Diabetik panja sindromida distal yiringli-nekrotik zararlanishlarida kam invaziv amaliyotlar”  mavzusidagi dissertatsiya ishining ilmiy yangiliklarini boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining  2023 - yil 1-noyabrdagi 09-09924-sonli xati yuborilgan.  
Ilmiy yangilikning mohiyati: diabetik panja sindromi bilan og‘rigan bemorlarda oyoqning distal qismi zararlangan angiosoma tuzilmalarini amaliyotdan keyingi asoratlarini bartaraf etishda takomillashtirilgan usulning samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Diabetik panja sindromida distal yiringli - nekrotik zararlanishlari bo‘lgan bemorlarda oyoq panjasini tayanch-harakat funksiyasini saqlab qolishga qaratilgan kombinirlangan endovaskulyar amaliyotlarni o‘tkazish taktikasi aniqlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ilmiy-tadqiqot natijalari Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining yiringli  jarrohlik bo‘limi (1.11.2023-yil. № 127-son buyruq) hamda Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi yiringli jarrohlik bo‘limida (02.11.2023-yil. № 372- sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: qayta tiklash jarrohlik amaliyotlari tanlangan yo‘li va uslubi barcha holatlarda oyoq panjasidagi sog‘lom to‘qimalarning hajmini hisobga olgan holda panjaning hamma faoliyatini imkon darajada saqlab qolish, optimal biomexanikani yaratish va panjada amalga oshirilgan operatsiyadan keyingi o‘zgarishlar va boshqa asoratlar rivojlanishini oldi olinishi hisobiga ijtimoiy samaradorlikka erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: diabetik panja sindromida distal yiringli-nekrotik zararlanishlari bor bo‘lgan bemorlarda yiringli jarrohlikda takomillashtirilgan davolash va tashxislash algoritmini qo‘llaganda yillik jami iqtisodiy samaradorlik 24000000 so‘mni tashkil qiladi (o‘rtacha 1 yil davomida diabetik panja sindromida distal yiringli - nekrotik zararlanishlari bo‘lgan bemorlardan 30 nafari davolansa 800 000x30=24000000 so‘mni tashkil etadi). Xulosa: Diabetik panja sindromida distal yiringli - nekrotik zararlanishlari bo‘lgan bemorlarda kombinatsiyalangan endovaskulyar amaliyotlarni amalga oshirish oyoq panjasi funksional faoliyatining saqlanib qolinishini 73,9 dan 86,2% gacha (r>0,05), tayanch-harakatlanish faoliyatini 81,5 dan 87,9% gacha yaxshilaydi (r>0,05) va o‘z navbatida oyoqlarning yuqori amputatsiyalari chastotasini 7,6 dan (t=4.83) 1,7% (t=3.41) gacha kamaytiradi (r>0,05). Ilmiy yangilikning kengaytirilgan holda foydalanish: “Diabetik panja sindromida distal yiringli-nekrotik zararlanishlarida kam invaziv amaliyotlar”  mavzusidagi dissertatsiya ishining ilmiy yangiliklarini boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining  2023 - yil 1-noyabrdagi 09-09924-sonli xati yuborilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish