Ibroximov Sarvar Mo‘ydinjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Globallashuv jarayonida fuqarolik jamiyati konsepsiyasining transformatsiyasi (ijtimoiy-falsafiy tahlil)” 09.00.04- Ijtimoiy falsafa.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fal561.
Ilmiy rahbar: Mavlonov Jurabek Yorqul o‘g‘li, siyosiy fanlar doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Musaev Odil Rahmatovich, falsafa fanlari doktori, professor; Matkarimova Jamila Durdievna, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Globallashuv jarayoni ta’sirida fuqarolik jamiyati konsepsiyasi transformatsiyasini ijtimoiy-falsafiy jihatdan o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi doirasida barqaror taraqqiyot uchun zarur shart-sharoitlarning muhim ko‘rsatkichlari (ijtimoiy ishonch, ijtimoiy birdamlik, jamoaviy harakatlarga moyillik, ijtimoiy mas’uliyat, shaxsiy daxlsizlik va jamoaviy xavfsizlik, ko‘ngillilik, xususiy xayriya) fuqarolarning ishtiroki darajasi bilan uyg‘unligi asoslangan;
fuqarolik jamiyati konseptual asoslarini rivojlantirishning motiv-struktura- mexanizm triadasi (uchlik)da shaxsning o‘rni, manfaatlari va ehtiyojlari, mustaqil, individual tarzda namoyon bo‘lishi, o‘z haq huquqlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari, siyosiy va huquqiy bilimlar hamda amaliy harakatlarning e’tiqodga aylanishi ochib berilgan;
fuqarolik jamiyati rivojlanishidagi asosiy qarama-qarshiliklar qutbli ustuvorliklar - davlat boshqaruv monologidan fuqarolik muloqoti, absenteizmdan fuqarolar ishtiroki, dogmatizmdan erkin fikrlashga, paternalizmdan fuqaroviylik, volyunatirzmdan jamoatchilik nazorati sari dialektik rivojlanishning o‘zaro bog‘liqligi asoslangan;
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda “Faol fuqaro maktablari”ni tashkil etish, yangi muloqot maydonlarni shakllantirish, bu borada innovatsion loyihalarni ishlab chiqish, volontyorlik tashkilotlarini faol rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, virtual makonda maxsus professional (ko‘ngillilar jamiyati, hamkasblar uyushmasi, kasbiy birlashmalar) jamoalarni shakllantirishga doir innovatsion g‘oyalar ilgari surilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Globallashuv jarayonida fuqarolik jamiyati konsepsiyasining transformatsiyasi mavzusi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarning muhim ko‘rsatkichlari ijtimoiy ishonch, ijtimoiy birdamlik va jamoaviy harakatlarga moyillik, mas’uliyat, shaxsiy xavfsizlik, ko‘ngillilik va xususiy xayriya, xabardorlik, ishtirok etish darajalarining uyg‘unligiga oid ilmiy xulosalardan: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2023- yil 15-iyundagi 4-13-21-1660-son ma’lumotnomasi). Natijada Agentlikning 2022 yilga mo‘ljallangan ish rejasining III-bob “Mahalladagi yoshlar yetakchilari bilan ishlash, besh tashabbus loyihalarini muvofiqlashtirish, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish” yo‘nalishining 22, 23, 24-bandlari ijrosi doirasidagi “Konstitutsiyaviy islohotlarda yoshlar va bolalar huquqlarini mustahkamlash” hamda “Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishning muhim masalalari” mavzusidagi tadbirlarni tashkil etishda, mamlakatimiz hududlaridagi yoshlarning huquqiy va siyosiy savodxonligini oshirish, ularning dunyoqarashida fuqarolik jamiyati bapro etish g‘oyalarini shakllantirishga xizmat qilgan;
Fuqarolik jamiyati rivojlanishidagi asosiy qarama-qarshiliklar qutbli ustuvorliklar – fuqarolik muloqot yoki davlat boshqaruv monologi, fuqarolar ishtiroki yoki abseintizm, erkin fikrlash yoki dagmatizm, paternalizm yoki fuqarolik, jamoatchilik nazorati yoki muxolifat kabi dialektik asoslanganiga doir ilmiy yangiliklari O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi 2023 yilga mo‘ljallangan ish rejasi asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi 2023-yil 3-iyuldagi 02/02-37-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya xulosalari partiyaning 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturida o‘z oldiga elektorati va aholining huquqiy madaniyatini oshirishga, milliy tarixni xolis o‘rganish orqali adolatli tarixiy tafakkurni kengaytirishga qaratilgan vazifalari ijrosida fuqarolarda ijtimoiy faollik, vatanparvarlik, erkin fikrlash, o‘zligini anglash, milliy manfaatdorlik kabi xususiyatlarni targ‘ib qilish hamda monitoringini olib borishga xizmat qilgan;
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning motiv-struktura-mexanizm triadasida shaxsning o‘rni, manfaatlari va ehtiyojlari, mustaqil, individual tarzda namoyon bo‘lishi, o‘z haq huquqlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari, siyosiy va huquqiy bilimlarning, amaliy harakatlarning e’tiqodga aylanishi ochib berilgan va fuqarolik jamiyati rivojlanishidagi asosiy qarama-qarshiliklar qutbli ustuvorliklar - fuqarolik dialogi yoki hokimiyat monologi, fuqarolar ishtiroki yoki norozilik harakati, erkin fikrlash yoki norozilik, paternalizm yoki fuqarolik, jamoatchilik nazorati kabi masalalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 19-iyundagi 229-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar Markazning yangilanayotgan jamiyatimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotimizni adolatli va qonun ustuvorligi asosida shakllantirish va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish bilan bog‘liq ma’naviyat sohasidagi chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish hamda ularni samarali amalga oshirishda xizmat qilgan.
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda shaxsning o‘rni, manfaatlari va ehtiyojlari, mustaqil, individual tarzda namoyon bo‘lishi, o‘z haq-huquqlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari siyosiy va huquqiy bilimlarning, amaliy harakatlari, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarning muhim ko‘rsatkichlari - ijtimoiy ishonch, ijtimoiy birdamlik va jamoaviy harakatlarga moyillik, mas’uliyat, shaxsiy xavfsizlik, ko‘ngillilik va xususiy xayriya, xabardorlik, ishtirok etish darajalarining uyg‘unligi ilmiy asoslangan bo‘lib, ilmiy ahamiyati shundaki, uning ilmiy xulosalari kelgusida mamlakatimiz fuqarolik jamiyatini takomillashtirishda va unga doir muammolarning nazariy jihatlarini tasavvur qilishga imkon beradi. Ushbu ilmiy xulosa Adolat SDPning ish faoliyatida keng foydalanilgan (O‘zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi Siyosiy kengashi 2023-yil 25-dekabrdagi 01-04-/398-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyaning umumiy mazmun mohiyati, xulosalari O‘zbekiston "Adolat" SDPning 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturidgi "IV.Xalq nomidan, xalq uchun va xalq manfaatlari yo‘lida xizmat qiladigan adolatli jamiyat quramiz" bandida keltirilgan vazifalatga mos keladi. Partiya dissertatsiya ishida ilgari surilgan ilmiy natijalar, amaliy taklif va xulosalardan uslubiy tavsiyalar, dasturlar, qo‘llanmalar yaratishda keng foydalanishga xizmat qiladi.