Iskenderov Axmed Maxsetbaevichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Past navli galitlardan kal`sinatsiyalangan soda olish tejamkor texnologiyasi va uning chiqindilarini qurilish materiallar hamda tozalash vositalariga qayta ishlash», 02.00.15–Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi, 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/T12.

Ilmiy maslahatchilar: Atakuziev Temirjon Azim o‘g‘li, texnika fanlari doktori, professor; Erkaev Aktam Ulashevich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Namazov Shafoat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Tulaganov Abduqobil Abdunabievich, texnika fanlari doktori, professor; Dadaxodjaev Abdulla Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: past navli galitlardan kal`sinatsiyalangan soda olish hamda uning suyuq va qattiq chiqindilaridan foydalanib, yuqori sifatli qurilish materiallari va tozalash vositalari olish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

galit tuz cho‘kmalarining kristallanish davomiyligiga bog‘liq holda kimyoviy tarkibi va mexanik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi aniqlangan;

Borsakelmas va Qoraumbet konlari past navli osh tuzlarini 250S va 450S haroratda Ca2+, 2Na+//2Cl-, SO42--H2O to‘rt komponentli o‘zaro almashinuvchi tizim eruvchanlik izotermasini nazariy tahlil qilish asosida distiller suyuqlik ishtirokida tozalash jarayonining optimal sharoitlari aniqlangan;

past navli osh tuzining erish va tuz eritmasi shlamlarining cho‘kish tezligiga texnologik omillarning ta’siri isbotlangan;

tozalash vositalari olish tarkibiga kiradigan komponentlar tarkibi va xarakteriga bog‘liq holda oldindan berilgan xossalarga ega tarkibi yaratilgan;

tuz eritmasi shlamidan olingan tozalash vositalarining fizik-kimyoviy va tovar xossalari aniqlangan;

Xo‘jako‘l va Beltou konlari tabiiy bentonitlari va kremniy, alyuminiy, magniy, temir oksidlari, ularning turli birikmalarining cho‘kmalar zarrachalari shakllanishi, cho‘kish tezligi va cho‘kmalar zichligi asosida cho‘kish faollik qatori tuzilgan;

kal`sinatsiyalangan soda ishlab chiqarishning tarkibida xlor bo‘lgan chiqindilarining karbonat mikroto‘ldiruvchilari bo‘lgan sementlarning gidratatsiyasi va qotish intensifikatori sifatidagi ta’siri aniqlangan;

distiller suyuqlikdan foydalangan holda past navli galitlar eritmasini tozalash, tuz eritmasini tozalash shlamlari va kal`sinatsiyalangan soda ishlab chiqarish chiqindilaridan kal`sinatsiyalangan soda, tozalash vositalari va bog‘lovchi materiallar olish texnologiyalari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Past navli galitlardan kal`sinatsiyalangan soda olish va uning chiqindilarini qurilish materiallari hamda tozalash vositalariga qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

Borsakelmas va Qoraumbet konlari past navli osh tuzlari eritmasini kal`sinatsiyalangan soda ishlab chiqarish chiqindisi distiller suyuqlikdan foydalanib tozalashda hosil bo‘ladigan shlamdan olingan tozalash vositasiga korxona standarti «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (TS15510698-04:2016). Natijada yaratilgan tozalash vositasini ishlab chiqish imkonini bergan;

past navli osh tuzlari tuz eritmasini distiller suyuqligi ishtirokida tozalashning optimal texnologik parametrlari «Qo‘ng‘irot soda zavodi» UKning «2019-2021 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Qo‘ng‘irot soda zavodi» UKning 2018 yil 13 iyuldagi 1570-01-son ma’lumotnomasi). Natijada xomashyo zaxirasini 15–20% oshirish va mahsulot miqdorini 5%ga ko‘paytirish imkonini bergan;

Borsakelmas va Qoraumbet konlari past navli osh tuzlari eritmasini kal`sinatsiyalangan soda ishlab chiqarish chiqindisi distiller suyuqlikdan foydalanib tozalash texnologiyasi «Qo‘ng‘irot soda zavodi» UKning «2019-2021 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Qo‘ng‘irot soda zavodi» UKning 2018 yil 13 iyuldagi 1570-01-son ma’lumotnomasi). Natijada natriy xloridini ishlatish koeffisientini 0,5–2,0% ga oshirish va suv hamda ohak sarfini 3–8% ga kamaytirish imkonini bergan;

Borsakelmas va Qoraumbet konlari past navli osh tuzlari eritmasidan kal`sinatsiyalangan soda ishlab chiqarish suyuq va qattiq chiqindilari asosida yaratilgan sement «EURO BETON» MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan («EURO BETON» MChJning 2018 yil 10 maydagi 173/1-son ma’lumotnomasi). Natijada beton mahsulotlari fizik-mexanik xossalarini 37,2–39,5%ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish