Shoyimova Shoira Sanakulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Differensial-individual yondashuv asosida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish texnologiyasi (adabiyot fanini o‘qitish misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped4939.
Ilmiy rahbar: Kadirova Munira Rasulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, PhD.03/29.12.2022.Ped.l32.02.
Rasmiy opponentlar: Sobirova Maxbuba Yusupdjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Artiqova Muhayyo Botiralievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universeteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi differensial-individual yondashuv asosida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish texnologiyasini adabiyot fanini o‘qitish misolida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarni kasb tanlashiga erishishni ta’minlovchi omillarning kasbiy, ahloqiy, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan komronentlari kasbiy rivojlanish natijaviyligini belgilovchi bilim, ko‘nikma va malakalarini tashxislash va kasb – hunarga yo‘naltirishni integratsiyalash hamda subekt-subekt munosabatlarining qayta aloqalariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
adabiyot fanidan kasbga yo‘naltiruvchi texnologiyalar o‘quvchilar kasbiy shakllanish yosh davrlarining “o‘zgaruvchan optatsiya”, “optatsiya”, “kasbiy tayyorgarlik” bosqichlariga subektiv munosabat bildirish malakasini, individual xususiyatiga mos bo‘lgan kasb tanlash ko‘nikmasini intensiv rivojlantirish asosida muvofiqlashtirilgan;
o‘quvchilarning o‘z individual xususiyatiga mos bo‘lgan kasbga ijobiy munosabatlarini shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi fanlararo integratsion texnologiyalari adabiy mashqlarning pragmatik xususiyatlarini, sifat parametrlarini tavsiflashga imkon beradigan ko‘rsatkichlarini adabiy mashqlarning pragmatik xususiyatlarini ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’sir ko‘rsatuvchi ta’limning ma’lum bosqichlarning muayyan ketma-ketlik va izchilligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarni kelajakdagi kasbi bilan bog‘liq ko‘nikmalarini rivojlantiradigan qo‘shimcha to‘garak va kasbga yo‘naltirish ko‘nikmalarini kelajakdagi faoliyat kontekstida shakllantirishga hamda individual xususiyatlari, kasbiy moyilligi, motiv va qiziqishlarini diagnoz qilshga yo‘naltirilgan “Profmyschool” platformasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Differensial-individual yondashuv asosida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish texnologiyasi (adabiyot fanini o‘qitish misolida)ga doir tadqiqot natijalari ustuvor tamoyillariga tayangan holda ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy hamda amaliy-metodik tavsiyalar asosida:
o‘quvchilarni kasb tanlashiga erishishni ta’minlovchi omillarning kasbiy, ahloqiy, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan komronentlari kasbiy rivojlanish natijaviyligini belgilovchi bilim, ko‘nikma va malakalarini tashxislash va kasb – hunarga yo‘naltirishni integratsiyalash hamda subekt-subekt munosabatlarining qayta aloqalariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir ma’lumotlar YOA-1-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 7-dekabrdagi 02-07-5338/04-son dalolatnomasi). Natijada, umumta’lim maktablari o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirishning imkoniyati kengaytirilgan;
adabiyot fanidan kasbga yo‘naltiruvchi texnologiyalar o‘quvchilar kasbiy shakllanish yosh davrlarining “o‘zgaruvchan optatsiya”, “optatsiya”, “kasbiy tayyorgarlik” bosqichlariga subektiv munosabat bildirish malakasini, individual xususiyatiga mos bo‘lgan kasb tanlash ko‘nikmasini intensiv rivojlantirishga oid ma’lumotlar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 7-dekabrdagi 02-07-5338/04-son dalolatnomasi). Natijada, o‘quvchilarning samarali kasbga yo‘naltirish texnologiyalari joriy etilgan;
o‘quvchilarning o‘z individual xususiyatiga mos bo‘lgan kasbga ijobiy munosabatlarini shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi fanlararo integratsion texnologiyalari adabiy mashqlarning pragmatik xususiyatlarini, sifat parametrlarini tavsiflashga imkon beradigan ko‘rsatkichlarini adabiy mashqlarning pragmatik xususiyatlarini ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’sir ko‘rsatuvchi ta’limning ma’lum bosqichlarning muayyan ketma-ketlik va izchilligini ta’minlash asosida takomillashtirilganligiga doir ma’lumotlar YOA-1-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 7-dekabrdagi 02-07-5338/04-son dalolatnomasi). Natijada, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishda fanlararo integratsion texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish imkoniyati yaratilgan;
o‘quvchilarni kelajakdagi kasbi bilan bog‘liq ko‘nikmalarini rivojlantiradigan qo‘shimcha to‘garak va kasbga yo‘naltirish ko‘nikmalarini kelajakdagi faoliyat kontekstida shakllantirishga hamda individual xususiyatlari, kasbiy moyilligi, motiv va qiziqishlarini diagnoz qilshga yo‘naltirilgan “Profmyschool” platformasiga oid ma’lumotlar YOA-1-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 7-dekabrdagi 02-07-5338/04-son dalolatnomasi). Natijada, kasbga yo‘naltirish borasida o‘qituvchi va psixologlar uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga erishilgan.