Usmanov Shavkat Abbasovichning
Fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Drenaj tarmoqlari ta’sirida faol qatlamdagi suv-tuz almashinuvi jarayonlarini hisoblash usulini takomillashtirish”, 06.01.02- “Melioratsiya va sug‘orma dexqonchilik” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/7579
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Yakubov Murat Adilovich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
Axmedjonov Dilmurod G‘ulomovich –Chirchiq davlat pedagogika universiteti. Kafedra mudiri, texnika fanlari doktori, professor. Matyakubov Baxtiyar Shamuratovich - “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi professori, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Abdullaev Botirjon Dadajonovich – “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi” Davlat muassasasi, g-m.f.d., prof. Bosh ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Mukammal drenaj turlari ta’sirida turli xil tabiiy xo‘jalik sharoitlarda faol qatlamdagi suv va tuz almashuv jarayonlari shakllanish qonuniyatlarini aniqlash va sug‘oriladigan maydonlarda, daryo oqimida ion-tuz miqdori aylanishining mavjud hisoblash usullarini takomillashtirish hamda ilmiy asoslangan tadbirlar majmuasini yaratish orqali suv va er resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish. (Sirdaryo havzasi misolida.)
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
drenaj tarmoqlari ta’sirida faol qatlamda suv va tuz almashinuvining miqdoriy ko‘rsatkichlarini hisoblash usuli drenaj suvlarining tarqalish tezligini hisoblash asosida takomillashtirilgan;
qatlamning 30 metrgacha chuqurligida oson eruvchi tuzlar harakatiga ta’sir etish qonuniyatlar tuproqning mexanik tarkibi hamda drenaj ta’sirida suv shimilish tezligi natijalari asosida ishlab chiqilgan;
drenaj suvlarining minerallashganlik darajasi dinamikasini hisoblash usuli suv-tuz muvozanatida sug‘oriladigan suv va tarkibdagi tuzlar miqdorini o‘zgarishini aniqlash asosida ishlab chiqilgan;
drenaj tizimi ta’siri ostida faol qatlamdagi suv-tuz almashinuv jarayonlarini hisoblashning matematik modeli drenaj suvlarining mineralizatsiyasi turg‘unlashuv davri uchun takomillashtirilgan;
kollektor-drenaj suvlarining qayta foydalanishga yaroqlilik miqdorini bashoratlash usuli faol qatlamdagi tuz zaxiralarini o‘zgarishi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yotiq va tik drenaj tarmoqlarining ta’sir xududlarida minerallashuv darajasi o‘zgarishining aniqlangan bog‘liqliklar qonuniyatlari rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
matematik model asosida kollektor-drenaj suvlari oqim hajmi va uning minerallashuv darajasi qayta foydalanishga yaroqli miqdorining prognoz ko‘rsatkichlari aniqlash texnologiyasi Sirdaryo-So‘x ITHB ning Yozyovon TIB da joriy etildi (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 23 yanvardagi 243/23-2024-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 37 ta fermer xo‘jaliklarining 1544 gektar maydonlarlarida suv ta’minoti darajasini 20-25% ga cha oshirish imkonini bergan.
kollektor- drenaj suvlarini sifatini va hajmini baxolash metodikasi
suvdan foydalanish rejasini tuzish va ajratilgan limitlarni belgilash Sirdaryo-So‘x ITHB da joriy etildi (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 23 yanvardagi 243/23-2024-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 35 ta fermer xo‘jaliklarining 2276 gektar maydonlarlarida kollektor drenaj suvlaridan foydalanish natijasida 8,8 mln.m3 daryo suvlarini iqtisod qilish imkonini bergan;
har xil turdagi drenaj zonalarida drenaj suvlarining mineralizatsiyasidagi o‘zgarishlar qonuniyatlari aniqlash texnologiyasi Andijon viloyatining Ulug‘nor TIB da joriy etildi (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 23 yanvardagi 243/23-2024-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Ulug‘nor tumanidagi 12 ta tik quduqlar orqali tortib olingan, jami 940 ming m3 drenaj suvlari orqali 360 gektar gektar maydonlarlarda ekilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarini to‘liq sug‘orish imkonini bergan;