Uralbaev Anvar Ubaydullaevichning
texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi
himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Avtomobillarning ekspluatatsiya jarayonidagi ko‘rsatkichlarining harakat xavfsizligiga ta’siri” mavzusida 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3385
Ilmiy rahbar: Adilov Okbuta Karimovich texnika fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon mashinasozlik instituti, PhD.03/30.09.2020.T.124.01
Rasmiy opponentlar:
texnika fanlari doktori, professor Kuziev Abdumurod Urakovich
texnika fanlari nomzodi, dotsent Nosirov Ilxam Zakirovich.
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi transport vositalarining ekspluatatsiya jarayonidagi xarakat xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ekspluatatsion va konstruksion xususiyatlarning yo‘qolishi natijasida yo‘l transport hodisalari kelib chiqish omillarini baholash bo‘yicha transport ekspertiza tizimiga avtomobilning tormiz tizimidagi konstruktiv ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
avtotransport korxonalardagi avtomobillarning konstruktiv texnik holati darajasini avtomobillar yosh miqdoriga bog‘liq harakat xavfsizligiga ta’sir etuvchi omillarni baholash mezoniga atomobil yoshini eskirganlik miqdorini hisobga oluvchi koeffisientni kirgizish asosida ishlab chiqilgan.
transport vositalarining xavfli vaziyatlarda harakat xafsizligini ta’minlashda ogohlantirish chirog‘ini elektron barqarorlikni boshqarish qurilmasi asosida xabar datchigi bir yoki bir nechta g‘ildiraklarning aniq hisoblangan tormozlanishi orqali avtomobilni barqarorlashtirishi va tashqi harakat ishtirokchilarini ogohlantirish orqali xavfli vaziyatni bataraf etish tizimi takomillashtirilgan;
yo‘l harakati qoidalarini buzilishi va undagi harakat xavfsizligini ta’minlash uchun xaydovchilar yoshi va malakaviy darajasiga bog‘liqligi regression tenglamalarda ishlab chiqilgan Korrelyasiya koeffisientining takomillashtirilgan hisobi natijasiga asosan, haydovchilar malakasini har  (R=3 yil)da oshirib borish maqsadga muofiq ekanligi va ushbu hisob natijasi haydovchilarni tayyorlash talabiga ya’ni har uch yilda qayta tayyorlashga mos kelishi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Avtomobillarning ekspluatatsiya jarayonidagi ko‘rsatkichlarining harakat xavfsizligiga ta’siri bo‘yicha olingan natijalar asosida:
avtomobillarning konstruksiyaviy va ekspluatatsiyaviy parametrlarining harakat xavfsizligiga ta’siri bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiya Jizzax viloyati transport boshqarmalariga tadbiq etilganligi bo‘yicha berilgan dalolatnomalariga asoslanib amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2022- yil 28- fevraldagi 2/1100-1543 son ma’lumotnomasi) va (O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining 2022-yil 2-martdagi 24/3-1878 son ma’lumotnomasi). Natijada tavsiya etilayotgan qurilma yordamida harakat xavfsizligi buzilishi 50-55% ga (to‘qnashuv)da kamayishi aniqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l xarakati xavfsiziligi xizmatining 2023 yil 16 avgustdagi 24/8-7255 son ma’lumotnomasi)ga asosan,  Barqarorlikni elektron nazorat qilish (ESC) yaqinlashib kelayotgan xavfli vaziyatlarni oldindan aniqlash uchun tegishli sensorlardan foydalanilgan. ESC doimo konstruktiv texnik ekspluatatsiya holatga tayyor holatda bo‘lishi eksprement tadqiqot jarayonida asoslangan. Kritik dinamik vaziyatni tan olish haydovchi tomonidan o‘rnatilgan haydash parametrlarini va avtomobilning haqiqiy haydash parametrlarini taqqoslash o‘rganilgan.. Natijada transport vositalari konstruktiv jihatdan harakat xavfsizligi 100% ta’minlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish