Axmedov  Bexzod  Madaminjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped4685.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
Ilmiy rahbar: Turg‘unov Sobitxon Toshpo‘latovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped.80.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraximova Dilfuza Alievna, pedagogika fanlari doktori, professor (DSc); Tuychieva Inoyatxon Ibragimovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim-tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilarning vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirishning pedagogik-shart sharoitlari tarbiyachilarning vatanparvarlikni shakllantirish jarayonini amalga oshirishga tayyorgarligini ijodkorlik va tashabbuskorlikni rag‘batlantiruvchi everistik muhitda  ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish mazmuni bolaning tashqi olam bilan aloqalarini kengaytirishda mintaqaviy madaniy merosga ustuvorlik berish hamda bolaning hissiy va sezgi sohasiga tayanish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish metodikasi faoliyat motivatsiyasini tizimli rag‘batlantirish, tarbiyalovchidagi muammoli vaziyatlar, pedagogik jarayon samaradorligini muntazam nazorat qilishning diagnostik tahlili,  she’riy obrazlarga murojaat qilish, tabiiy ob’ektlarni maqsadli kuzatish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllanganlik darajasini aniqlash metodikasi maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish ko‘rsatkichlariga ko‘ra tarbiyalanuvchilarning o‘z uyiga, madaniy merosga va tabiatga hamdardligi, qiziqishining namoyon bo‘lishi hamda tasavvurlarining mavjudligi ko‘rsatkichlari asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
tarbiyachilarning vatanparvarlikni shakllantirish jarayonini amalga oshirishga tayyorgarligini ijodkorlik va tashabbuskorlikni rag‘batlantiruvchi everistik muhitda ta’minlash asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirishning pedagogik-shart sharoitlarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonning o‘quv-metodik ta’minotini ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining 2023-yil 13-martdagi 04-04/1-95-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish pedagogik-shart sharoitlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
bolaning tashqi olam bilan aloqalarini kengaytirishda mintaqaviy madaniy merosga ustuvorlik berish va bolaning hissiy va sezgi sohasiga tayanish asosida vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish mazmuni takomillashtirishga oid tavsiyalar Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining maktabgacha ta’lim tashkilotlarida variativ o‘qitish muhitini yaratish jarayonida foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining 2023-yil 13-martdagi 04-04/1-95-son ma’lumotnomasi). Natijada tarbiyalanuvchi-larning vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish jarayoni qiziqarligini oshirishga va sifatini  ta’minlashga xizmat qilgan;
faoliyat motivatsiyasini rag‘batlantirish, tarbiyalovchi vaziyatlar, pedagogik jarayon samaradorligini nazorat qilish metodlari asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish metodikasi hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllanganlik darajasini aniqlash metodikasiga oid tavsiyalari “Maktabgacha yoshdagi bolalarda vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha ta’lim agentligi huzuridagi O‘quv-metodik ishlarni muvofiqlashtirish kengashi yig‘ilishining 2023-yil 27-iyuldagi 2-son bayonnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish pedagogik jarayoni samaradorligi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish