Akbarova Sayyora Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ishlashi jarayonida kreativ kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi (iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishlari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3516.
Ilmiy rahbar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Haydarov Mamat Eshqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Raxmatullaeva Durdona Ravshanovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ishlashi jarayonida kreativ kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda kreativ kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari erkin ijodiy muhitda kuzatuvchanlik, tanqidiy fikrlash, maqsadga intiluvchanlik sifatlari mavjud muammolarni hal qilishning optimal echimini topishga qaratilgan g‘oyalar generatoriga ustuvorlik berish asosida ochib berilgan;
talabalarning mustaqil ishlashi jarayonida kreativ kompetensiyalarini rivojlantirishning tashkiliy tuzilmaviy modeli ijodiy izlanish va yangilik yaratishda ta’lim subektlarini tajriba va salohiyatlari hamda ta’lim mazmunidan uyg‘un foydalanish asosida takomillashtirilgan;
mustaqil ta’lim jarayonida talabalarning kreativ kompetensiyalari muammolarni hal qilish ko‘nikmalari va tahliliy qobiliyatlarini integrativ bog‘liqlikda olib borish hamda variativ nostandart fikrlashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning mustaqil ishlashi jarayonida forsayt kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyalari ishtirokchilar xarakatlarini muntazam birlashtirishga ko‘ra ijtimoiy muammolar echimini topish, kasbiy soha rivojlanishidagi ustuvorliklarni belgilash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kredit-modul tizimida mustaqil ishlash jarayonida talabalarning kreativ kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasiga doir tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda kreativ kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari erkin ijodiy muhitda kuzatuvchanlik, tanqidiy fikrlash, maqsadga intiluvchanlik sifatlari mavjud muammolarni hal qilishning optimal echimini topishga qaratilgan g‘oyalar generatoriga ustuvorlik berish asosida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Kasbiy kompetentlik” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023-yil 2-iyundagi 02/01-01-88-son ma’lumotnomasi). Natijada, kasbiy kompetentlikka qo‘yiladigan talablar, bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashda universal kompetensiyalarni rivojlantirish, kreativlikni rivojlantirish metodikasidan foydalanish asosida o‘quv faoliyatini sifat jihatdan takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
talabalarning mustaqil ishlashi jarayonida kreativ kompetensiyalarini rivojlantirishning tashkiliy tuzilmaviy modeli ijodiy izlanish va yangilik yaratishda ta’lim subektlarini tajriba va salohiyatlari hamda ta’lim mazmunidan uyg‘un foydalanish asosidagi takliflar bakalavriat va magistratura talabalari uchun tayyorlangan “Ta’lim xizmatlari va barkamol avlodni tarbiyalash tarixi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-sonli buyrug‘i, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023-yil 2-iyundagi 02/01-01-88-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu takliflar asosida talabalarni mustaqil ta’lim olishi va ularda ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish samaradorligiga erishilgan;
mustaqil ta’lim jarayonida talabalarning kreativ kompetensiyalari muammolarni hal qilish ko‘nikmalari va tahliliy qobiliyatlarini integrativ bog‘liqlikda olib borish hamda variativ nostandart fikrlashga ustuvorlik berish taklifiga oid uslubiy ma’lumotlar “Kasbiy kompetentlik” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023-yil 2-iyundagi 02/01-01-88-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu darslikdan foydalanish jarayonida talabalarda individual mustaqil ishlash ko‘nikmasini shakllantirishga erishilgan;
talabalarning mustaqil ishlashi jarayonida forsayt kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyalari ishtirokchilar harakatlarini muntazam birlashtirishga ko‘ra ijtimoiy muammolar echimini topish, kasbiy soha rivojlanishidagi ustuvorliklarni belgilashga doir taklif va tavsiyalar “Zamonaviy ta’limda kreativ texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2023-yil 26-iyundagi 211-son buyrug‘i). Natijada, mustaqil ta’lim jarayonida talabalarning kreativ kompetensiyalari didaktik maqsadlarga mos ravishda forsayt texnologiyasini qo‘llash orqali takomillashtirish imkoniyati yaratilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish