Kayumova Mexribonu Sheralievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalari talabalarida korporativ madaniyatni shakllantirish metodikasi (iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishlari misolida)”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3566.
Ilmiy rahbar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Himmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamanazarov Abduhakim Bozorovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari talabalarida korporativ madaniyatni shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning korporativ madaniyatini rivojlantirish imkoniyatlari shaxsiy qadriyatlarga moslashgan fazilatlar, milliy madaniyatning ma’naviy-axloqiy an’analariga ratsional va hissiy komponentlarni birlashtirgan zamonaviy korporatsiya hamda biznes etikani ijtimoiy-moddiy muhitda subektiv idrok etish asosida ochib berilgan;
talabalarning korporativ madaniyatini oila, nazorat, kreativ va ishlab chiqarish madaniyat turlarini uzviy uyg‘unlashtirish hamda korporativ-pedagogik yondashuvlar va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarga taalluqli harakatchanlik darajasi bilan belgilanadigan qarorlar qabul qilish istagini muayyan kasbiy vaziyatlarda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning korporativ madaniyatini shakllantirish modeli umumiy maqsadga erishishga qaratilgan ijtimoiy mas’uliyatni korporativ tajribalarga mos faollashtirish va talabalarni korporativ faoliyatga jalb etish sharoitlari va korporativ ishbilarmonlik fazilatlarini reputativ birlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bozor iqtisodiyoti sharoitida bo‘lajak mutaxassisning korporativ madaniyati darajasini baholash metodikasi ma’naviy boylik va bag‘rikenglik komponentlarini bosqichma-bosqich uyg‘unlashtirish, xizmatlarni boshqarishda ishonchli o‘zaro ta’sir qilish qobiliyatini rag‘batlantirishga qaratilgan gibrid o‘qitishga joriy etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalarida korporativ madaniyatni shakllantirish metodikasiga doir tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning korporativ madaniyatini rivojlantirish imkoniyatlari shaxsiy qadriyatlarga moslashgan fazilatlar, milliy madaniyatning ma’naviy-axloqiy an’analariga ratsional va hissiy komponentlarni birlashtirgan zamonaviy korporatsiya hamda biznes etikani ijtimoiy-moddiy muhitda subektiv idrok etishga oid ma’lumotlar “5A111001-Kasb ta’limi nazariyasi va metodikasi (iqtisodiyot)”, 70112401-Professional ta’lim nazariyasi va metodikasi magistratura mutaxassisligi talabalari uchun tavsiya etilgan “Ta’lim va o‘rganish nazariyasi” fanidan o‘quv qo‘llanma va darslik (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi 356-son buyrug‘i, 2022-yil 12-iyuldagi 233-son buyrug‘i, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 2-iyundagi 02/01-01-87-son ma’lumotnomasi) mazmuniga singdirilgan. Natijada, talabalarni korporativ madaniyatini rivojlantirish imkoniyatlari biznes etikani ijtimoiy-moddiy muhitda subektiv idrok etish asosida ochib berilgan;
talabalarning korporativ madaniyatini oila, nazorat, kreativ va ishlab chiqarish madaniyat turlarini uzviy uyg‘unlashtirish hamda korporativ-pedagogik yondashuvlar va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarga taalluqli harakatchanlik darajasi bilan belgilanadigan qarorlar qabul qilish istagini muayyan kasbiy vaziyatlarda qo‘llashga oid takliflar “60112400-Professional ta’lim (60310100-iqtisodiyot)”, “60112400-Professional ta’lim (60411200-menejment)”, “5111000-Kasb ta’limi (iqtisodiyot)”, “5330200-Informatika va axborot texnologiyalari (iqtisodiyot)”, “5232600-Biznes informatika”, “5231400-Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)”, “5232200-Ekonometrika” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Bilimlar iqtisodiyoti” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-iyuldagi 233-son buyrug‘i, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 2-iyundagi 02/01-01-87-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasasida talabalar korporativ madaniyatini rivojlantirish modelining ishlab chiqarish madaniyat turlarini uzviy uyg‘unlashtirish hamda qarorlar qabul qilish istagini muayyan kasbiy vaziyatlarda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning korporativ madaniyatini shakllantirish modeli umumiy maqsadga erishishga qaratilgan ijtimoiy mas’uliyatni korporativ tajribalarga mos faollashtirish va talabalarni korporativ faoliyatga jalb etish sharoitlari va korporativ ishbilarmonlik fazilatlarini reputativ birlashtirishga oid tavsiyalar 60310100-iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Biznes kommunikatsiya” fanidan o‘quv qo‘llanma yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 14-iyuldagi 228-son buyrug‘i). Natijada, o‘quv qo‘llanmadan foydalanish jarayonida talabalarning korporativ madaniyatini shakllantirish modeli umumiy maqsadga erishishga qaratilgan korporativ ishbilarmonlik fazilatlarini reputativ birlashtirishga erishilgan;
bozor iqtisodiyoti sharoitida bo‘lajak mutaxassisning korporativ madaniyati darajasini baholash metodikasi ma’naviy boylik va bag‘rikenglik komponentlarini bosqichma-bosqich uyg‘unlashtirish, xizmatlarni boshqarishda ishonchli o‘zaro ta’sir qilish qobiliyatini rag‘batlantirishga qaratilgan gibrid o‘qitishga joriy etish taklifiga oid uslubiy ma’lumotlar “5231900 - Korporativ boshqaruv” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Korporativ madaniyat” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi 356-son buyrug‘i, O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 2-iyundagi 02/01-01-87-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv qo‘llanmada keltirilgan ma’lumotlardan talabalarning ta’lim jarayonida korporativ madaniyatni ma’naviy boylik, bag‘rikenglik komponentlari xizmatlarni boshqarishda ishonchli o‘zaro ta’sir qilish qobiliyatini rag‘batlantirishga qaratilgan gibrid o‘qitishga joriy etishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish