Axmedov Azizbek Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak muhandislarda tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirishning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish (mashinasozlik texnologiyasi mutaxassisligi misolida)”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2640.
Ilmiy rahbar: Nuridinov Bahodirjon Sabirovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Ismoilova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Alimov A’zam Anvarovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida mashinasozlik texnologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lajak muhandislarning tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mashinasozlik texnologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lajak muhandislarning tadqiqotchilik kompetensiyasi tarkibiy komponentlari tuzilmasi tadqiqot faoliyati uchun barqaror motivni shakllantirish, kasbiy faoliyat natijaviyligini belgilovchi bilim, ko‘nikmalar va malakalarni integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida mashinasozlik texnologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lajak muhandislarni tayyorlashda tadqiqotchilik kompetensiyalarini samarali shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari tadqiqot faoliyatiga ijobiy munosabatni shakllantirish, ongli ravishda o‘zlashtirishga qaratilgan tadqiqot faoliyatiga kiritish asosida kengaytirilgan;
bo‘lajak muhandislarda tadqiqotchilik kompetensiyasining shakllanganlik darajasini baholash mezoni va ko‘rsatkichlari kasbiy faoliyat istiqbolini tashkil etuvchi bilim, ko‘nikma, malakalarni tadqiqotchilik faoliyati kontekstida darajalash hamda miqdoriy va sifat parametrlarini ham tavsiflashga imkon beradigan ko‘rsatkichlar ro‘yxatini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarning tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirish modeli tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllantirish tuzilmasining yaxlitligini tizimli ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak muhandislarda tadqiqotchilik kompitensiyalarini shakllantirishning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
mashinasozlik texnologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lajak muhandislarning tadqiqotchilik kompetensiyasi tarkibiy komponentlari tuzilmasi tadqiqot faoliyati uchun barqaror motivni shakllantirish, kasbiy faoliyat natijaviyligini belgilovchi bilim, ko‘nikmalar va malakalarni integratsiyalash asosida takomillashtirilganligi hamda oliy ta’lim muassasalarida mashinasozlik texnologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lajak muhandislarni tayyorlashda tadqiqotchilik kompetensiyalarini samarali shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari tadqiqot faoliyatiga ijobiy munosabatni shakllantirish, ongli ravishda o‘zlashtirishga qaratilgan tadqiqot faoliyatiga kiritish asosida kengaytirilganligiga oid taklif va tavsiyalari asosida oliy ta’lim muassasalari 5320200-Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish” yo‘nalishi talabalari uchun “Ilmiy izlanish asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 22 maydagi 4/17-22/1-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasalarida “5320200-Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish” yo‘nalishi raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashni ta’minlashga xizmat qilgan;
bo‘lajak muhandislarda tadqiqotchilik kompetensiyasining shakllanganlik darajasini baholash mezoni va ko‘rsatkichlari kasbiy faoliyat istiqbolini tashkil etuvchi bilim, ko‘nikma, malakalarni tadqiqotchilik faoliyati kontekstida darajalash hamda miqdoriy va sifat parametrlarini ham tavsiflashga imkon beradigan ko‘rsatkichlar ro‘yxatini aniqlash asosida takomillashtirilganligiga oid takliflari oliy ta’lim muassasalari 5320200-Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish” yo‘nalishi talabalari uchun bo‘yicha mutaxassislik fanlarining metodik ta’minotini ishlab chiqish jarayonida qo‘llanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 22 maydagi 4/17-22/1-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak muhandislarni kasbiy tayyorlashda mutaxassislik fanlarini o‘qitish sifatini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak muhandislarning tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirish modeli tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllantirish tuzilmasining yaxlitligini tizimli ta’minlash asosida takomillashtirilgan oid tavsiyalari 5320200-Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish” yo‘nalishi talabalari uchun “Ilmiy izlanish asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 22 maydagi 4/17-22/1-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligini baholashning metodik tizimi takomillashtirilgan.