Akbarova Nigora Narimmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Amaliy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning kasbiy madaniyatini shakllantirish metodikasini takomillashtirish (professional ta’limning tibbiyot yo‘nalishlari misolida)”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped2349.
Ilmiy rahbar: Karimova Nozima Nurmuhamadovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Qaxramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Salixodjaeva Rixsi Kamilovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarida amaliy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning kasbiy madaniyatini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tibbiyot hamshirasini tayyorlashga qo‘yilayotgan kommunikativlik, kasbiy sir, ahloqiy talablar, korrupsiyaga qarshi kurash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish kabi zamonaviy talablarni aniqlashtirish hamda hamshira faoliyatida kasbiy ahamiyatga ega ichki (kasbiy) va tashqi (ijtimoiy) muhit bilan samarali munosabatda bo‘lishga imkon beradigan deontoligik kompetensiyaning relevantligini tizimli asoslash orqali tibbiyot hamshirasining kasbiy madaniyati tuzilmasi takomillashtirilgan;
amaliy mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarning kasbiy madaniyatini shakllantirishning  didaktik modeli kasbiy madaniyatni rivojlantirish bosqichlarini tasniflash hamda deontologik bilim, ko‘nikma va malakalar, deontologik fazilatlar, individual psixologik sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim metodlari, shakllari kabi pedagogik faoliyat mazmunini aniqlash natijasida takomillashtirilgan;
tibbiyot texnikumlarida “Pediatriyada hamshiralik ishi”, “Tibbiy psixologiya” va “Jamoada hamshiralik ishi” fanlaridan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda tibbiy va psixologik bilimlarni integratsiyalashga qaratilgan kasbiy madaniyatni shakllantirish metodikasi amaliy ta’limni tashkil etishning samarador o‘quv-uslubiy ta’minotni ishlab chiqish natijasida takomillashtirilgan;
bo‘lajak hamshiraning kasbiy madaniyatini shakllanganlik darajasini kirish, semestrlararo hamda yakuniy attestatsion bosqichlaridagi kuzatuv-tahlil, muammoli vaziyat, amaliy topshiriqlardan iborat  pedagogik diagnostik majmuasi umumkasbiy va klinik fanlarning o‘zaro uzviyligini ta’minlashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Amaliy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning kasbiy madaniyatini shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan nazariy va amaliy tadqiqotlar asosida:
tibbiyot hamshirasini tayyorlashga qo‘yilayotgan kommunikativlik, kasbiy sir, ahloqiy talablar, korrupsiyaga qarshi kurash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish kabi zamonaviy talablarni aniqlashtirish hamda hamshira faoliyatida kasbiy ahamiyatga ega ichki (kasbiy) va tashqi (ijtimoiy) muhit bilan samarali munosabatda bo‘lishga imkon beradigan deontoligik kompetensiyani shakllantirishga oid taklif va tavsiyalar “Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarida o‘quv jarayonini samarali tashkil etish” yo‘riqnoma, “Kasbiy kompetentlik” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 16 avgustdagi 4/17-4/4-121-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar o‘quvchilarning kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajalarini oshirishga xizmat qilgan;
tibbiyot texnikumlarida “Pediatriyada hamshiralik ishi”, “Tibbiy psixologiya” va “Jamoada hamshiralik ishi” fanlaridan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda tibbiy va psixologik bilimlarni integratsiyalashga qaratilgan kasbiy madaniyatni shakllantirish metodikasi “Tibbiyot hamshirasini kasbiy madaniyatini shakllantirish metodikasi” nomli  o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 4 martdagi 55384-son nashr ruxsatnomasi) hamda Asaka tibbiyot texnikumi, Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi va Besharik tibbiyot texnikumida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 16 avgustdagi 4/17-4/4-121-son ma’lumotnomasi). Mazkur metodika bo‘lajak hamshiralarning kasbiy madaniyatini shakllantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak hamshiraning kasbiy madaniyatini shakllanganlik darajasini kirish, semestrlararo hamda yakuniy attestatsion bosqichlaridagi kuzatuv-tahlil, muammoli vaziyat, amaliy topshiriqlardan iborat  pedagogik diagnostik majmuasi umumkasbiy va klinik fanlarning o‘zaro uzviyligini ta’minlashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilganligiga oid takliflar “Pediatriyada hamshiralik ishi” fanidan o‘qitish materiallari to‘plami, “Tibbiy psixologiya” va “Jamoada hamshiralik ishi” fanlaridan mashg‘ulot ishlanmalari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 16 avgustdagi 4/17-4/4-121-son ma’lumotnomasi). Mazkur didaktik ta’minot o‘quvchilarning kasbiy faoliyatga tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish