Zaripova Ranojon Zaripovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Badiiy  tarjimada muallif  va  tarjimon uslubi masalalari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil.2942.
Ilmiy rahbar: Boqieva Gulandom Hisomovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Zohidjon Yoqubjonovich, filologiya fanlari  doktori, professor; Odilova Gulnoza Komiljonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi Ukrainalik yozuvchilar Lesya Ukrainka va Oles Gonchar asarlari misolida badiiy tarjimada muallif uslubiga tarjimonlar uslubining mutanosibligini ochib berishdan iborat.  
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
she’riy tarjimada mazmun va shakl uyg‘unligi, matn mohiyatiga mos vazn, qofiya, ohang va jozibadorlikning saqlash tamoyillari muallif uslubini saqlashga qaratilgan tarjima sifatini baholashning anglash va anglatish mezonlariga asoslangan tarjima usullari orqali ochib berilgan;
L. Ukrainka lirikasi va tarixiy dramalarining lingvomadaniy tahlili va muallif asarlarining adabiy-estetik xususiyatlarini ochib berish orqali yozuvchi uslubini etkazishda uchraydigan konseptual tarjima – mazmunga mos shakl (vazn, qofiya, joziba, ohangdorlik) uyg‘unligining ba’zi she’rlarda mos kelmasligi zamon va makon ruhiyatining buzilishi muammolari negizida aniqlangan;
L.Ukrainka va O. Gonchar asarlarining o‘zbek tilidagi tarjimalarida uslubiy belgilarning saqlab qolinganlik darajasi hamda gramatik, leksik-semantik, lingvomadaniy va estetik mohiyatlarining har bir tilga tipologik xosligi lisoniy vositalarning tarjimada ijodiy, asliyat ruhiga mos tarzda talqin etish tamoyillari asosida isbotlangan;
muallif  uslubi bilan bog‘liq til va madaniyatga hamda zamon va makonga xos asliyat matnidagi obrazlar muqobillarini qayta yaratilishida L.Ukrainkaning grammatika va sintaksis aspektida O.Goncharning lingvostilistik vositalar orqali yorqin namoyon etishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Lesya Ukrainka va Oles Gonchar  asarlari misolida badiiy  tarjimada muallif va tarjimon uslubi  masalalari  bo‘yicha olib borilgan  tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
she’riy tarjimada mazmun va shakl uyg‘unligi, matn mohiyatiga mos vazn, qofiya, ohang va jozibadorlikning saqlash tamoyillari muallif uslubini saqlashga qaratilgan tarjima sifatini baholashning anglash  va anglatish mezonlariga asoslangan tarjima usullariga oid xulosalardan Muhammad Yusuf nomidagi fondga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Parlament komissiyasi tomonidan  2019-yilda ajratilgan “O‘zbekiston yoshlarining milliy-ma’naviy meroslari” mavzusidagi 60-01/63-son davlat granti  hamda ushbu loyihaning uzviy davomi bo‘lgan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi fond tomonidan 2021-yilda ajratilgan 70-14/101-son davlat grantlari doirasida oliy o‘quv yurti, lisey va maktablarda o‘tkazilgan “Yosh adabiyotshunoslar mahorati maktabi” saboqlarida joriy etilgan (Muhammad Yusuf nomidagi fondning 2023-yil 15-avgustdagi 14-son ma’lumotnomasi). Natijada,  muallif  uslubini, mazmun va shakl uyg‘unligini  asrash borasidagi nazariy fikrlar tarjimonlar tayyorlash va layoqatlarni rivojlantirishga xizmat qilgan va yoshlarning badiiy tarjima, qiyosiy stilistika, lingvomadaniyatshunoslik kabi fan yonalishlari haqidagi tasavvurlarini boyitgan;
L. Ukrainka lirikasi va tarixiy dramalarining lingvomadaniy tahlili va muallif asarlarining adabiy-estetik xususiyatlarini ochib berish orqali yozuvchi uslubini etkazishda uchraydigan konseptual tarjima – mazmunga mos shakl (vazn, qofiya, joziba, ohangdorlik) uyg‘unligining ba’zi she’rlarda mos kelmasligi hamda zamon va makon ruhiyatining buzilishi muammolari bilan bo‘gliq ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2023-yil 15 avgustdagi 01-03/943-son maʼlumotnomasi).  Natijada, Lesya Ukrainka hamda Oles Gonchar asarlarining badiiy xususiyatlari va ularning o‘zbek tilidagi tarjimalarining qiyosiy tadqiq etilishi yosh tarjimashunoslarni, talabalarni  kutubxona va tadbirlar faoliyatiga jalb qilishda xizmat qilgan;
L.Ukrainka va O. Gonchar asarlarining o‘zbek tilidagi tarjimalarida uslubiy belgilarning saqlab qolinganlik darajasi hamda gramatik, leksik-semantik, lingvomadaniy va estetik mohiyatlarining har bir tilga tipologik xosligi  lisoniy vositalarning tarjimada ijodiy, asliyat ruhiga mos tarzda talqin etish tamoyillariga oid mulohazalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2023-yil 15 avgustdagi 01-03/943-son maʼlumotnomasi). Natijada, Lesya Ukrainka hamda Oles Gonchar asarlarining badiiy xususiyatlari va ularning o‘zbek tilidagi tarjimalarining qiyosiy tadqiq etilishi, ijodkorlarning falsafiy olamini, ong va tafakkurini, milliy-estetik qarashlarini, asardagi zamon va makon xususiyatlarini mutarjim tomonidan anglash va anglatish, badiiy tarjima aspektida qayta ifodalash borasidagi ilmiy-nazariy xulosalar etuk tarjimonlar tayyorlash va tarjimalar yaratish borasidagi sa’y-harakatlarni amalga oshirishga hamda badiiy asar tarjimasi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga xizmat qilgan;
muallif  uslubi bilan bog‘liq til va madaniyatga hamda zamon va makonga xos asliyat matnidagi obrazlar muqobillarini qayta yaratilishida L.Ukrainkaning grammatika va sintaksis aspektida O.Goncharning lingvostilistik vositalar orqali yorqin namoyon etishiga oid xulosalardan Muhammad Yusuf nomidagi fondga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Parlament komissiyasi tomonidan  2019-yilda ajratilgan “O‘zbekiston yoshlarining milliy-ma’naviy meroslari” mavzusidagi 60-01/63-son davlat granti  hamda ushbu loyihaning uzviy davomi bo‘lgan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi fond tomonidan 2021-yilda ajratilgan 70-14/101-son davlat grantlari doirasida oliy o‘quv yurti, lisey va maktablarda o‘tkazilgan “Yosh adabiyotshunoslar mahorati maktabi” saboqlarida joriy etilgan (Muhammad Yusuf nomidagi fondning 2023-yil 15-avgustdagi 14-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotlar etuk tarjimonlar tayyorlash va tarjimalar yaratish borasidagi sa’y-harakatlar yo‘lini oydinlashtirgan, kitobxonlarning, jumladan yosh ijodkorlarning badiiy tarjima haqidagi tasavvurlarini boyitishga, layoqatini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish