Utanbaeva Dildora Abdixadirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini xalqaro baholash dasturiga tayyorlash metodikasini takomillashtirish (PIRLS misolida)”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5171.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Elmuratova Dilrabo Muxammatovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Azizova Qizlarxon Mashrabovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini xalqaro baholash dasturiga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini xalqaro baholash dasturiga tayyorlash metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari tatbiqiy natijadorligini oshirishga qaratilgan shaxsiy argumentlash bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va matn komponentlaridagi lisoniy birliklarni didaktik tamoyillar mazmuniga ko‘ra intensiv uyg‘unlashtirish hamda ta’lim subektlarining qayta aloqaga kirishish mobilligini faol oshirish asosida takomillashtirilgan.
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini xalqaro baholash dasturiga tayyorlash metodikasini takomillashtirish modeli “Ona tili va o‘qish savodxonligi” va “Tarbiya” darsliklaridagi  matnlar ustida ishlash amaliyligini oshirishga yo‘naltirilgan kognitiv bilimlarni qiyosiy darajalash hamda o‘quv materiallari, grafikli tasvirlar bilan tafakkur qilish dinamikligini fanlararo strukturaviy integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini PIRLS xalqaro baholash dasturiga tayyorlash metodikasi didaktik tayyorgarlik bosqichlarining tarkibiy qismlarini integrativ yaxlitlash, prognostik modellashtirish hamda nazariy, amaliy bilimlar animatsion va virtual shakllarining mushohada qilish, matnni o‘qish va uni tushunish barqarorligiga davriy ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini xalqaro baholash dasturiga tayyorlash metodikasini takomillashtirish samaradorligi badiiy matn o‘qish va semantik o‘qish ko‘nikmalarini o‘zaro sinxron moslashtirish hamda kontekst tahlilga ko‘ra subektiv mantiqiy xulosa chiqarish, matnning lingvistik xususiyatlarini o‘rgatishga maqsadli yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini xalqaro baholash dasturiga tayyorlah metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini xalqaro baholash dasturiga tayyorlash metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari kontekstli-informativ yondashuv tabdiqiy natijadorligini oshirishga qaratilgan shaxsiy argumentlash bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va matn komponentlaridagi lisoniy birliklarni didaktik tamoyillar mazmuniga ko‘ra intensiv uyg‘unlashtirish hamda ta’lim sub’ektlarining qayta aloqaga kirishish mobilligini faol oshirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’limda matn ustida ishlash metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149–sonli buyrug‘iga asosan berilgan 149124-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida leksik birliklar to‘g‘risida bilimlar shakllangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini xalqaro baholash dasturiga tayyorlash metodikasini takomillashtirish modeli “Ona tili va o‘qish savodxonligi” va “Tarbiya” darsliklaridagi  matnlar ustida ishlash amalyligini oshirishga yo‘naltirilgan kognitiv bilimlarni qiyosiy darajalash hamda o‘quv materiallari, grafikli tasvirlar bilan tafakkur qilish dinamikligini  fanlararo strukturaviy integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 68-556-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada hissiy-majoziy idrok fikr va ma’lumotlarni integratsiyalash bo‘yicha bilimlarni shakllantirishga sharoit yaratilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini PIRLS xalqaro baholash dasturiga tayyorlash metodikasi didaktik tayyorgarlik bosqichlarining tarkibiy qismlarini integrativ yaxlitlash, prognostik modellashtirish hamda nazariy, amaliy bilimlar animatsion va virtual shakllarining mushohada qilish, matnni o‘qish va uni tushunish barqarorligiga davriy ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil  27-martdagi  68-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 68-556-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada innovatsion metodlar va topshiriqlarni modellashtirishga doir bilimlari shakllangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini xalqaro baholash dasturiga tayyorlash metodikasini takomillashtirish samaradorligi badiiy matn o‘qish va semantik o‘qish ko‘nikmalarini o‘zaro sinxron moslashtirish hamda kontekst tahlilga ko‘ra subektiv mantiqiy xulosa chiqarish, matnning lingvistik xususiyatlarini o‘rgatishga maqsadli yo‘naltirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’limda matn ustida ishlash metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149–sonli buyrug‘iga asosan berilgan 149124-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada tilning obrazli va ifodali vositalarini badiiy asarga muvofiqlashtirish to‘g‘risida bilimlari shakllangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish